Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.01.2015

O‘zimizni aldaydigan 7 bahona

Автор: BEK Комментариев: 1            Просмотров: 3 740

Qat’iyatsizlik va harakatsizlikning sababi ongimizning tubida joylashgan, bizni dangasalikka undaydigan soxta ishonchdir.

Ba’zida har qanday insonning ham biror ishga qo‘l urgisi kelmay qoladi. Ammo ayrimlar buni engib o‘tsalar, ayrimlar qotgan joyida qotib turaveradilar. Bizni harakatsiz qilib qo‘yadigan bu bahonalar aytib o‘tganimizdek, ongimizda joylashgan.

“Men unday emasman”

“Nega u muvaffaqiyatga erishdi, men bo‘lsam erisha olmadim? Chunki men unday emasman. U judayam aqlli, chaqqon, boy, men bo‘lsam...” 

Ha, biz hammamiz har xilmiz. Har kimning o‘ziga yarasha qobiliyati, o‘ziga yarasha imkoniyati bo‘ladi. Lekin bu kimlargadir barcha imkoniyatlar berilgan, ayrimlar esa bundan mosuvo degani emas. Biz o‘zimizni yuqori marralarga erishgan insonlar bilan solishtirishni yoqtiramiz, biroq ular ham faoliyatining boshida bizdan-da chorasizroq bo‘lishganini e’tibordan qochiramiz. Shuning uchun boshqacharoq fikr yuritish to‘g‘riroq bo‘ladi:

“U erisha oldimi, mening ham qo‘limdan keladi”.

“O‘zimni qiynab nima qilaman, shusiz ham hammasi yaxshi ketyapti-ku. Boridan ham ajralib qolmay tag‘in”.

Ayni paytda sizning hamma ishlaringiz yaxshiligi va baxtli ekanligingiz tahsinga loyiq. Ammo kelajak haqida nima deya olasiz? Hech narsa abadiy emas va istaysizmi-yo‘qmi, baribir o‘zgarishlar siz tomon yuz buradi. Siz bu o‘zgarishlarga tayyor bo‘lishingiz lozim. Buning uchun esa doimo izlanish va harakatda bo‘lish darkor.

“Keyinroq qilsam ham bo‘ladi”

“Hozir vaqtim yo‘q. Bolalar, ishlar, yugur-yugurlar. Vaqt topishim bilan bu ishga kirishaman”.

Ishni ortga surish ishni boshlashga imkon bermaydi. Bu juda sokinlik bilan, xuddi bo‘g‘ma ilon qurbonini bo‘g‘ayotgandek yuz beradi. “Bugun” “ertaga”ga aylanadi, keyin “yangi yildan”ga, undan keyin esa “hech qachon”ga aylanadi.

Boshlaydigan ishingizni o‘ldirishga shay turgan bu bo‘g‘ma ilonni doimo yodda tuting. Uni engish juda oson va buning uchun o‘zingizga doimo quyidagi savolni bering:

“Nima uchun bu ishni bugun qilmasligim kerak?”

“Qanday qilishni bilmayman”

“Qilolgan bo‘lardim, o‘rgangan bo‘lardim, uddalardim. Lekin buni qanday qilishni bilmayman. Menga yordam beradigan odam yo‘q, o‘zimning esa qo‘limdan kelmaydi”.

Bu so‘zlarni o‘tgan asrda aytsak yarashardi. Haqiqatan, biror ishda muvaffaqiyatga erishish uchun uni o‘rganish kerak. Lekin hozir internetda istagan ma’lumotingizni topishingiz mumkin. Shunday ekan, bu bahona o‘tmaydi. Izlaning, intiling.

“Bu unchalik muhimmas”

“Umuman olganda, menga baribir. Bu men uchun unchalik katta ahamiyatga ega emas”.

Bu juda katta va xavfli bahona. Faqat sizning hayotingiz va uni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan voqea va harakatlar muhim ahamiyatga ega. Siz uchun hech kim hech narsa qilib bermaydi, agarda o‘zingiz qo‘l siltab qo‘ygan bo‘lsangiz, hech kim sizga yordamlashmaydi. Shamol faqat keng yoyilgan elkangagina uriladi.

“Qo‘rqaman”

“Eplolmasam nima bo‘ladi? Sharmanda bo‘laman. Hamma ustimdan kuladi. Yo‘q, qo‘rqaman”.

Har bir muvaffaqiyat zamirida omadsizliklar yotadi. Mashhur ishbilarmonlar, ijodkorlar, olimlar shunday xatolarga yo‘l qo‘yishganki, ularning o‘rnida boshqa odam bo‘lganida o‘zini otib tashlagan bo‘lardi. Ammo ular bu xatolardan qo‘rqmaganlar va mashhurlik darajasiga etishishgan. Shuning uchun qo‘rquvni yig‘ishtirib, quyidagicha fikrlash kerak:

“Agar bunga urinib ko‘rmasam, unda ustimdan kulishadi. Qo‘rquvni enga olaman”.

“O‘zgarishlarni yoqtirmayman”

“Menga bunaqa yangiliklarning keragi yo‘q. Men eskicha uslub tarafdoriman”. 

Yangilikka intiluvchan va yangilikni yoqtirmaydigan insonlar bo‘ladi. Hammaning o‘z fikri bor.

Biroq eskilik qobig‘iga o‘ralib olishdan oldin bir mushohada qilib ko‘ring, hozirgi imkoniyatlarga ham aynan yangilik orqali erishmaganmisiz. Hayotida o‘zgarishlarni amalga oshirishga qodir insongina muvaffaqiyatga erisha oladi.

 

Xabarni tayorlashda xabardor.uz saytidan foydalanildi.



Категория: Психология     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Комментарии пользователей

яхши.булади.


Добавить комментарий

avatar