Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.05.2015

Boy bo'lish uchun qanday fikrlash lozim?

Автор: BEK Комментариев: 22            Просмотров: 18 570
Amerikalik psixolog olim Xarv Eker uzoq kuzatishlar olib borib Boy insonlar, O’rtahol va Kambag’allar o’rtasidagi psixologik farqni o’rganadi.
U o’ziga savol beradi:Boy insonni nima boy qiladi, Kambag’alni nima kambag’al qiladi.Xarv Eker, uzoq vaqt psixologik so’rovlar va tadqiqotlari natijasida shu narsa malum bo’ldiki.Insonning millioner yoki kambag’al bo’lishi uning mehnatiga yoki bilimiga bog’liq EMAS ekan. Unda nimaga bog’liq? Insonning Psixologiyasiga ya’ni Qanday fikrlashiga bog’liq ekan.

U quyidagicha misol keltiradi. Masalan: Agar butun dunyo xalqini hamma boyligini tortib olsak, ya’ni barcha boylarning ham kambag’alning ham barcha mol mulkini tortib olaylik-da, keyin qaytadan butun aholiga teng taqsimlab beraylik.Nima bo’lar ekan ?! Albatta, avvalgi boylar yana boy bo’ladi. Avvalgi kambag’allar yana kambag’al bo’ladi.
BUNGA SABAB NIMA?!

Psixolog shunday xulosaga keladiki, boylar kabi fikrlash insonni boy qiladi
Kambag’al kabi fikrlash insonni kambag’al qiladi.

Kambag’al va o’rtahol insonlar odatda fikrlashlari o’xshash bo’ladi.Va bunday fikrlash ularni kambag’al bo’lishiga yoki o’rtahol bo’lishiga sababdir.Millionerlar, Boylar (Manaviy va aqliy tomondan boy) kishilarning bunday bo’lishiga sabab esa ularni fikrlashi ekan.
Inson o’z psixologiyasini ya’ni fikrlashini o’zgartirsa, u o’z hayotini ham o’zgartiradi.

1-fikrlash usuli:

Boy insonlar Har bir narsadaning foyda tomonini ko’radi.
Kambag’al esa har narsaning salbiy tomonini ko’radi.
Boy: Ko’lmakda oyni ko’radi,Kambag’al: Ko’lmakda loyni ko’radi.

2-fikrlash usuli

Boy insonlar Pulni ko’proq topish va jamlashni o’ylaydi.
Kambag’al insonlar Pulni ko’proq sarflashni o’ylaydi.

3-fikrlash usuli


Boy insonlar doim ilm olishga yangiliklarni bilishga intiladi.
Kambag’al insonlar hamma narsani bilaman deb o’ylaydi.

4-fikrlash usuli

Boy isnonlar qilgan MEHNATI va NATIJASIGA qarab daromad ko’rishni maqul ko’radi.
Kambag’al insonlar ishlagan VAQTIGA yarasha pul topishni maqul ko’radi.

5-fikrlash usuli


Boy insonlar muvaffaqiyatli kishilarga havas qiladi.
Kambag’al insonlar muvaffaqiyatli kishilarga hasad qiladi.

6-fikrlash usuli

Boy insonlar boy bo’lish uchun tinmay mehnat qiladi.
Kambag’al insonlar esa boy bo’lishni orzu qiladi.

7-fikrlash usuli

Boy insonlar katta narsalar haqida, Global muammolar haqida o’ylaydi.
Kambag’al insonlar esa kichik narsalar yoki faqat o’z uy joyi haqida o’ylaydi.

8-fikrlash usuli

Boy insonlar faqat G’ALABA yo’llarini izlaydi.
Kambag’al insonlar esa YUTQAZMASLIK yo’llarini o’ylaydi.

9-fikrlash usuli


Boy insonlar – Men do’stlarimga yordamim tegadi deb o’ylaydi.
Kambag’al insonlar – Do’stlarimni menga yordami tegadi deb fikrlaydi.

10-fikrlash usuli

Boy insonlar ko’proq Sotishni yaxshi ko’radi
Kambag’al insonlar ko’proq Sotib olishni yaxshi ko’radi.

11-fikrlash usuli

Boy insonlar faol mehnat qilishni o’ylaydi
Kambag’al insonlar ko’proq dam olishni o’ylaydi.

12-fikrlash usuli


Boy insonlar tavakkal qilishni yaxshi ko’radi.
Kambag’al insonlar 7 o’lchab bir kesishni yaxshi ko’radi.

Psixolog Xarv Eker, aytishicha: inson boy yoki Millioner bo’lishi uchun faqatgina bitta narsani o’zgartirsa bas,
faqat o’z fikrlashini o’zgartirsa bas. Uning hayoti ham o’zgaradi

Manba: Maslahat.uz


Категория: Психология     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Комментарии пользователей

Rossayam to'g'ri haq gaplani keltirilgan,haqiqat achchiq bo'ladi lekin sinmaydi

Xa Albatta. K6z qurqoq q6l botir (xazil)

Men Albatta boy bo'laman

To'g'ri gap eng kuchli narsa bu fikr aql ham

хаммаси инсонни узига боглиқ туғри фикрлашни ӯрганила.

Hayotga qanaqa kulib boqsen hayot sangga wunaqa hayot yaratadi dimoqchi amerika olimi e ikkichla bu narsani ikkilanmasdan ihlos qilib amalda bajariw kere.. sinap kordim uyo buyo mush

Qoylman albatta snab koraman

100% tug'ri fikr

100% tug'ri fikr

Shundayligi tugri lekin bukrini gur tuzatadi qiyofa uzgaradi ichki dunyo uzgarmaydida

Bu narsani o'zimda sinab korvoman natija bervoti

Xammasi tug'ri

Gapirishga oson amalda qilish judayam qiyin

Gapirishga oson amalda qilish judayam qiyin

Gapirishga oson amalda qilish judayam qiyin


Добавить комментарий

avatar