Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.07.2014

Irodali bo’lish uchun 6 maslahat

Автор: BEK Комментариев: 43            Просмотров: 22 738

Ma’lumki, agar muvaffaqiyat qozona olmasak, uyda yoki ishda ozgina muammolarga duch kelsak, hayot tajribamiz bir oz pand bersa, darhol bizni tushkun kayfiyat o’rab oladi. Tushkunlik esa hech vaqt bizni bu noqulay vaziyatdan olib chiqolmaydi; o’zimizni o’nglab olishning yagona yo’li – bu irodali va kuchli mantiqiy tafakkurga ega bo’lishdir. Quyidagi maslahatimizda irodali bo’lishning o’ziga xos sirlari haqida so’zlaymiz.

  • Bugungi kun nafasi bilan yashang. O’tmishda yo’l qo’ygan xatolaringizni, muammolaringizni bir muddat esdan chiqaring. Kelajagingiz bugun qo’yadigan qadamingizga bog’liqligini unutmang. Siz uchun har kuni yangi kun boshlanishi kerakligini his qiling. Chunki o’z muammolaringiz haqida o’ylab qayg’urganingiz bilan masala o’z yechimini topmaydi, siz esa behuda tushkunlikka tushish bilan vaqtingiz, imkoniyatingizni boy berishingiz mumkin. Yaxshisi, o’zingizga eng yoqimli, qiziqarli bo’lgan mashg’ulot bilan shug’ullaning, ko’nglingizga yaqin inson bilan suhbatlashing va hk.
  • O’zingizda ishonch hosil qiling. Ko’pchilik o’z-o’ziga ishonmaslik oqibatida erkin qadam tashlashdan, yutqazgan narsalarini qaytadan boshlashdan voz kechadi. Ammo insondagi o’ziga bo’lgan ishonch hissi, ko’pincha uning maqsadga erishishiga sabab bo’ladi. Shunday ekan, yutqazishdan cho’chimang. Chunki hayot yutish va yutqazishdan iborat, siz qachondir yutqazgan narsalaringiz evaziga katta narsani yutib olishingiz mumkin.
  • Hech vaqt asabiylashmang. Asab insonning doimo tiniq fikrlashiga to’sqillik qiladi. Muammoni yanada chigallashtiradi; asabingizni asrang. Uni jilovlashning yagona yo’li – asabni buzadigan holatlarga ahamiyat bermaslikdir.
  • Vaqtida ovqatlaning. Ba’zilar ish yoki shaxsiy muammolar ichida qolganda ishtahasiz bo’lib ovqatlanishni unutib qo’yadilar. Bu bilan o’z faoliyatlarini yanada susaytirayotganini bilmaydilar. O’z vaqtida ovqatlanib turish organizmni mo’tadillashtiradi va harakatchan, faol bo’lishiga, miya faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.
  • Muammoga chetdan nazar tashlang. Masalan, siz uchun kattaroq va chigal hisoblangan muammo boshqalar uchun arzimas bo’lishi mumkin. Muammolaringizga uzoqroqdan turib razm soling; xafa bo’lishga qanchalar haqli ekaningizni o’ylab ko’ring. “Balki bundan ham qiyinroq vaziyatga tushib qolishim mumkin edi-ku” degan fikr bilan hozirgi ahvolingizga nisbatan sabrli va shukrli bo’ling. Shunda sizni qiynagan muammo aslida hech narsa ekanini anglaysiz.
  • Hayotni borligicha qabul qiling. Ba’zi kishilar hayotni o’zim boshqarayapman deb o’ylaydilar. Garchi shunday ko’rinsa-da, aslida hayot insonni boshqaradi. Doim muvaffaqiyatga erishib kelgan kishi bir gal pand yesa, buning zarbini ko’tara olmaydi. Sababi ular hayotni boricha qabul qila olmaydi. Unday kishilar doim o’z xohish-istaklari amalga oshishi kerak deb hisoblaydilar. Omad yuz o’girganida, muvozanatni yo’qotib qo’yadilar. Hayotni borligicha qabul qilish esa kunida yetti bor yiqilib, yetti bor o’rindan turishni o’rgatadi.

Iroda barchamiz uchun kerakli narsa. Ammo hamma ham o’zida bu kuchni topa olmaydi. Irodasizlik insonni faollikdan uzoqlashtirishi mumkin. Harakatsiz, g’ayratsiz inson esa, ertangi kuniga ishona olmaydi va muvaffaqiyatga erishishi qiyin kechadi. Hayot sinovlaridan o’ta olish uchun irodali bo’lishimiz lozim. Har bir qulagan narsani bundan ham ko’rkamroq qilib tiklash mumkinligini yodda tuting va buni uddalash uchun o’zingizga qaytadan imkoniyat bering. Shunda eng mustahkam irodaga erishishingiz mumkin.

Deyl Karnegi “Chidash san’ati” kitobi asosida tayyorlandi.

Manba: Maslahat.uz | Muallif: Shirin



Категория: Психология     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Комментарии пользователей

Men bir bolani sevaman a birovlardan soratsam sokinib beryabdi a uning yakinlaridan soratsam men unga uylanaman deyabman deydi a menga etibor kimidi tel kimidi men tel klsam omidi bowka bollar bn tursam sokadi meni sevasanmi dsam bilmadm deydi nu seviwini aytmidi ozi bowka kz bn yuribdi seviwib men sinfdowlarim bn tursamham menga indame bollarni sokadikan. Men nma kiliwim kerak??? WhatsApp 0777888929

Maslahatlar zo'r

Bazan hamma narsa o'zimizga bog'liq bo'lmaydi. Irodali bolish uchun o'zimizdagi hohishning o'zi yetarli emas.

Menga yoqdi judayam tògri maslahat berilgan. Nima bòlishidan qatiy nazar, inson òzoga ishonishi, har qanday sinovni sabr bilan yengib òtsa. Hayotga kulib boqsa h hammas zòr bòladi

Rahmat maslahat u-n

Maslahat zo'r manga yoqdi. Ammo juda oddiy insonlarni bu muomolardan olib chiqib keta oladigan ibratli hechnarsa yo'q. Balki insonlarni ruhlantiradigan voqea bunday hodisani boshidan kechirganlar hoyotini misol qilib ko'rsatilsa maqsadga muofiq bo'kardi.

Мен барибир муамоларимдан чика олмаяпман асабийлашиб асабимни жиловлай олмаяпман ичимдаги наплани этишга журатим хам йетмаяпти бирига ахамият бермасам батарроги чикип келяпти

Gap yo rahmat

Man baribir qancha harakat qilmay ojizman nervinniman charchadim Hayotdan

Маслахат ун рахмат.белимда доимий огрик бор шу мени кайфиятимга,рухиятимни жудаям чуктиради.маслахат беринг,илтимос.

Menga juda ham yoqyti bu maslahatlar meni yana ham irodali bolishimga komaklashdi maslahatlar uchun rahmay

matnni tuzganlarga rahmat ajoyib


Добавить комментарий

avatar