Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.01.2015

Karera haqida 21 yoshgacha nimalarni bilib olishimiz zarur?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 3 126

Agar har birimizda o‘smirlik yillariga qaytish imkoni bo‘lganda, bugungi tajribangizga asoslangan holda, o‘zingizga qanday maslahatlar berardingiz? Bu haqda Roderik Konvining maslahatlariga e’tibor bering.

“O‘rnimdan turib, ishga ketishga hozirlanayotganimda, ko‘plab odatiy va biroz — shunday deb hisoblaymiz — noodatiy ishlarni qilaman. Ko‘pchilik odamlarda bo‘lgani singari men ham budilnik signalini orqaga suraveraman, suraveraman va nihoyat o‘zimni uyg‘onishga majbur qilaman, yuvinaman, nonushta qilaman, kiyinaman va (eng asosiysi) bir finjon qahva ichaman.

Kofeinli shu qaynoq ichimlikni ichganimda, menga uning ta’midan lazzatlanib, asta-sekin miyamni uyg‘otayotganini his qilish yoqadi. Xuddi shu vaqtda hayotimning turli jihatlari haqida o‘ylab ko‘rgim keladi. Bu borada hech qanday aniq ketma-ketlik yo‘q. Ba’zan qanday ulg‘ayib, tajriba to‘plaganimni — bolaligim, do‘stlarim, yutuqlarim, erishganlarim va, albatta, kareram haqida o‘ylayman.

Ayni paytdagi darajamga ko‘ra, kareramda yuqori natijalarga erishganman deya olaman. O‘qituvchilik vazifamni muvaffaqiyatli bajarmoqdaman. Men o‘rta maktabda ingliz tilidan dars beraman. Meni o‘rnak olishga arziydigan kishi deb bilishadi. Ko‘p yillar davomida yuzlab o‘quvchilarga dars berganman. Ba’zidar kollejga kirgan, ba’zilar esa yo‘q. Lekin har birining mening fanim bo‘yicha bilim darajasi ilk bor sinfimga qadam qo‘ygan paytidan ancha o‘sdi. Bu ulkan mas’uliyat, ayniqsa, olingan (yoki olinmagan) bilim odamlarning keyingi hayotiga ta’sir qilishini bilsang. Shunga daxldorligimdan o‘zimni baxtiyor sezaman.

Kollejni tamomlaganimda, kareram bu yo‘nalishda rivojlanishini va hozirgi darajamga etishimni tasavvur ham qilmagandim. Hayotimning bu davri, shubhasiz, kurash edi. Agar biron yo‘l bilan o‘zimga 21 yoshdaligimda professional karera borasida eng muhim maslahatlarni bera olganimda, nima deyishimni bilardim.

1. Noaniqlik — bu butunlay tabiiy.

Hech kim kelajakni oldindan aytib berolmaydi, hech kim. Karerangizda yoki hayotingizda bo‘ladigan hamma ishlarni bilishning iloji yo‘q. Shunday paytlar bo‘ladiki, dovdirab qolasiz. Bu butunlay tabiiy. Sarosimaga tushgach, o‘zingizga nima yoqishi, nima yoqmasligini anglashingiz oson bo‘ladi. O‘zingiz juda qiziqadigan, butun umr shug‘ullanishni istagan ishingizni “kashf qilishingiz” mumkin.

Sizni yo‘naltirishlari, yordam qo‘lini cho‘zishlarini istaysiz. Bu ham tabiiy. Yordam so‘rash zaiflik belgisi emas. Bu o‘sishni, boshqalardan tajribasidan saboq chiqarishni xohlayotganingiz belgisi. Boshqa odamlar hamma savollarga javob berolmaydi. Bu ham tabiiy.

2. Xatolar sizning qandayligingizni belgilamaydi, ular shunchaki saboq bo‘lib xizmat qiladi.

O‘lim va soliqlar singari xatolardan qochib qutulib bo‘lmaydi. Xatolardan hech kim sug‘urtalanmagan. Har kim xato qiladi. Ularga qanday munosabat bildirishingiz muhimroq. Bu siz uchun nima: rejalashtirilgan ishdan voz kechib, hammasini tashlash kerakligi alomatimi? Yoki nimanidir o‘zgartirish kerakliginingmi? 

Har gal biron yangi narsani sinab ko‘rganingizda, albatta xato qilasiz. Bu tabiiy. Tajriba oshganda, xatolar kamaydi, ularning oqibatlarini ham bartaraf etishni o‘rganasiz.

Ba’zan xatolar azob chekishga, hafsalaning pir bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin, ayniqsa, siz befarq bo‘lmagan, siz qayg‘uradigan odamlarga daxldor bo‘lsa. Kimningdir hafsalasini pir qildingiz. Dovdirab qolasiz. Bu oson emas. Bu ko‘ngilsizlikka chidash, tan berish va oldinga harakat qilish — shu narsa o‘sishga va komilikka intilishga yordam beradi. Xatolarini tan oladigan odam albatta muvaffaqiyat qozonadi.

3. Har kim o‘z baxtini o‘zi yaratadi

Balki, buni anglashingiz uchun ma’lum vaqt kerak bo‘lar, lekin hayotingiz uchun butun mas’uliyat o‘z zimmangizda, uni o‘zingiz boshqarasiz. Bilaman, buni to‘liq his qilish qiyin bo‘lishi mumkin, ayniqsa, butun umr boshqalarning qoidalariyu ko‘rsatmalariga amal qilishga majbur etishgan bo‘lsa. Bu siz eshitgan eng ilhomlantiruvchi, kuch bag‘ishlovchi fikr: siz va faqat siz o‘z hayotingiz uchun javobgarsiz. Fikrlaringizni siz bilan sodir bo‘ladigan deyarli hamma narsa nazorat qiladi va belgilaydi. Oilangiz, do‘stlaringiz, karerangiz va hayot tarzingiz — hammasi fikrlaringiz va harakatlaringizga bevosita bog‘liq.

Kayfiyatingizni o‘zingiz belgilaysiz. Optimist yoki pessimist bo‘lishni o‘zingiz tanlaysiz. Baxtli yoki asabiy va tund bo‘lishni o‘zingiz hal qilasiz. Hayotingizda qanday voqealar bo‘lishini bilmaysiz, lekin ularga qanday munosabatda bo‘lishni o‘zingiz hal qilishingiz mumkin. Optimist, xushmuomala, shafqatli va mehribon bo‘ling. Odamlar ilhom va hayotlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan insonlarga yaqin bo‘lishni yoqtirishadi.

4. Bo‘sh vaqt puldan qimmatroq bo‘lishi mumkin

Ko‘pchilik odamlar karera yo‘lini ikki sababga ko‘ra belgilaydi: qiziqish va pul. Odamlar o‘zlarini namoyon etishlari va fidokorona mehnatlarini ko‘rsatishlari mumkin bo‘lgan sohada muvaffaqiyat qozonishni xohlashadi. Shuningdek, yaxshi pul topishni istashadi. Pul hamma narsa degani emas, ammo aynan pul sizning hayot tarzingizni belgilaydi. Kareraning boshida odamlar, odatda, bo‘sh vaqtlarini o‘ylashmaydi, lekin keyinchalik hamma bu haqda o‘ylay boshlaydi.  

Vaqt — pul, deb bekorga aytishmaydi. Ishda o‘tkazgan vaqtingiz qimmatli hisoblanadi, aynan shuning uchun sizga haq to‘lashadi. Ishdan tashqaridagi vaqtingiz ham qiymatga ega. Bu vaqt — sizning dam olish, hordiq chiqarish, qilishingiz zarur bo‘lgan ishlarni qilish uchun berilgan vaqtingiz. Bo‘sh vaqt ham hayotingizga quvonch olib keladigan qiziqarli ishlar bilan shug‘ullanishga imkon beradi.

5. Ishni shaxsiy hayotdan ajratish kerak emas, bu ham hayot.

Ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatga erishish va uni ushlab turish doimiy kurash hisoblanadi. Odamlar ishga ham, oilaga ham ega bo‘lishni istagadi. Ammo haqiqat shundaki, siz hayotingizni bu tariqa ajratolmaysiz. Siz doim yo uyda, yo ishda bo‘lasiz (ba’zida esa bir vaqtda u erda ham, u erda). Bu ikki jabha bir-biriga ta’sir qiladi. Hayotni ikkiga ajratish, bu ikka jabha o‘rtasida chegara o‘rnatishga urinish — tanazzulga uchraydigan g‘oya. 

Hayotingizda uyga ham, ishga ham o‘rin bor. Oilaviy majburiyatlar va bandlik o‘rtasidagi tegishli muvozanatni saqlay bilish zarur.

Vaqt o‘tgach, bu aniq bilinadi, ammo buni faqat kattaroq bo‘lganimizdan keyingina to‘la anglaymiz. O‘tmishimni o‘zgartirolmasligimni bilaman, aslida, bunday qilmagan ham bo‘lardim. Xizmat pillapoyasidan ko‘tarilgan sarim hayotimda yuz bergan voqealarning bari (tajriba, olingan saboqlar va xatolar) meni hozirgi darajamga, faoliyatimda erishgan yutuqlarimga olib keldi. Umid qilamanki, mening tajribam faoliyatini endi boshlayotganlarga yordam beradi”.

 

Xabarni tayorlashda xabardor.uz saytidan foydalanildi.



Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar