Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.06.2015

Hayotda omadli bo’lish uchun 8 qadam…

Автор: BEK Комментариев: 4            Просмотров: 4 522
Hayotda o'z o'rnimizni topish o'z qo'limizda, bizni qanday bo'lishimiz, har bir muvafaqiyatimiz o'zimizni harakatimizga bog'liq bo'ladi. Shu sababdan bugun sizlar uchun omadli bo'lishning sirlarini ochmoqchimiz.
8 qadam:


1) Juda ko’p rejalar tuzmang. Rejalar tuzish kerak, ammo xaddan ortiq emas. Agar ertaga kechqurun nima ish qilishingizni bilsangiz yaxshi, lekin siz 2 oydan keyin, birinchi jumasida soat 21.00 da nima ish qilishingizni qiyinchliksiz ayta olsangiz – bu endi me’yordan oshish deyiladi. Siz xechqanaqasiga ishingizni boshdan oyoq rejalashtira olmaysiz.

2) Yangi tanishlar ortiring. Qanchalik ko’p yangi odamlar bilan tanishsangiz, sizga hayot shunchalik qiziqarli bo’la boshlaydi. Har bir odam tuganmas ilim va bebaho tajriba manbasi hisoblanadi, ular bilan gaplashganda, har bitta odamdan nimadir o’rganishingiz aniq.

3) Ma’suliyatdan qo’rqmang. Faoliyatning qaysi sohasida bo’lishingizdan qat’iy nazar, boshqaruvni o’z qo’lingizga olishdan qo’rqmang. Ishxonada treyninglar va seminarlar tashkillashtiring, oilangiz davrasida esa sayrlar uyushtiring. Ma’suliyatni qanchalik ko’p o’z bo’yningizga olsangiz, o’zingizga bo’lgan baho shunchalik oshib boraveradi.

4) G’oyalaringizni yozib boring. Miyangizga biror bir fikr kelganda, uni shunchaki o’ylab o’tkazib yubormang, albatta uni qayerga bo’lsa ham yozib qo’ying. Shuning uchun doimo yoningizda qalam va bloknot olib yurin.

5) Seminarlarga qatnashing. Tez tez turli seminarlarga qatnashing, uchrashuvlarga boring, o’zizni qiziqtirgan turli mavzudagi treninglarda bo’ling. Bunday tadbirlardan siz juda ko’p bilimlar olasiz, yangi tanishlar ortirasiz.

6) Vaqtingizning ko’p qismini toza havoda o’tkazing. Uydan tez tez ko’chaga chiqib turing, do’stlaringiz bilan birga ovqatlaning, dimiqqan kafeda emas, ochiq havoda ta’maddi qiling. Toza havo miyangizni tiniqlashtiradi.

7) Soprt bilan shug’ullaning. Sport nafaqat jismoniy jihatdan yordam beradi, balki aqliy jihatdan ham ko’mak beradi. Agar har kuni soprt bilan shug’ullanishga o’zingizni majbur qila olsangiz, boshqa sohalarda ham ishingizdagi unumdorlikni his qilasiz.

8) “Hozir va shu yerda” shioriga amal qiling. O’zingizga yoqqan ish bilan shug’ullaning. Ish bilan shug’ullanayotganingizda, kelajak haqida ham emas, o’tmish haqida ham emas, ayni damda mashg’ul bo’layotgan ishingiz haqida o’ylang.

Muallif: Zamira Xolbayeva


Категория: Психология     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Комментарии пользователей

Avvalo men omadsiz emasman men bunday xolatga loyiq emasman deb yashash kerak

Avvalo men omadsiz emasman men bunday xolatga loyiq emasman deb yashash kerak

Omadga ishonish kerak

да лучши харашу сайит

Gap yoq zutrrtttt


Добавить комментарий

avatar