Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

04.09.2015

Kamolotga erishishning 4 yo'li

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 061
Yoshlarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash har bir ota-ona va ustozlar zimmasidagi oliy vazifalardan biridir. Shunday ekan, biz nafaqat yoshlarni, avvalo o’zimizni ham har taraflama komillashtirishga intilishimiz kerak. Shunda kelajak avlod bizning qo’ygan qadamlarimiz ortidan ergashadi. Ma’naviy salohiyatga erishish uchun nimalarga ahamiyat berish kerak? Sizdan ko’p narsa talab etilmaydi. Bunga erishish uchun 4 ta asosiy jihatga doimiy e’tibor qaratsangiz kifoya.

Qadimdan barcha olimu fuzalolarimiz komil insonni tarbiyalashning turli xil mohiyatini ishlab chiqishgan, uni ilmiy va badiiy asarlarida belgilab berishgan. Birgina Hazrat Mir Alisher Navoiyning “Hayrat-ul-abror” asari boshdan-oxir insonning odob-axloqini tuzatishga, jamiyatni komil inson qilib tarbiyalashga qaratilgan. Ammo bu asarlardagi barcha shartlarni bajarish birdaniga qiyinlik qiladi. Shunday ekan, ushbu nodir asarlarimizda ta’kidlangan g’oyalardan kelib chiqib bugun sizga kamolotga erishishning eng qisqa, zamonga muvofiq keluvchi bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan 4 ta yo’lini ko’rsatib o’tmoqchimiz.

Maslahat:
1. Barchaga ayon bo’lgan kamchiliklaringizni tuzating. Siz ilk qadamda o’z kamchiliklaringizni ko’cha-ko’yda, jamiyat orasida yurganingizda, sizga notanish bo’lgan kishilardan eshitasiz. Inson inson uchun ko’zgu kabidir. Shunday ekan, tashqaridan o’zimizga notanish bo’lgan har qanday kishining tanqidini malolsiz tinglay olishimiz kerak (agar u o'rinli bo'lsa). Bir narsani unutmaylikki, biz ko'chada boshqa inson, uyda boshqa insonmiz. Masalan, oila davrasida erkin, ish faoliyatida rasmiy va hk. Shunday ekan, tashqi muhitdagi kamchiliklarimizni faqat tashqaridan aniqlab olishimiz mumkin.
Bu kamchiliklar nimalar bo’lishi mumkin, masalan:

Tashqi ko’rinish. Ya’ni o’zgalarga qanday ko’rinayotganingizga ahamiyat bering. Siz aksariyat kishilarga (ayniqsa, ziyoli qatlamga) ko’rinishdan yoqimli taassurot qoldiryapsizmi? Kiyinish madaniyatingiz, didingiz omma uchun mos tushyaptimi? Agar tashqi ko’rinishingiz kimningdir sizdan uzoqlashishiga, yoki muomalasini salbyiga o’zgartirishiga olib kelayotgan bo’lsa, bilingki, nimanidir noto’g’ri qilyapsiz. Lekin bu xatolikni hamma ham sizga ochiq aytavermaydi, shunda siz uni o’z fahmingiz bilan tezda ilg’ab olishingiz va uni darhol o’zgartirishingiz kerak bo’ladi. Masalan, (qizlar uchun) sochlaringizni yoyib olishingiz, transportda yurganingizda ko’pchilikning g’ashini keltirishi mumkin. Chunki sarishtasiz sochlar o'tgan-qaytgan kishilarning kiyimlariga yopishib, o’zingiz va o'zgalarning halovati yo'qolishiga sabab bo'ladi.

Fe’l-atvor, muomala. Kishilar bilan muomalaga kirishayotganda qanchalar yoqimlisiz? Ko'pchilik sizning suhbatingizga intiladimi yoki o’zini olib qochadimi, shunga e’tibor bering. Agar aksariyatga fikringiz yoqsa, har doim siz bilan suhbatlashishdan charchamasa bilingki, siz insonlar bilan juda yoqimli va samimiy muomalada bo’la olyapsiz. Aksincha holatda esa, kimlardir sizning fe’lingizdan ranjiyotganini unutmang. Insonlar sizdan o’zlarini chetga olishdimi, bilingki jamiyat orasidagi mavqeingiz, boshqalar bilan hamkor bo’la olishingiz shunchalar qiyinlashadi. Shu bois hamisha insonlar qalbiga yo’l topishga, har qanday holatda ham odob va hurmat bilan o’z hurmatingizni saqlashga intiling.

O’zingizdagi shu ikki xususiyatni isloh qilishda esa albatta tashqi muhit, yon-atrofingizdagilarning fikrlarini inobatga oling.

2. Ba’zilargagina ayon bo’lgan kamchiliklaringizni tuzating. Siz bu kamchiliklaringizni asosan, uydagilar, sinfdoshlaringiz, sizni yaqindan tanigan bilgan insonlardan eshitasiz. Chunki ular sizni fe’lingizni oz muncha bilganlari bois qachon qayerda xato qilayotganingizni ochiq-oydin ko’rib turishadi. Ularning ko’ngillarini ham aslo qoldirmang. Sizga dars berayotgan ustozingiz, oila a’zolaringiz yoki yaqin bir kishingiz hamma vaqt sizga yaxshilik tilashini unutmang. Ularning ko’rsatgan kamchiliklarini tezda tuzatmasangiz, unda bu tanbehni sizga notanish bo’lgan kishilardan ham eshitib qolishingiz mumkin. Yaqinlaringiz sizga tutgan ko’zguda darhol o’zingizni tartibga keltiring.

3. Faqat o’zingizgagina ma’lum bo’lgan kamchiliklaringizni tuzating. Har qancha yaqin yoki qarindosh bo’lmasin, baribir hech bir inson o’zga bir kishining qalb olamini, uning ichki dunyosini to’laligicha bila olmaydi. Ammo har bir inson vijdon amridan kelib chiqib faqat o’zigagina ayon bo’lgan kamchiliklarini juda yaxshi biladi. Ammo ko’pgina kishilar o’zidagi mana shu kamchilikni sira yo’qota olishmaydi, ayrimlar esa buni istashmaydi. Agar siz ma'naviy kamolotga erishishni maqsad qilgan ekansiz, unda o’zingizdagi hech kimga ayon bo’lmagan kamchiliklaringizni ham tuzatishga kirishing. Masalan, “siz qanchalar himmatlisiz?”, “qanchalar kechirimlisiz?”, “qachalar o’zgalarga yaxshilik tilovchisiz?” bularni sizchalik sizdan yaxshiroq biladigan tanishni topa olmaysiz. Muntazam ravishda shu savollar ostida o’zingizni isloh qilib boring.

4. Xatolardan to'g'ri xulosa chiqaring. Eng asosiysi va bugungi kunda ko'pchilik ahamiyat bermaydigan narsa - bu o'z xatolaringizni tahlil etish. Inson borki, xato qiladi, adashadi. Xato qilish ayb emas, ammo uni tuzatishni istamaslik aybdir. Shunday ekan, vaqti-vaqti bilan hayotda yo'l qo'ygan xatolaringizni tahlil qilib ko'ring va to'g'ri xulosa chiqaring. O'shanda keyingi safar bu xatoni takrorlamaslikka harakat qilasiz.

Ishonamizki, bundan so’ng o’zingizda yanada kuch-g’ayrat, yoqimli kayfiyat va ko’ngil, ruhiyat erkinligini topasiz. Har tomonlama barkamol va ma'naviy salohiyatga erishishda sizga omad tilaymiz.

Manba: Maslahat.uz


Категория: Психология     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar