Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.04.2015

Ish vaqtida uxlab qolyapsizmi? Buning yechimi bor!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 2 001
Ish vaqtida uxlab qolyapsizmi? Buning yechimi bor!Kechasi bilan uxlamasligingizga to’gri kelgandir, yoki bo’lmasa tunda uyqungiz qochgandir. Xullas, ertalab uyquga to’ymaganingiz ko’zlaringizdan ma’lum, kamiga ishga borsangiz ko’zingiz yumulib ketyapdi. Bunday holatda nima qilish kerak? Yoki yozning jazirama kunlarida kunning issiqligidan ish vaqtida lanj bo’lib, uxlagingiz kelyapdi. Bunday vaziyatda qanday tetik o’tirishingiz mumkin? Shular haqida batafsil quyida berilgan.

Uyquni qochirish yo'llari:

1. Hidlardan foydalaning. Har qanday hid, hoh u yoqimli bo’lsin, yoki yoqimsiz – barchasi uyquni qochirishda ko’maklashadi. Keraksiz vaqti uyqungizni kelishi bartaraf etishda aromaterapiyaning o’rni katta. Quyida berilgan yog’lar asab tizimini aktivlashtiradi, charchoqni kamaytiradi. Uyqungiz kelganda ushbu yog’larni hidlasangiz uyqungiz qochadi. Ular quyidagilar:

- Rozmarin
- Evkalipt
- Yalpiz (Ma’lumotlarga ko’ra, yalpizni hidlash charchoqni 15 %ga, jahldorlikni 25 %ga kamaytirarkan, tetiklikni esa 30 %ga oshirarkan.)
- Kofe (Uni ichish emas, kofe donachalarini hidlash kerak.)

Albatta bu yog’lar hammaning ham ishxonasida yoki doim yonida yurmasligi mumkin, ammo ularni dorixonalardan harid qila olasiz. Agar harid qilishni imkoni bo’lmagan taqdirda, bu yog’lar o’rniga los’onli nam sochiqchalar yoki hidli shamlar ko’maklashadi. Rozmarin va yalpizning quritilganini har qanday dorixonadan topishingiz mumkin. Undan bir chimdim olib, barmoqlaringiz bilan ezg’ilabhidlasangiz kifoya.

2. Massaj qiling. Uyquni qochirish uchun tananing quyidagi qismlarini yengil massaj qiling:

- Boshning tepa qismini
- Bo’yinning orqa qismini
- Qo’lning orqa tomonini (Bosh va ko’rsatkich barmoqlarning oralig’ini)
- Tizzaning orqa qismini

3. Muz shiming. Agar siz muz shimsangiz, uxlab qolmasligingiz aniq. Muz miyani butunlay tetiklashtiradi. Xatto kechasi yo’lga chiqqaningizda, yoki juda qattiq charchaganingizda muz xaqiqiy halaskorga aylana oladi.

4. Noqulay o’tiring. Iloji boricha oyoqda turishga harakat qiling. Agar o’tirishingiz shart bo’lsa, eng noqulay stulni tanlang. Harakat qiling, o’tirgan o’rindig’ingiz sizga qulay bo’lMAsin.

5. Badantarbiya qiling. Kompyuter qarshisida o’tirib ishlashingiz – bu degani siz harakat qilmasligingiz kerak deganimasku! O’tirgan joyingizda ham badantarbiya qilib turing, ayniqsa uyqu kelishni boshlaganda.

6. Qorningiz to’q bo’lmasin. To’q qorin - odamni yalqov qilib, uyquni faollashtiradi. Shuning uchun to’yib ovqatlanmaslikka harakat qiling. Uning o’rniga sizga ermak bo’ladigan narslar iste’mol qiling. Masalan, olma, mayiz, pista, quruq mevalar. Ular ham qorin to’ydiradi, ham sizni chalg’itadi.

7. Tetiklashtiruvchi musiqa tinglang. Sho’x ashula kayfiyatni ko’taradi, sizga quvvat beradi. Agar imkon bo’lsa qo’shiqni birgalashib ayting. Faqat yodingizda bo’lsin: tinglayotgan qo’shig’ingiz hamkasblaringizga halaqit bermasin.

8. Chalg’ituvchi mashq qiling. Har 30 daqiqada quyidagilarni bajaring:2-3 daqiqa xona ichida mashq qiling: turgan joyingizda yugurishingiz, yengil sakrashingiz, yoki xona bo’ylab yurishingiz mumkin.

9. Muzdek suvdan foydalaning. Yuzingizga muzdek suv seping yoki sovuq suvda chaying. Muzdek suv iching.

10. Saqich chaynang. Saqich chaynash yuz muskullarini harakatga keltiradi, boshga qon quyulishi yaxshilanadi, sizni uyg’oq va sergak o’tirishingizda ko’maklashadi.

Manba: Maslahat.uz | Muallif: Zamira Xolbayeva


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar