Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.04.2015

Hayotdan zavqlanib yashashni o'rganing!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 414
Hayotdan zavqlanib yashashni o'rganing!Hayot bir tekis emas, oyning o’n beshi qorong’u, o’n beshi yorug’, deganlaridek, hayotimizda har xil kun bo’ldi. Inson boshiga qiyinchilik tushganda birdaniga tushkunlikka tushib qoladi. Go’yoki hamma undan yuz o’girganday, xech kim unga yordam bermayotganday tuyuladi. Unutmang, sizga yordam beradigan faqat o’zingiz! Shunday ekan o’z kuchingizga ishonib , olg’a intiling. Shunday bo’lsada, bugun sizning e’tiboringizga hayotdan zavqlanib yashashingizda qo’l keladigan maslahatlarni berib o’tmoqchimiz. Ularga amal qilib, hayotingizga ma’no kiriting.

Maslahatlar:

1. Hafta xech bo’lmaganda bir marta sevimli mashg’ulotingiz bilan shug’ullaning. Undan maqsad va manfaat izlamang, shunchaki uni bajarish jarayonida o’sha ishingizdan rohatlaning.

2. Kiyimlaringizga yorqin ranglarni qo’shing. Bir xillikdan va to’q ranglardan qoching.

3. Turmush o’rtog’ingiz pishirgan ovqatingizni maqtamadimi? Yoki ayolingiz yangi soch uslubingizni yoqtirmadimi? O’zgartiring! Soch uslubingiz yoki ovqatnimas, balki sizga baho beradigan odamni o’zgartiring. Bunda siz yaqin do’stingiz yoki dugonangizdan baho berishlarini so’rashingiz mumkin.

4. Har kuni qilgan ishingizdan kamida bitta pozitivni toping va o’zingizni maqtang. Masalan, “Bugun men yoshi katta ayolni katta yo’ldan o’tkazib qo’ydim. Qanday bag’ri keng va hammaga kerak insonman” deng.

5. Ishni kimdir sizni maqtashi uchun emas, o’zingiz uchun bajaring. Qarshingizda o’tirgan odamdan maqtov eshitmasangiz ko’nglingiz og’riydi, shunday ekan o’zingizni kayfiyatingizni ko’tarib o’tiring.

6. Maqsadingizga erishmoqchi bo’lsangiz, astoyidil bo’ling. Avvalo yaxshi niyat qiling, ko’nglingizni ortiqcha narsalardan tozalang. Hasad, araz-ginalarni uniting. Gina-qudratlar odamning ko’p vaqtini oladi. Asablarni yemiradi, maqsaddan chalg’itadi. Ularni o’ylab siqilib vaqtni behudaga sarflagandan, yaxshi maqsadlar sari olg’a intiling.

7. Har qanday salbiy fikrlashlardan o’zingizni yiroq tuting. Agar siz qancha salbiy narsalar haqida ko’p o’ylasangiz, ruhiyatingiz shuncha tushib

8. Yodingizda tuting! Har birimiz hayotimizni o’zgartirishga qodirmiz. Hayotni yaxshi tomonga o’zgartirishga harakatda bo’ling, buni zavqlanib qilishni ham o’rganing.


Категория: Психология     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar