Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.04.2015

Optimist bo’lish uchun 5 maslahat

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 4 768
Optimist bo’lish uchun 5 maslahatXech e’tibor berganmisiz, hayotda optimist bo’lgan odam boshqalarga nisbatan ko’proq omadga erishadi. Ishdagi o’sich ham yuqori bo’ladi, oilaviy hayoti ham omadli, tashqi ko’rinishi ham odamlarga yoqimli, hullas ularga tez-tez omad kulib turadi. Ular hayot qiyinchiliklariga kamdan-kam yuz tutishadigandek tuyiladi. Aslida ular qiyinchiliklarni ham tabassum bilan yengishadi. Har bir narsaga kulib qarashadi, yashashdan zavq olishadi. Ular shunning uchun ham omadli bo’lishadi. Optimist bo’lish - yuzni ajinlardan, qalbni esa qarishdan qutqaradi.

Bugun sizlarning e’tiboringizga, hayotda optimist bo’lishingizda ko’maklashadigan 5 maslahatni berib o’tmoqchimiz. Ularga amal qilib, hayotingizga o’zgartirish kiriting.
5 Maslahat:

1)) So’z boyligingizni ko’zdan kechiring. “Yo’q ”, “qila olmayman”, “qo’limdan kelmaydi” degan gaplarni lug’at boyligingizdan, nutqingizdan butunlay chiqarib tashlang. Uning o’rniga “Men shu ishni qilsam, omad sari bitta qadam tashlagan bo’laman ”, “meni qo’limdan keladi ”, “Buni albatta uddalayman”, “men kuchli insonman ” degan gaplarni ishlating. O’zingizga optimistic shior tanlab tez-tez qaytarib yuring, va shunga yarasha harakat qiling.

2) Muammolarni va xatolardan to’g’ri xulosa chiqarishni o’rganing. Nima yuz bergan bo’lsa ham, endi uni to’girlay olmaysiz, orqaga qaytara olmaysiz. O’zingizni o’zingiz qiynagandan nima foyda? “Men nega shunaqa qildim?”, “Nimaga bunaqa bo’ldi?” kabi savollarni o’z o’zingizga berganingiz bilan yechim yo’q. Uning o’rniga hayotingizda yuz bergan har bitta voqeani bitta saboq deb qabul qiling va undan yaxshi xulosa chiqarishni o’rganing. Xatto eng yomon vaziyat ham nimadir yaxshillik bo’ladi, o’sha tufayli siz yanada aqlliroq, ehtiyotkorroq va tajribali bo’lasiz.

3) Yomonlik kutmang. Agar turmush o’rtog’ingiz ishda ushlanib qolsa, darrov yomon hayolga bormang. Balki uni boshlig’I suhbatga chaqirgandir. Bekorga aytishmaydi, agar yomonlik kutsang, u albatta yuz beradi. Birinchi navbatda, yaxshi narsalar haqida o’ylashni o’rganing. Agar bu qo’lingizdan kelmasa, unda hayollaringizga erk bermang neytral holatda bo’lsin. Na yaxshi o’ylang, na yomonini. Asosiysi yomon narsalar haqida o’ylamaslik. Yomon narsalar haqida o’ylashni cheklashda meditatsiya, relaksatsiya mashqlari, yoki darslari hamda ijodiy ishlar bilan shug’ullanish sizga ko’maklashadi.

4) Mayda chuyda narsalarga hasrat qilmang. Nafaqat do’stlaringiz va yaqinlaringiz, balki duch kelgan tanishingizga ko’z yosh qilib hasrat qilishga o’rganib qolgan bo’lsangiz, bu odatdan iloji boricha tezroq qutiling. Siz albatta yig’loqi yoki noshukur bo’lmasangiz, ammo bu ketishda siz allaqachon yaqinlaringiz xotirasida shunaqa inson bo’lib muhrlanib qolgansiz. Agar shunday odatingiz bo’lsa, yaqinlaringiz “Qaleysan?” desa, butunj dardingizni dasturxon qilishingiz shart emas, uninng o’rniga tabassum bilan “Menda hammasi zo’r, raxmat!” deng.

5) Diqqatingizni ijobiy narsalarga qarating. Xech e’tibor berganmisiz, kim hayotidan tez-tez nolib tursa, unda quvonch va baxt kamayib boraveradi. Siz esa vaziyatni o’zgartiring. Har kunim kechqurun bugun yuz bergan yaxshi voqealar haqida o’ylang.

Siz o’zingizni optimist hisoblaysizmi, yoki pessimist, yoki realist? Qaysi biri? Nimaga?
Manba: Maslahat.uz | Muallif: Zamira Xolbayeva


Категория: Психология     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar