Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.06.2015

Qizlarga berilishi mumkin bo'lmagan 5 ta savol. (Yigitlar uchun)

Автор: BEK Комментариев: 4            Просмотров: 6 899
Ayollar shu darajada ta’sirchanki, ular siz bergan savoldan nima demoqchiligingiz darrov uqib oladi. Shu sababdan ularga savol berishda biroz ehtiyotkor bo’lganingiz ma’qul. Masalan, agar yigit qizdan soat nechi bo’lganligi haqida so’rasa, buni qiz: “Men zerikdim, ketgim kelyapdi.” , degan ma’noda tushunadi. Aslida balki yigit vaqt nechi bo’lganini bilib, ovqatdan so’ng dorisini ichvolish niyatidadir.

Bugun shu sababdan sizga ayollarni ga’shinim keltiruvchi va jahlini chiqaruvchi 5 ta savol haqida to’xtalib o’tmoqchimiz. Agar yoringiz bilan munosabatingiz yaxshi bo’lishini istasangiz, quyidagi savollarni also bera ko’rmang.
Ushbu savollar quyidagilar:

1) Namuncha uzoq qolib ketding?
Qiz tushunadi: namuncha nima qilding bir soatdan beri? Bitta kiyim kiyishingga shuncha vaqt keadimi? Eshikni 2 soat qulflading, shu payti dugonanga qo’ng’iroq qilishing shartmidi? Gazni o’chirib, ovqatni muzlatgichga ayni shu paytda qo’shing kerakda a? Tezroq bo’maysanmi?
Nimaga bu savol qizlarni jahlini chiqaradi?
Bu savol uning qaylig’i yoki turmush o’rtog’i uni yaxshi tushunmasligini anglatadi. Yigitlar, bir tasavvur qilib ko’ringga ayolingiz yoki qizingiz ko’chaga o’ziga qaramay chiqib ketayapdi, yoki gazni o’chirishga ulgurmadi va buning oqibatida baxtsiz hodisa yuz berishi mumkin. Ovqat achib qolishi, dugonasi esa ular 1 hafta oldin kelishganidek mehmonga kelishi mumkin. Agar bu voqealar yuz bersa yana kim aybdor bo’ladi? Ayol! Shunaqami?

2) Nima deb o’ylaysan, balki yugurishni boshlarsan?
Qiz tushunadi: sen semirib ketyapsan va menga yoqmay qolasan yaqin orada. Menga semizlar yoqmaydi.
Nimaga bu savol qizlarni jahlini chiqaradi?
Bu huddi uni bir qolipga solib qo’yayotgandek tuyiladi. Ya’ni, uni nima kiyishi, nima yeyishi va qanday ko’rinishi buyruq ostidadek tuyiladi.

3) Bugun kechki ovqatga nima pishirding?
Qiz tushunadi: seni joying oshxona. Sen ertalabdan beri menga ishlasang ham menga farqi yo’q, menga kechki ovqat tayyor bo’lishi kerak. Men ochman.
Nimaga bu savol qizlarni jahlini chiqaradi?
Chunki u ham charchaydi, ayol ham eri bilan tengma teng ishlayapdimi, demak jahli chiqishi tayin. Bunday vaqtda uni tushunmaganligidan, uni ham ishlayotganini inobatga olmaganidan jahli chiqadi.

4) Mendan oldin gaplashgan yigiting qanaqa edi?
Qiz tushunadi: men sen haqingda hammasini bilishim shart. Hozir sharmandangni chiqaraman. U qanaqa yigit edi? Mendan nima ortiq joyi bo’lgan?
Nimaga bu savol qizlarni jahlini chiqaradi?
Bu savol ularni noqulay ahvolga soladi. Chunki sobiq yigiti - bu o’tmish va uni hozirga xech qanday ta’siri yo’q. odatda qizlar o’tmishi haqida gapirganda, yigitlar shunchalik termuladiki, go’yoki u nimadir yashirayotgandek. Asosisi, hozir u siz bilan, shu muhimi.

5) Kim bilan gaplashayotganding?
Qiz tushunadi: men senga ishonmayman. Boshqalar bilan gaplashishingni istamayman. Sen faqat meni va faqat meniki bo’lishing kerak. Mendan boshqa bilan gaplashishingni taqiqlayman.
Nimaga bu savol qizlarni jahlini chiqaradi?
Bu munosabat ularga o’zlarni xuddi shaxsiy buyumdek his qilishlariga sabab bo’ladi. Uni ham o’zining do’stlari va dugonalari bo’lishiga xaqqi bor. U ham erkin inson. Asosiysi – ishonch!

Muallif: Zamira Xolbayeva


Категория: Психология     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Комментарии пользователей

Saytga gap yö

saytga gap yuq

Harakat qilamiz.

Admin salom sizga juda zör mavzu tög'ri gap yana iltimos jasur umirov dan barcha awulalarini saytga joylawtirsangiz xursand bölardim jörabek


Добавить комментарий

avatar