Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.04.2015

Baxtli Hayot Sari Tavsiyalar!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 3 454

Oldimizda yangi hafta turibdi. Uff ! Bu hafta uni qilishim kerak, buyoqqa borishim kerak, anuvi ishni o’tgan hafta ham qilolmagandim, bu hafta hammasiga ulgura olarmikanman, deb siqilayapsizmi ertalabdan? Aslo siqilmang, yuragingizni keng qiling. Hammasi yaxshi bo'ladi.

Bugun bizni erta tongdan uyg’onganimizning o’zi bir baxt, sog’ salomat ko’zimizni ochib, mehribon oilamiz bilan shirin nonushta qilganimiz va mehribonlarimizni sog’ salomat ko’ra olganimiz esa yana bir baxt. Tez-tez kiyinib, ishga shoshilib ketganimiz ham bir olam baxt, axir dunyoda ishsizlar qancha? Hayot go’zal, undan lazzatlana biling, hammaga shirin so’z bo’ling. Quyida berilgan maslahatlarimiz hayotda yanada baxtli bo’lishingizda va miyangizdagi firklaringizni yomon o’ylardan tozalashingizda as qotishiga ishonamiz. Hozirdan bularni hayotingizda tatdbiq qiling. Demak, baxtli hayot sari olg’a!

Maslahatlar:

1) O’z hayotingizni boshqalarning hayot bilan solishtirmang. Siz ularning ahvoli aslida qanaqa ekanligini bilmiysiz, bunday solishtirish sizga faqat siqilish olib keladi.

2) Yomon narsalarni va fikrlarni hayolingizdan chiqarib tashlang. Buning o’rniga siz ijobiy fikrlarni va yaxshi narsalarni o’ylang, yaxshi energiyalarni yig’ing.

3) Hamma narsaga yaxshi tomon bilan yondoshing, yomon firklamaslikka harakat qiling.

4) O’zingizni hadeb tanqid qilavermang, o’zingizni tez tez maqtab turing.

5) O’zingizni bebaho energiyalaringizni arzimas g’iybatga va ko’z yoshga sarflamang.

6) Tetikligingizda ko’p narsalarni niyat qiling va ularni hayotda amalga oshirishga intiling.

7) Xasad qilish – vaqtni bekorga ketkizishdir. Vaqtingizni xasadg ketkazguncha faqat va faqat o’z maqsadlaringiz sari harakat qiling.

8) O’tmishdagi muammo va hafagarchiliklarni unuting. Suyukli insoningizga o’tmishdagi xato va kamchilklarini yuziga solib hozirgi shirin baxtingizni buzmang.

9) Birovlarni yomon ko’rmang, usiz ham hayot juda qisqa.

10) Sizning baxtingiz uchun o’zingizdan bo’lak xech kim javobgar emas.

11) Yodingizda tursin, hayot bu maktab – siz bu maktabda uni tushunib yetish uchun yashaysiz. Muammolar esa bu maktabning qiyin darsliklaridan biridir. Ammo bu qiyin dars sizning hayolingizdabir umr muhirlanib qoladi.

12) Siz har galgi bahsda yutishingiz shart emas.

13) O’zingiz uchun foydali, quvontiradigan va chiroyli ishlarni qilishga intiling.

14) Vaziyat yaxshimi yoki yomonmi u baribir o’zgaradi.

15) Hamma yaxshi narsalar hali oldinda

16) Ichingizda hayotingizni qaysi bir qismidan siz mamnunsiz, o’shandan baxtlisiz. Shunday ekan, hayotdan zavq olib yashang. Yayrang!

 

Manba: Maslahat.uz | Muallif: Zamira Xolbayeva



Категория: Психология     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar