Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.04.2015

Uzoq umr ko‘rishni istasangiz tabassum qiling

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 3 153
Uzoq umr ko‘rishni istasangiz tabassum qilingAgar hissiyotlar salbiy xarakterga ega bo'lsa, ular turli kasalliklarni vujudga keltirishga, xastaliklarning kechishini chuqurlashtirishga qodir. Inson o'z ichki dunyosini o'rganib borar ekan, har doim ham o'zining u yoki bu qobiliyati foyda keltirayotgani yoki keltirmayotgani haqida ko'proq bosh qotira boshlaydi. Masalan, inson hissiyotlari. Xo'sh, ular qachon foydali, qachon esa zararli hisoblanadi?
Shifokorlar nigohi bilan

Olimlar ba'zi hissiyotlar kasalliklar sababchisi ekanini anchadan buyon sezishgan. XVIII asrdayoq Prussiyalik shifokor Gufeland o'zining "Inson hayotini uzaytirish san'ati" kitobida shunday deb yozadi: "Hayotni qisqartiruvchi ta'sirlar orasida asosiy o'rinni qo'rquv, qayg'u, ma'yuslik, siqilish, irodasizlik, hasad, nafrat egallaydi". Ilya Mechnikov esa o'zining "Optimizm etyudlari" risolasida kuchli g'azab ko'p holatlarda tomirlar yorilishiga, qandli diabet kasalligiga, ba'zida esa katarakta rivodlanishiga olib kelishini qayd etadi. Taniqli dermatolog P.Nikolskiy odamni dilgir qiladigan qayg'u, alam, ma'yuslik, hasadgo'ylik, qahr hislari aksariyat holatlarda teri kasalliklari paydo bo'lishiga turtki bo'ladi, degan xulosaga kelgan.

Insonning yuz mimikasiga, ovoziga, teri oqarishi va qizarishiga, nafas olishining tezlashishi va entikishiga qarab uning ayni damda qanday hissiyotlarni boshidan kechirayotgani haqida fikr yuritish mumkin.

Olimlar sportichilarni startdan oldin, talabalarni imtihon kunlari, artistlarni sahnaga chiqqanidan keyin ko'rikdan o'tkazishganida ulardagi arterial bosim, tomir urishi, qondagi qand moddasining miqdori o'zgarishini kuzatishgan. Bu o'zgarishlar kuchli kechinmalar tufayli yuzaga kelgani ma'lum bo'lgan.

His-tuyg'ular nafaqat tashqi, balki ichki ko'rinishga ham ega. Ularning namoyon bo'lishida qatnashmaydigan birortayam to'qima, organ yoki tizimlar organizmda yo'q. Taniqli fiziolog olim Ivan Pavlov bu haqda quyidagicha yozgandi: "Bizning yoqtirish, yoqtirmaslik, yengillik, qiyinlik, quvonch, azoblanish, tantana qilish, umidsizlikka tushish va hokazo his-tuyg'ularimiz katta yarim sharlarda yuz beradigan asab jarayonlarining yengil yoki qiyinlashgan holda kechishinig turli variatsiyalari bilan bog'liq". Fiziolog olimlarning ko'plab tadqiqotlari his-tuyg'ularning rivojlanishida asosiy rol bosh miya katta yarim sharlari qobig'iga va qobiq osti hosilalariga tegishli ekanini ko'rsatdi.
Miya faoliyati

Keling, insondagi ijobiy his-tuyg'ularning shakllanishini sxema tarzida tasavvur qilamiz. Qizg'in ish kunidan keyin siz uyga keldingiz va radioni yoqdingiz. Efirda taniqli satirik... Chehrangizga darrov tabassum yugurdi. Bu hosil bo'ladigan his-tuyg'uning tashqi namoyon bo'lishidir. Miyangiz xotiralar ummonidan ushbu artistning oldingi chiqishlaridan olgan taassurotlaringizni yuzaga chiqardi va qobiq osti orqali, vegetativ asab tizimi orqali signallarni organizmning barcha organlari va to'qimalariga yo'naltirdi. Ular bu signal ni olib, o'z navbatida bosh miyaga javob signallarini jo'natadi. Shundan so'ng bosh miya buyrug'iga ko'ra ijobiy his-tuyg'u shakllanadi va tashqi tomondan tabassum ko'rinishida namoyon bo'ladi. Ammo his-tuyg'ular - bu butun bir majmua bo'lib, uning tarkibiga ichki komponent ham kiradi-ku! Demak, tabassum nafaqat chehrangizda ifodalandi , i chki organlaringiz ham bu payda "tabassum qil a di". Satirikning chiqishi esa davom etmoqda... Endi tabassumingiz kulgiga aylanadi, keyin qahqahaga. His-tuyg'ularingiz jo'sh urib ketdi. Xo'sh, bu zararlimi? Aksincha! Bunday his-tuyg'ulardan so'ng charchog'ingizdan asar ham qolmaydi. I van Pavlov agar his-tuyg'unlar yo'q bo'lsa, bosh miya qobig'i o'zining asosiy energiya manbaidan mahrum bo'lishini tasdiqlagani ham tasodif emas.

Bunga qarama-qarshi boshqa bir misolni olaylik. Ikki kishi bahslashmoqda. Bahs avjiga chiqayotir, hissiyotlar borgan sari jo'sh urib, qizg'inlik kasb etmoqda. Agar bir kishi o'zini vazminroq tutishga qodir bo'lmasa, raqibining har bir aytilgan so'zi uning bosh miyasi qobig'ida asabiylashuvning yangi to'lqinlarini keltirib chiqaradi, bunda har yangi to'lqin oldingisidan kuchliroq bo'ladi.

Nihoyat, affekt deb nomlanuvchi holat boshlanadi, bunda bosh miya qobig'ining asabiylashuvi o'z chegarasiga yetib keladi. Qobiq osti hosilalari haddan tashqari asabiylashgan qobiqning to'xtatib qolish ta'siridan mahrum bo'lgan holda kishinnig xatti-harakatini boshqara boshlaydi. Xuddi mana shu yerda qobiq ostida joylashgan instinktlar qizg'in harakatga keladi. Bahslashayotgan odam haqoratli so'zlarni ayta boshlaydi... mushtini ishga tushiradi.

Agar raqib kuchliroq yoki uning mansabi kattaroq bo'lsa, unda haddan ziyod qo'zg'algan signallar to'lqini, tashqi muhitga chiqa olmay, ichki organlarning ustiga yog'iladi va ularning orasidan eng kam qarshilik ko'rsatadigan joyni izlaydi. Ba'zi kishilarda bunday zaif joy yurak bo'lsa, boshqalarda tomir, uchinchilarda esa oshqozon bo'ladi. Bu ichki organning fojiasi boshlanganidan dalolat beradi. Agar kishi bunday bahslarga tez-tez kirishsa, unda ertami-kechmi ichki organlardan birida yoki to'qimalardan birida kasallikka olib keluvchi patologik jarayonlar rivojlanadi. Ya'ni birovlarda gipertoniya, boshqalarda oshqozon yarasi, uchinchi kishilarda ruhiy-asabiy kasalliklar, to'rtinchilarda teri xastaliklari paydo bo'ladi... Agar kishi o'zini vazmin tutishni, oddiy his-tuyg'ularni affektga aylantirmaslikni o'rganganida bu jarayonlar yuz bermasdi.
Kayfiyat va mehnat unumdorligi

Eringiz ishdan uyga kayfiyatsiz yoki ishdagi ko'ngilsizliklardan asabiylashib keldi. Qizishganidan og'zidan qo'pol so'z chiqib ketdi... Albatta, oila salbiy his-tuyg'ularni "to'kib solish" uchun axlat qutisi emas. Ammo bu yuz bergan ekan, ayol kishi bu qo'pollikka javoban vazminlik bilan sukut saqlagani ma'qul. Ayol keskinlik o'tib ketganidan keyingina haqoratli so'zlarning yoqimsiz ekaniga ishora qilgani yaxshi. Ammo qayda deysiz? Qo'pollikka albatta qo'pollik bilan javob qaytarish kerak!

Mana shu yerda janjalgacha, ba'zida esa er-xotinning ajrashishiga, oilaning esa buzilib ketishigacha olib keladigan oilaviy bahs boshlanadi. Aybdor katta miqdorda salbiy his-tuyg'ularni olib, keyin vijdoni qiynaladi. Ammo "g'ururi" unga yarashish tomon qadam tashlashga yo'l bermaydi. Natijada oila ham yo'q, salomatligi ham yomonlashgan. Bu ish faoliyatida ham aks etadi.

Ba'zi mamlakatlarda o'tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar mehnat unumdorligi ishchilarning kayfiyatiga bevosita bog'liq ekanini ko'rsatdi. Buni raqamlar tiliga o'girishganida, tushkun kayfiyat mehnat unumdorligini 10% ga kamaytirishi aniqlangan.
Uchinchilarning donoligi

Agar his-tuyg'ular salbiy xarakterga ega bo'lsa, ular turli kasalliklarni vujudga keltirishga, xastaliklarning kechishini chuqurlashtirishga qodir. Ijobiy his-tuyg'ular esa aksariyat hollarda organizmning qarshilik ko'rsatish qobiliyatini oshiradi va buning natijasida insonning ba'zi kasalliklarga nisbatan bardoshli bo'lishi uchun sharoit yaratadi.

His-tuyg'ular, inson ularni boshqarishni o'rganganidan keyingina organizmga yaxshi ta'sir qila boshlaydi. His-tuyg'ularni jilovlashni o'rganish uchun kishi ularni avvalo o'zida va boshqalarda tarbiyalashi kerak.

Odamlar his-tuyg'ularga turlicha munosabatda bo'lishadi. Birovlar "Inson ikki yoshgacha gapirishni, ikki yoshdan oltmish yoshgacha sukut saqlashni o'rganadi", degan matalni yaxshi ko'rishadi va jim yurishga harakat qilishadi. Boshqalarni haqoratlashganida jim turish, o'zlariga ham gap tekkanida jim turish. Bunday odamlarning yuzida hech qanday his-tuyg'ularni ko'rmaysiz. Ular bu bilan o'z salomatli gi mizni asrayapmiz, deb hisoblashadi.

Boshqalar "Hayot - bu kurash!", deyishadi. Bu xil kishilar yo'llarida uchraydigan barcha "shamol tegirmonlari" bilan kurashishga tayyor, bunday donkixotlik atrofdagilarda faqat tabassum uyg'otadi, xolos...

Uchinchilar esa birinchilar va ikkinchilarning arsenalidan eng qimmatli narsalarni o ' zlashtirib olgan holda atrofidagi voqealarga to'g'ri munosabatda bo'lishni o'rganishadi.

Biz uchinchilar tomonidamiz ! O'z his-tuyg'ularini asray oladigan va buni qiziqarli ishlar talab qilganida, shu ishga butun ehtiroslarini beradiganlar tomonidamiz!

Manba: salomat.uz


Категория: Психология     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar