Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.04.2015

Ish Vaqtida Diqqatingizni Jamlay Olmayapsizmi? (Tavsiyalar)

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 020

Ishxona – bu ish maydonchasi, ish vaqtingzidan boshlab siz o’z kompaniyangizga jonbozlik ko’rsatishingiz kerak bo’ladi. Bu ish hoh sizga yoqsin, hoh yoqmasin – bu sizning vazifangiz. Bugun sizning e’tiboringizga ish vaqtida diqqatingizni bir joyga jamlashingizda naf beradigan tavsiyalar berib o’tmoqchimiz. Umid qilamiz, bu tavsiyalar sizlarga foyadi tegadi.

Tavsiyalar:

1) Bir vaqtda faqat bitta ish bilan shug’ullaning. Bir vaqtning o’zida bir necha ishni amalga oshirishdan o’zingizni tiying, sababi bunday qilsangiz ishingizni sifati buziladi va eng asosiysi kutilgan muddatda ishingiz bitira olmaysiz.

2) Ish joyingizni iloji boricha shovqin-surondan holi qiling. Har tarafdan keladigan shovqun-suronlar diqqatingizni jamlashingizda halaqit beradi, shuning uchun ish bilan band bo’lganingizda musiqa eshitmaslikka harakat qiling.

3) Ishni eng qiyin vazifadan boshlamang. Boshqalariga nisbatan osonidan boshlang. Agar bir xil ko’rinishidagi vazifani bajarishingizga to’gri kelsa, vazifalarni tezroq bajarishga harakat qiling, masalan, o’sha vazifani tugatdingizmi, keyingi vazifani 10 daqiqa oldin tugatishga harakat qiling.

4) O’zingizga yoqadigan ish uslubini tanlang. Xona haroratiga, narsalarni joylashuviga e’tibor bering. Fikringizni bir joyga yig’ib, diqqatingizni jamlab, ishingizga kirishing. Huddi ishtaha – ovqat vaqti kelganidek, ishga bo’lgan ishtiyoq ham ish vaqtida keladi. Ishni mehr bilan boshlang, unga bo’lgan ishtiyoq ham o’z o’zidan paydo bo’ladi. Faqat chalg’imasangiz bo’ldi.

5) Dam olishni ham unutmang. Tilingiz osilgudek ishlashdan qoching, ishingiz orasida o’zingizga kichik kichik tanaffuslar qiling va yana ishga kirishing. Shu tarzda ishlasangiz ishingiz unumli bo’ladi.

Xo’sh, siz ish vaqtida diqqatingizni jamlashingiz osonmi yoki qiyin?

Manba: Maslahat.uz | Muallif: Zamira Xolbayeva



Категория: Психология     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar