Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.04.2015

Boshliq bilan chiqishishning 10 ta yo’li

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 2 479
Boshliq bilan chiqishishning 10 ta yo’liBarchamizga sir emaski, ish pog’onalarida ko’tarilishda boshliq bilan yaxshi chiqishish asosiy kalitdir. Siz balki iqtidorli, aqlli, mehnatsevardirsiz, ammo agar boshlig’ingiz sizga yaxshi e’tobor bermasa, boshqalarni soyasida qolib ketishingiz aniq. Hozirgi davr – o’zingizni ko’rsatish davridir. Kerakli vaqtda o’z ishingizni va mahoratingizni boshlig’ingizga ko’rsata bilishingiz kerak. Bugungi tavsiyalarmiz aynan shu haqida.
Maslahatlar:

1) Boshlig’ingizga faqat yaxshi yangiliklar yetkazing. Boshlig’ingiz juda band odam, uning muammolari va ishlari boshidan oshib yotibdi. Unga yangi muammolarni topib berish shart emas. Boshlig’ingiz bilan faqat yaxshi yangiliklarni gaplashishga harakat qiling. Agar unga faqat salbiy ma’lumotlar yetkazsangiz va muammolar tug’dirsangiz, uning ko’ziga yomon ko’rinib qolasiz. Shuning uchun o’zingizdan faqat yaxshi yangiliklar chiqaring va boshlig’ingizga tim qora tunda go’yoki yorqin oydek tuyuling. Lekin shuni yodingizda tuting, boshlig’ingizga yangilik aytishdan oldin, avval u haqida yaxshilab surishtiring, yana yolg’on ma’lumot bo’lib, uyalib qolmang.

2) Ko’z o’ngida bo’ling. Ishxonada o’tkaziladigan har bir yig’ilishda, bayramda yoki muhokamalarda faol bo’ling. Savol berishdan qo’rqmang, o’z fikrlaringizni taklif qiling, boshlig’ingizni chin dildan eshitayotganingizni ko’rsating. O’z fikringizni aytganingizda boshlig’ingiz inkor qilsa, u bilan tortisha ko’rmang. Aksincha, uning har bir fikr va taklifini qo’llab quvvatlang.

3) Vaziyatga xolisona yondoshing. Kerakli mutaxassis bo’ling va o’z idealaringizni kerakli vaqti ayting. Agar ish vaqtida boshlig’ingiz yomon kayfiyatda bo’lsa, sizda esa yangi g’oya bo’lsa, yaxshisi uni aytishni keyinroqqa qoldiring. Xech qachon ishxonada og’ir dam ketayotganda ta’tilga chiqmang, bunday vaqtda siz ularni qo’l ostida bo’lib, ularni qo’llab, yordam berib, og’irlarini yengil qililng.

4) Kasal bo’lmaslikka harakat qiling. Agar siz tez tez davolanish ta’tiliga chiqib tursangiz, ishingiz oxirida boshlig’ingiz sizga salbiy yondoshishi mumkin. Kasalingiz jiddiy bo’lgandagina ishdan qoling, aks holda ishda bo’lishga harakat qiling.

5) G’oyalaringizni elakdan o’tkazing. Siz g’oyalar generator bo’lishingiz lozim, ammo hammasini ham boshlig’ingizga yetkazish yaxshi emas. Qanday g’oya taklif qilayotganingizga e’tiborli bo’ling. Uni yaxshilab o’ylab ko’ring, chiroyli qilib qog’ozga tushurib, yozma holatda boshlig’ingizga yetkazing.

6) Kutganlarini bering! Boshlig’ingizni kuzating, u sizdan nima istayapdi? Agar boshlig’ingiz ertalabdan xodimlar bilan gaplashishni istamasa, uni o’z savollaringiz bilan bezovta qilmang. Agar boshlig’ingiz qizil rang yoqmasa, yaxshisi ishga qizil rangli kiyimlaringizni kiymang. Uni jahlini chiqaradigan gaplarni gapirmang, g’ashini keltirmang.

7) Sizdan talab qilgan vazifalarni o’z vaqtida bajaring. Berilgan vazifa qiyin bo’lsa ham uni tugatishga harakat qiling. “Qiyin ekan” deganingiz bilan, vazifadan ozod bo’lib qolmaysiz, shunday ekan u so’zni unutib, vazifani maromida bajaring.

8) Boshlig’ingizni vaqtini qadrlang. Unga ha deb gapiraverish yaxshi emas, unga gap sotib, oyog’ini tagida o’ralashish sizga nisbatan unda salbiy munosabat tug’diradi, sizga jiddiy qaramaydi.

9) Tanqidni qabul qilishni o’rganing. Agar sizga boshlig’ingiz tanbeh bersa, bu degani, u sizni pastga urushni hohlayapdi degani emas. U sizga siz to’girlashingiz kerak bo’lgan hatoingizni ko’rsatayapdi. Demak hatoni to’girlash kerak. Hatoni to’gri qabul qilishni va uni yechimini topishni o’rganing. U bilan bahslashish, tortishish, o’zingiz oqlash va yig’lash – bularning hammasi sizga minus olib kelishi mumkin.

10) Laganbardorlik qilmang. Ko’pchilik xodimlar boshliqqa laganbardorlik qilib, uning ishonchini qozonish payida bo’ladi. Tajribali boshliqlar bundaylarning farqiga juda tez borishadi. Shunday o’zingizni ortiqcha ko’rsatishga ne hojat?

Nima deb o’yliysiz, boshliq bilan yaxshi munosabatda bo’lish ishda ko’tarilishning asosiy kalitimi?

Manba: Maslahat.uz | Muallif: Zamira Xolbayeva


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar