Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.01.2015

Hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartirib yuborish uchun 9 qoida

Автор: BEK Комментариев: 1            Просмотров: 6 087

1. Vaqtli turish

Omadli insonlar doim vaqtli turishadi. Bunda qandaydir bir hikmat yashirin. Chunki bu paytda barchasi yangidan boshlanayotgan bo‘ladi. Borliq ko‘z ochib, yangi kunga tayyorgarlik ko‘radi. Har kuni soat beshda kunni qarshi olgan insonlarning fikricha, ular bu ishni to‘g‘ri qilishgan. Siz ham barvaqt turishga odatlaning. Bu sizga faqat va faqat muvaffaqiyat olib keladi!

2. Mutolaa

Qimmatli vaqtingizni televizor yoki kompyuter qarshisida bemaqsad o‘tkazsangiz, juda ko‘p narsalarni boy berib qo‘yasiz. Undan ko‘ra qo‘lingizga kitob oling. Shunda hayot sinovlari qarshisida o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymaysiz. Mutolaadan olgan taassurotlar ruhingizga quvvat bag‘ishlab turadi. Mark Tvenning shunday so‘zlari bor: “O‘qishni bila turib kitob o‘qimagan inson, savodsiz inson bilan bir xildir”.

3. Osonlashtirish

Hayotingizni osonlashtirishga odatlaning. Keraksiz maqsadlar, o‘y-xayollar, orzular bilan band bo‘lmang. O‘zingizga zarurlari uchun vaqt ajrating. Ana shunda engil tortasiz. Sizni bosib turgan ko‘rinmas yuk birdan g‘oyib bo‘ladi. Necha davrlardan buyon o‘zgarmay kelayotgan bir haqiqat bor — hayotga qanchalik teran ko‘z bilan qarasangiz, undagi go‘zallikni shunchalik his eta bilasiz.

4. Sekinlashtirish

Doimiy ola-tasirda hayotdan zavq ola olmaysiz. Uni qil, buni bajar, bunga ulgur... Shoshmang. Tinch joyga o‘tib, o‘zingizni erkin qo‘ying. Qayoqqa shoshayapsiz? Bu bilan nimaga erishasiz? Axir ko‘p narsalarni qo‘ldan boy berib qo‘ymoqdasiz-ku!? Buning uchun e’tiboringizni kerakli narsaga qarating va mehr bilan, shoshmasdan o‘sha tomon harakat qiling. Masalan vaqtli turishga o‘rganmoqchisiz. Lekin siz buni ishlaringiz ko‘pligi sabab tungi ikkida uxlab, tonggi soat beshda turish bilan uddalay olmaysiz. O‘zingizni yuksaklikda his eting. Barchasiga aniq maqsad va xotirjamlik bilan erishing.

5. Mashqlar

Jismoniy mashqlar inson tanasi va ruhiyati uchun judayam kerakli vosita hisoblanadi. Uningsiz biror-bir maqsadga erishish qiyin. Har kuni ma’lum bir vaqtda jismoniy mashqlar bajarishni odat qiling. Chunki sog‘lig‘ingiz, avvalo, o‘zingizga kerak. Nosog‘lom kishi na jamiyat uchun, na oila uchun va na yaqinlar uchun yoqimli. Shu boisdan sportni o‘zingizga oshno deb biling.

6. Yon atrofdagilar

Muvaffaqiyat kaliti aksar holatda yon-atrfodagilar qo‘lida bo‘ladi. Ularni shakllantirish esa sizning o‘zingizga bog‘liq. Chunki, qoqilganingizda suyaydigan, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata biladigan yoki aksincha sizni botqoqqa yanada chuqurroq kirgizib yuboradiganlar ham ana shu yon-atrofingizdagilardir. Shu bois ularni to‘g‘ri shakllantirishga odatlaning. Faqat buni hovliqmay, chuqur mulohaza yuritib amalga oshirishingiz kerak.

7. Shukronalik

Bu odat mo‘’jiza yaratishga qodir. Qo‘lingizda nima bo‘lsa, shuning uchun shukrona ayting va bundan ham yaxshisiga umid qiling. Bir maqsad qo‘yishdan oldin, imkoniyatlaringizni chamalang. Shukrona qilish, doimiy quvonch og‘ushida yurish deganidir. Uxlashdan oldin oppoq qog‘ozga bugungi kuningizdan rozi bo‘lishizga arzirli biror-bir narsa haqida yozing va buning uchun shukr ayting.

8. Sabr

Uolt Disney o‘z Disneylendini moliyaviy ta’minlashni so‘rab, oz emas ko‘p emas 303 ta bankka murojaat etgan va oxir-oqibat bunga erishgan. Stiv Makkerri o‘zining “The Afgan Girl” suratini olish uchun 35 yil mobaynida milliondan ortiq surat tushirgan. Keyinchalik, dunyo hamjamiyati uning bu asarini da Vinchining mashhur «Mona Liza»si bilan tenglashtirgan. 134 nashriyot J. Kenfild va Mark V. Xansenning «Ruhiyat uchun tovuq sho‘rva» kitobini chop etishga rozi bo‘lmagan. Ammo keyinchalik bu kitob mega-bestseller darajasiga chiqqan. Edison esa elektr lampochkasini kashf etish uchun 10 ming marta uringan. Oddiy haqiqat, sabrli bo‘ling va harakatda davom eting.

9. Harakat

Harakatdan to‘xtash, yashashdan to‘xtash demakdir. Harakatingizni aniq maqsad sari yo‘naltiring. Ortiqcha harakat qimmatli vaqtingizni zoe sarflashga olib keladi. Siz ter to‘kkansiz, yugurib elgansiz, ammo hech narsani qo‘lga kirita olmagansiz. Ortingizda zoe ketgan umr yo‘li turibdi. Bunday bo‘lmasligi uchun o‘rganganlaringizni hayotga tatbiq eting va doimiy harakatda bo‘ling.

 

Xabarni tayorlashda xabardor.uz saytidan foydalanildi.



Категория: Психология     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Комментарии пользователей

Iroda haqidagi barcha gaplar faktlarga asoslangan! Bu har bir kishi uchun juda foydali bo'lgan maslahat va ko'rsatmalar berilgan!.


Добавить комментарий

avatar