Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.07.2014

Hayotdan mamnun bo'lib yashash

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 2 682

Xato qilish – insonga xos xususiyat. Ba’zan uyga kelib, kun davomida qilgan xatolarimizdan afsuslanamiz. Qilgan noto’g’ri ishlarimizni o’ylab yuragimiz siqiladi, kimnidir ranjitdim ko’ngliga og’ir oldi deya bezovta bo’lamiz. Bu esa insonni ruhiy azoblab ichidan kemiradi, ko’zdan uyquni oladi. Bundan qutulish uchun nimalar qilish kerak deysizmi? Quyida bunday vaziyatlarga qarshi bir qancha yo’llar ko’rsatilgan.

Maslahatlar:

  • Sodir bo’lishi mumkin bo’lgan hodisaning oldini oling, hatto tabiblar ham aytishadiku “kasallikka qarshi kurashgandan ko’ra uning oldini olgan ma’qul” deb. Shunday ekan kimnidir ranjitib qo’yishingiz mumkinligini sezyapsizmi buni oldini olishga, bu hodisa ro’y berishiga yo’l qo’ymaslikka harakat qiling.
  • Har bir insonga va hodisaga ijobiy qarang, nimaki bo’lsa yaxshilikka yo’ying. Har bir ishda xayr borligini unutmang. Siz uchun noxush tuyulgan vaziyatlarni ham ijobiyga yo’naltiring.
  • Har bir narsani yaxshi deb qabul qiling, hatto eng qiyin vaziyatlarda ham.
  • Kuchli bo’ling. Siz o’z irodangiz, matonatingiz bilan erishgan narsalarni ko’z oldingizga keltiring, shunda ular sizga kuch va g’ayrat baxsh etadi.
  • Tez xulosa chiqarishga shoshilmang. Bir narsani qo’ldan chiqarishdan oldin kelajakda afsuslanmasligingizga ishonch hosil qiling. Chunki shunday narsalar borki ularni boy bergandan so’ng topib bo’lmaydi.
  • Ishlaringiz to’g’riligiga ishonch hosil qiling. To’g’ri aytilgan so’z va amal har qanday insonni hech qachon uyaltirib qo’ymaydi.
  • Atrofingizdagilarga nisbatan mehribon va oqko’ngil bo’ling. O’zgalarga mehribonlik qilmoq, o’zingizga mehribonlik qilmoq demakdir. Bu narsalar sizga tinchlik olib keladi. Tinchlik o’z navbatida hayotingizga ijobiylik olib kiradi.
    Yuqoridagi amallarga rioya qilsangiz siz o’zingizni qilgan ishlaringizdan afsuslanmaysiz va uyalmaysiz. Siz nafaqat o’zingizni yaxshi his qilasiz, undan tashqari hayotingizdan mamnun bo’lib ko’p ijobiy natijalarga erishasiz.
  • Mening bir hayotiy ishyorim bor

“Hayotda shunday yashash kerakki, ortga qaraganda afsuslanadigan hech narsa bo’lmasin”.

Manba: Maslahat.uz | Muallif: Abdullayev Ilhom



Категория: Психология     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar