Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.04.2015

Dangasalikdan qutulish sari 7 qadam

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 988
Dangasalikdan qutulish sari 7 qadam“Buni keyin bajaraman!”, “Yaxshisi, ertaga qilaman!” degan bahonalar barchamizga tanish bo‘lsa kerak. Biror bir vazifani bajarmaslik uchun o‘zimizga shunchalar tez bahona topamizki, u bahonalarni keti ko‘rinmaydi. “Qolgan ishga qor yog‘ar” deydi xalqimiz, bu dangasalik xech kimga omad keltirmagan, sizga ham muvaffaqiyat keltirmaydi. Azizlarim, bugun e'tiboringizga dangasalikdan qutulishning 7 sirini ochmoqchiman.

7 Sir:

1. Nimani yo‘qotayotganingizni o‘ylab ko‘ring. Til o‘rganishni orqaga surayapsizmi? Unda sizni xorijga yuborishmaydi. Ovqatni kechiktirsangiz, yo‘q joydan urush chiqib, ko‘nglingiz xira bo‘ladi.

2. O‘zingizga motivator toping. Atrofingizga nazar tashlang: tengdoshlaringiz sizdan o‘zib ketmayapdimi? Nimaga haliyam bir nuqtada turibsiz? Ulardan yuqori cho‘qqilarga erishgingiz kelamayapdimi? Harakat qiling, harakat!

3. Diqqatingizni chalg‘itmang! Muhim ishni bajarishingiz kerakmi? “Shu yerda va hozir” shioriga amal qiling. Hayolingizni bir joyga yig‘ing. Ishlaringiz turganda internet bilan chalg‘imang.

4. Oldingizda turgan ishlar juda ko‘p bo‘lsa, ularni qismlarga bo‘lib, eng osonidan boshlang. Yoki aksincha, eng qiyin ishni bajarib bo‘lgach, qolgani xech narsa emas.

5. Siz ish bilan bandligingizda o‘zgalar bezovta qilishiga yo‘l qo‘ymang. Telefondagi suhbat, internetdagi chatlashish - vaqtning haqiqiy o‘g‘rilari.

6. O‘zingizga ish yig‘mang. Hammasini keyin qilaman emas, hammasini o‘z vaqtida bajaring. Yo‘l yo‘lakay qilib ketilgan ish ham vaqtni tejaydi, ham unumdor bo‘ladi.

7. O‘zingiz kabi o‘zgarishni istayotgan hamfikr toping, yoki kundalik yuriting. Bir biringiz bilan natijalaringizni tahlil qilib boring yoki kundaligingizga erishayotgan yutuqlaringizni qayd qilib boring. Tez orada natijani ko‘rib, ko‘zingiz quvonadi.

Manba: Maslahat.uz | Muallif: Zamira Xolbayeva


Категория: Психология     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar