Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.05.2015

Muhabbat turlari va sizning sevgingiz qaysi turga tegishli?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 4 616
Qadimgi yunonlar sevgi-muhabbatni qanday yo‘nalishda ketishiga qarab ikki turga — «eros» va «agape»ga bo‘lganlar, vaholanki, ular muhabbatning ikki muhim tomonidir, ya’ni «eros» — muhabbat obyektiga ega bo‘lishga, uni o‘ziniki qilib olishga qaratilgan bo‘lsa, «agape» — hissiyotni boshidan kechirayotgan shaxsning hissiyot obyektiga o‘zini bag‘ishlashdir. Ana shu hissiyot har bir odamda uchraydi. Shu hissiyotlardan qaysi biri ustunlik qilishiga qarab, kishidagi muhabbatni, aniqrog‘i hissiyotni boshidan kechirayotgan shaxsni va uning muhabbatdagi istiqbolini ham oldindan aytib berish mumkin. Basharti «agape» ustunlik qilsa, hissiyotning umri uzoq bo‘lishi va aksincha «eros» ustun bo‘lsa, tez orada hissiy qoniqish sodir bo‘lib, bunday odamdagi muhabbat hislarining umri nihoyatda qisqa bo‘lishi mumkinligi kuzatiladi.
Sevgi-muhabbat tuyg‘ularini D.A. Li bir necha turlarga bo‘ladi:

1) EROS — kuchli sevgi-muhabbat hislari bo‘lib, bu hislar asosida yotgan motiv muhabbat obyektiga jismoniy ega bo‘lish. Bunda jinsiy intilish yetakchilik qiladi.

2) LYUDUS — sevgi hislarini unchalik chuqur bo‘lmagan muhabbat o‘yini sifatida idrok qilinadigan, sevgi hislari obyekti oson almashishi mumkin bo‘lgan turi.

3) STORGE - tashqi ko‘rinishidan kuchli ifodalanmagan, ammo ishonchli muhabbat — do‘stlik turi.

4) PRAGMA (L+S) — lyudus va storgelardan iborat doimo ong nazoratida bo‘lgan, sevgan shaxsining manfaatlarini ko‘zlagan maqsadlari asosida yuzaga kelgan sevgi hislaridir.

5) MANIYa (E+L) — eros va lyudusdan iborat bo‘lib, sevgan kishi sevgi obyektidan tobeligi bilan xarakterlanadi. Ammo eros va lyudusdan bu turning farqi sevgan shaxsda o‘ziga ishonch hislari yetarli bo‘lmaydi.

6) AGAPE (E+S) — eros va storgelar yig‘indisidan iborat kuchli ifodalanadigan sevgan kishi muhabbat obyektiga hamma narsasini va hatto o‘zini ham bag‘ishlashga tayyor bo‘lgan hislar turi va hokazo.

Kuzatishlarga ko‘ra erkaklarning sevgi muhabbat hislarida ko‘proq qismini eros va lyudus, ayollarda esa pragma, storge va maniya turlari tashkil etadi.
O‘smir va o‘spirin yoshidagi o‘g‘il va qiz bolalarda ko‘proq maniya turi, katta yoshdagilarda esa boshqa turlar kuzatiladi. Bir shaxsning hayotida muhabbatning yuqoridagi bir necha turlari alohida kuzatilishi mumkin. Ba’zilarda esa faqat bitta
tur uchraydi. Bizning fikrimizcha, muhabbat turlari sevgan va sevilgan kishilarning yoshiga, husniga, ma’lumotiga, madaniy saviyasiga, jamiyatda tutgan mavqeyiga, hayot tarziga, dunyoqarashiga, qaysi muhitda tarbiya ko‘rganligiga, xarakteriga, jinsiy hulqiga, qarama-qarshi jins haqidagi tasavvuriga, nerv sistemasiga,
milliy psixologik xususiyatlariga bog‘liq. Ba’zi yigit va qizlarda sevgi hislari bir turda boshlanib, ma’lum vaqtdan so‘ng o‘zga turiga o‘tishi mumkin. Masalan: «Eros» turidan boshlanib «agape»ga aylanish yoki «lyudus» tarzida yuzaga kelib,
«storge» turiga o‘tishi mumkin.

Manba: Maslahat.uz


Категория: Психология     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar