Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.01.2015

Quvvat zaxirasini to‘ldirish sirlari

Автор: BEK Комментариев: 1            Просмотров: 5 091

Qahva yoki choysiz ham tetiklashish mumkin. Buning siri oddiy.

Ish, ingliz tili va boshqa xil kurslar, ko‘plab odamlar bilan doimiy muloqot — bularning bari bizni bezovta qilib qo‘yib, quvvatimizni so‘rib oladi. Quvvat zaxirasini esa doim to‘ldirib turish kerak, aks holda, kechga borib suvi siqilgan limondan ham battarroq ahvolga tushib qolamiz.

Tetiklashishimiz kerak bo‘lganda, ko‘pincha kofeinga suyanamiz. Biroq bir necha finjon qahva yoki choy bilan birga bosh og‘rig‘i, qon bosimi, kayfiyat o‘zgarishi bilan bog‘liq va yana boshqa muammolarga ega bo‘lishimiz mumkin. Shuning uchun qahvani hadeb ichaverish kerak emas. Tetiklashtiruvchi boshqa usullar etarli.

Oqsilga boy sneklar

Доим уйқусирайсизми? Кун давомида оқсилга бой снек еб туриш керак. Масалан, ерёнғоқ мойи ва олманинг бир палласини, творог ва нон, бодом ёки қуруқ мева енг. 

Жуда тез тетиклашишингиз керак бўлса, протеинли коктейль ёрдам беради. Уни фитнес-клубда топса бўлади.

V vitamini ko‘proq bo‘lsin

V vitamini etishmayotgani alomatlari: kayfiyatning tez o‘zgarishi, diqqatni yaxshi jamlay olmaslik, bezovtalik, tushkunlik. Agar doim charchoqni his qilsangiz, qimmatli vitamin zaxirasini to‘ldirish lozim. V vitaminiga boy mahsulotlar (dukkaklilar, baliq, yong‘oq, tuxum) ko‘p yoki vitaminlar iste’mol qilish mumkin. Vitaminlarni ertalab ovqat paytida ichgan ma’qul. Darvoqe, hamma vitaminlar taomda yog‘ miqdori etarli bo‘lganda yaxshi singadi.

Yengil mashqlar

Charchaganda ortiqcha qimirlagingiz kelmaydi. Biroq qadimdan ma’lumki, engil mashqlar sizga kunning qolgan qismi uchun quvvat bag‘ishlaydi. Bir soat yugurish yo‘lakchada terga botishning keragi yo‘q, mavze atrofida ozgina yugurib kelish kifoya. Zerikasizmi? Unda quloqchindagi yaxshi musiqa yordam beradi. Agar uy yoki ofisdan umuman chiqqingiz kelmasa, 25 marta o‘tirib turing.

Sovuq dush

Issiq dush tinchlantirib, bo‘shashtiradi. Ammo maqsadingiz tetiklashish bo‘lsa, suv sal sovuqroq bo‘lgani yaxshi. Sovuq suv organizmda qon aylanishini tezlashtiradi. Avval issiq dush qabul qilib, keyin 5 daqiqa ustingizdan sovuq suv quyishingiz mumkin. Agar sovuq yuvinish degan gapning o‘zidan junjikayotgan bo‘lsangiz, hech bo‘lmaganda, yuzingizni 1-2 marta muzdek suvda yuving.

Kamroq, lekin tez-tez eng

Ovqatlanish tartibini o‘zgartirish tetiklik darajasini ancha o‘zgartirishi mumkin. Agar kamroq, lekin tez-tez esangiz, bir me’yordagi kaloriyaga ega bo‘lasiz. Hazmi og‘ir ovqat mudroqni chaqiradi, kam-kamdan eyish esa sizni sof quvvat bilan ta’minlaydi. Shirin ichimliklardan, ayniqsa, kofeinlilarni ichmaslikka harakat qiling. Avval obdan tetiklashib, keyin lanj bo‘lib qolasiz. 

Uyquga 20 daqiqa ertaroq yotishga harakat qiling

Ko‘pchilik zarur ishlarini kechga olib qo‘yishni odat qilgan. Natijada uyquga tobora kechroq yotadigan bo‘lib qolasiz. 4 soat uxlash sog‘lom organizmga kamlik qiladi. Siz kun davomida horg‘in va asabiy bo‘lib qolasiz. Vaziyatni o‘zgartirishiga, birinchidan, zarur ishlaringizni kunduzi bitirishga, ikkinchidan, har kuni 20-30 daqiqa ertaroq uyquga yotishga harakat qiling. Bir necha kundan so‘ng vaqtida uxlash tartibiga qaytasiz. 

Sayr qiling

Ochiq havodagi sayr organizmga engil mashqlardek ta’sir ko‘rsatadi. Qishda sayr qilganda, muzdek havodan tetiklashing. Zerikib qolaman deb o‘ylayapsizmi? Fotoapparatni olib, bir nechta chiroyli kadrni suratga oling. Darrov avtobusga chiqmasdan bir bekat piyoda yurish mumkin. Sayr miyangizni dam oldirishga, ish kuni davomida to‘plangan charchoqni chiqarishga yordam beradi. Shuning uchun keyingi gal tanaffus kerakligini his qilganingizda, sayrga chiqing! 

Uqalash yoki refleksoterapiya

Refleksoterapiya — ichki a’zolar va tana qismlari bilan bog‘liq qo‘l va oyoqlardagi ma’lum nuqtalarga ta’sir ko‘rsatish. Masalan, bosh barmoqning yuqori qismi gipofiz bilan bog‘langan. Umumiy uqalash sizni tetiklashtiradi, lekin refleksoterapiya yanada samarali ta’sir ko‘rsatadi — kerakli a’zolarni faolroq ishlashga majbur qiladi. Tanaffus paytida qo‘l va tovoningizni mustaqil uqalang (agar imkon bo‘lsa). Shu tariqa hamma a’zolar ishini tezlashtirib, o‘zingizga tetiklik bag‘ishlaysiz.

Suhbatlashing

Birov bilan gaplashing. Hatto chat yoki telefonda gaplashsangiz ham bo‘ladi. Boshqa mavzularda bir necha daqiqa suhbatlashish e’tiborlilik va samaradorlikni oshiradi. Hamkasblaringiz juda bandmi? Ammo onangiz so‘nggi oilaviy yangiliklarni siz bilan muhokama qilishga yo‘q demasa kerak.

Meditatsiya

Miyamiz — nihoyatda kuchli asbob. Istaklarimizni tasavvur qilib, amalga oshirishimiz mumkin. Keyingi safar o‘zingizni kuchsiz his qilganingizda, stulga o‘tirib, qaddingizni tik tuting, qo‘llaringizni tizzalaringizga qo‘ying. Ko‘zlaringizni yumib, kayfiyatingiz yaxshiligini, tetikligingizni tasavvur qiling. Erkin va chuqur nafas oling, belingizni bukmang. Bir nechta shunday mashqdan keyin meditatsiya qilishni va bir necha daqiqa ichida o‘zingizni “hayotga qaytarish”ni o‘rganib olasiz.

 

Xabarni tayorlashda xabardor.uz saytidan foydalanildi.



Категория: Психология     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Комментарии пользователей

Har hil bachkana reklamalarni urniga shunaqa foydali maslahatlar saytlari internet sahifalaridan uz urnini topsa insonlar hayoti uchun katta ahamiyatga iga bulgan muhim bir yunalish bulardi .


Добавить комментарий

avatar