Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.04.2015

Men yo‘l qo‘ygan bema'ni xatti-harakatlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 2 547
Men yo‘l qo‘ygan bema'ni xatti-harakatlarDeyl Karnegi

Shaxsiy arxivimda «MYQBXH» deb nom qo‘yilgan indeksli bir jildni saqlayman, u qisqartirilgan tarzda «Men yo‘l qo‘ygan bema'ni xatti-harakatlar» deb yuritiladi. Ushbu jildlarda o‘z aybim bilan yo‘l qo‘ygan bema'ni xatti-harakatlarim haqidagi yozuvlar mavjud. Ba'zi hollarda mazkur esdaliklarni kotibamga aytib yozdiraman, ammo ular shu darajada shaxsiy ma'noga hamda shu qadar bema'nilikka egaki, o‘qib turib yozdirishga uyalaman, shu bois ularni o‘z qo‘lim bilan yozib qo‘yaman.

Men hozir ham ushbu jilddagi o‘n besh yil muqaddam Deyl Karnegi haqida bildirilgan tanqidiy mulohazalarni eslay olaman. Agar o‘zimning vijdonimga ishonsam, bema'ni xatti-harakatlarim haqidagi yozuvlar bilan to‘lgan jildim allaqachon chok-chokidan so‘kilib ketar edi. Men bundan yigirma asr muqaddam: «Bema'nilarcha harakat qildim va juda ko‘p gunohlarga yo‘l qo‘ydim», deb aytgan shoh Saulning so‘zlarini takrorlashga o‘zimni haqli deb bilaman.
Qachon men ushbu jildni qo‘limga olib, o‘zim haqimdagi tanqidiy fikr-mulohazalarni o‘qisam, ular zimmamda turgan muhim muammo – Deyl Karnegini boshqarish muammosini yechishga yordam beradi.

Men o‘zim yo‘l qo‘ygan nojo‘ya xatti-harakatlar uchun ko‘pincha boshqalarni ayblashni odat qilib olgan edim, ammo ulg‘ayganim sari va umid qilganimdek, aqlli bo‘lganim sayin shuni angladimki, oxir-oqibatda barcha baxtsizliklar mening aybim bilan ro‘y berar ekan.

«Men ko‘p yillardan buyon kun bo‘yi huzurimda o‘tkazilgan uchrashuvlarning hammasi haqida bitilgan yozuvlar jamlanmasini yuritaman, - deb hikoya qilib bergandi janob Xauell uning muvaffaqiyatlari sababini so‘raganimda. - Oilam shanba oqshomida hech qachon vaqtimni olmaydi, chunki bu vaqtning bir qismini men hamisha o‘z-o‘zimni tekshirish, xatti-harakatlarimni ko‘rib chiqish va baholashga sarf etishimni yaxshi biladi. Tushlikdan ke¬yin yolg‘iz qolib, uchrashuvlar kitobini ochaman va hafta davomida o‘rin olgan barcha muloqotlar, yig‘ilish va majlislar haqida o‘ylab ko‘raman. O‘zim-o‘zimdan, qanday xatoga yo‘l qo‘ydim ekan, deb so‘rayman. Men qaysi o‘rinlarda to‘g‘ri ish qildim va qanday hollarda bundan ham yaxshi harakat qilishim mumkim edi?

Bu tajribadan qanday saboq chiqarib olish mumkin? Ba'zan bu haftalik xatti-harakatlarni tahlil qilish meni mushkul ahvolga solib qo‘yadi. Ba'zida o‘zimning qo‘pol xatolarimdan hayron qolaman. Albatta, bu kamchiliklar yilma-yil tobora kamayib boradi. Yilma-yil olib boradigan mazkur tizim, o‘z-o‘zini tahlil etish usuli o‘zim qabul qilganlarga nisbatan menga ko‘proq foyda berdi».

Maydakash odam arzimas hisoblangan tanqidlardan ham qattiq g‘azablanadi, dono esa unga «yo‘l bermay» ta'na qiladigan va uni yomonlaydigan kishidan ham nimanidir o‘rganadi.

Uolt Uitmen bu fikrni quyi¬dagicha ta'riflagan: «Siz faqat sizni maqtaydigan, sizni yoqtiradigan va sizga yo‘l beradigan kishidan biror narsa o‘rganasizmi? Sizga qarshi chiqadigan, sizni ko‘ra olmaydigan va yo‘l bermaydigan kishilardan buyuk saboqlar chiqarib olishni sinab ko‘rmadingizmi?»

Dushmanlarimiz bizni va ishimizni tanqid qilishlarini nega kutib o‘tirish kerak? Nega ulardan oldinroq o‘tib ketmaymiz? Keling, o‘z-o‘zimiz uchun shafqatsiz tan¬qidchiga aylanaylik. Shunday qilsak, dushmanlarimizdan oldin o‘zimizning zaif tomonlarimizni aniqlab va tuzatib olamiz. Darvin xuddi shunday qildi. Aniqrog‘i, u o‘n besh yil tanqid bilan mash¬g‘ul bo‘ldi.

Tanqid tufayli bezovtalikdan xalos bo‘lish uchun uch qoidaga rioya qiling:
O‘zingiz yo‘l qo‘ygan bema'ni xatti-harakatlar ro‘yxatini tuzib chiqing-da, o‘zingizni tanqid qiling.
Qisqa xulosalar:

1-qoida: Nohaq tanqid ay¬rim hollarda niqoblangan xushomad hisoblanadi. U ba'zan siz tufayli qo‘zg‘algan nafrat va hasadni ham anglatadi. Esingizda bo‘lsin, hech kim hech qachon o‘lik itni urmagan.
2-qoida: Kuchingiz yetgan ishni qiling, so‘ng eski soya¬boningizni oling, mayli, tanqid yomg‘iri unga yog‘aversin, faqat yoqangizga tushmasa bo‘lgani.
3-qoida: O‘zingiz yo‘l qo‘ygan xatti-harakatlar ro‘y¬xatini tuzib chiqing-da, o‘zingizni o‘zingiz tanqid qiling.

Hali barkamollikdan uzoq ekanmiz, keling, to‘g‘ri yo‘l tutaylik. Bosh-qalardan beg‘araz, foydali va konstruktiv tanqidni so‘rab olaylik.

Manba: Maslahat.uz


Категория: Психология     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar