Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.01.2015

Yalqovlikdan qutulishning 5 bosqichi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 4 572

Uyqudan tura olmaslik, bugungi ishni ertaga qoldirish, hafsalasiz kayfiyat, qolgan ishga qor yoqqanidek tayin yutuqni, bor imkoniyatni ham qo‘ldan chiqarish… Bu kabi holatlar sizga tanishmi? Ha. Bu ko‘pchiligimizga tanish vaziyatlar. Biroq siz o‘zingizni qo‘lga olgan holda, lanjlik va hafsalasizlikdan qutula olasiz. Quyida bu borada sizga yordam beruvchi, yalqovlikdan qutulish va hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartirishga xizmat qiluvchi tavsiyalar berilgan.

1. Tahlil eting.

Biror ishni boshlashdan avval nimani rejalashtirayotganingizni aniq bilib, o‘z imkoniyatlaringizni baholab oling. Biror o‘zgarish oldidan qilingan tahlil hafsalasiz inson uchun samarali bo‘lishi mumkin. Xususan, o‘zining ijobiy va salbiy taraflari haqida fikr yuritish, faoliyati, rejalariga chetdan qarash ishchanlik kayfiyatini hosil qiladi.

2. Oldingizga aniq maqsad qo‘ying.

Masalan, 6 oyda gitara chalishni yoki chet tilini o‘rganaman, har kuni ertalab yugurishga chiqaman, deb qat’iy qaror qiling. Har kimning o‘z yo‘li, orzu va istaklari bor, biroq yalqovlik bizni orzularimizdan uzoqlashtiradi. Maqsadga etishish uchun uzoq vaqt belgilasak, yalqovlik ularning umuman amalga oshmasligiga sabab bo‘ladi. Shuni esdan chiqarmang.

3. O‘zingizni anglang.

Yomon odatlardan voz kechish, hayot tarzingizni o‘zgartirishga nima ta’sir ko‘rsatayapti, qanday omillar sabab bo‘layapti? Oldinga harakat qilishga nima kuch bermoqda? Shu kabi savollarga javob toping. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, bugun qilishingiz kerak bo‘lgan ishingiz, harakatingiz nimaga yo‘naltirilganini yaxshi tushunishingiz lozim. Masalan, chet tilini o‘rganish o‘z sohangizda eng etuk mutaxassis bo‘lishingiz uchun kerak. Chekishni tashlash sportda yaxshi natijalarga erishishga ta’sir ko‘rsatadi yoki salomatingizni saqlaydi. Oshpazlik san’atini egallash yaxshi uy bekasi bo‘lish, oila a’zolaringizga ko‘proq mehr va e’tibor ko‘rsatish uchun zarur. O‘zingizni shu tarzda anglagach, yalqovlik sizga qay tarzda halaqit qilishini ham tushunasiz.

4. Maslakdoshlar qidiring.

Aytishadiku “Do‘sting kimligini aytsang, sening kimligingni aytib beraman”, deb. Do‘st maqsad yo‘lidagi yordamchi. Atrofingizda sizni va intilishlaringizni qo‘llab-quvvatlovchi odamlar bo‘lsa, oldga qadam tashlash oson kechadi. Fikrdosh deganda faqat siz bilan elkama-elka turgan insonni tushunmang. Hattoki kitob, biror anjumanda eshitilgan ma’ruza, forumlardagi muloqot ham sizga do‘st bo‘lishi mumkin. Muhimi, siz undan qo‘shimcha quvvat olishingiz kerak.

5. Qo‘rqmang.

Ko‘rqish hayotingizni izdan chiqaradi. Ko‘pchilik nimanidir o‘zgartirish, hayotni yangi sahifadan boshlashdan cho‘chiydi. Ba’zilarning chekishni tashlashga irodasi, avtomobil boshqarishga jur’ati etmaydi. Ikkilanish qiyofasidagi qo‘rquv orzularingizni barbod qiladi. Bunga esa hech qachon yo‘l qo‘ymang.

Har kuni bizga yashash tanlovi beriladi. Shunday ekan, barcha bahonayu vaj, qo‘rquvni chetga surib, o‘zgarishlarga sabab bo‘luvchi qadamni tashlash kerak. Bugun siz yalqovlikni engasiz yoki yalqovlik sizning ustingizdan g‘alaba qozonadi.

P.S. Kunlar juda tez o‘tayapti, ertaga afsus qilmaslik uchun, bugundan to‘g‘ri yashang

 

Xabarni tayorlashda xabardor.uz saytidan foydalanildi.



Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar