Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.04.2015

Uzumning shifobaxsh xususiyatlari haqida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 3 089
Uzumning shifobaxsh xususiyatlari haqidaUzumning shifobaxsh xususiyatlari haqida eshitmagan odamning o‘zi bo‘lmasa kerak. Ammo uning bu xususiyati siz o‘ylagandan ancha kengroq bo‘lib, ular haqida aytib o‘tishni ma’qul ko‘rdik. Shunday qilib...

Uzum mevasida radioprotektorli, nurga qarshi, bakteritsid, antioksidant, neyrorag‘batlantiruvchi, tonusni ko‘taruvchi va boshqa funktsional xususiyatlarga ega kamida 300 ta birikma mavjud. Sizga tanish bo‘lgan bioflavanoidlar, monosaxaridlar, pektin moddalari va organik kislotalardan tashqari, uzum tarkibini C, A, B1, B2, B5, B6, B9, E, PP, P vitaminlari, natriy, kalsiy, fosfor, magniy, kaliy, marganets, temir, rux, mis va boshqa ko‘plab moddalardan tashkil topgan haqiqiy “kokteyl” deyish mumkin.

Uzum bilan davolash ampeloterapiya deb nomlanadi. Uzum organizmdagi moddalar almashinuvini yaxshilaydi, siydik haydovchi, yumshoq ich suruvchi va ter haydovchi xususiyatga ega. U nafas olish yo‘llaridagi shilimshiq moddaning ajralib tushishini rag‘batlantiradi va balg‘amni tupurib tashlashni yengillashtiradi. Shu bois uzumni laringit, faringit, traxeit, bronxit, bronxial astma, plevritlarda iste’mol qilish juda foydali

Yurak uchun foydasi

Yuqorida aytib o‘tganimizday, uzumdagi bioflavanoidlarning foydali ta’sirining chegarasi yo‘q. Birinchidan, qizil uzumda ajoyib rezveratol bioflavonoidi mavjud. U qonda "yaxshi" xolesterin, ya’ni yuqori zichlikdagi lipoproteinlar miqdorini oshiradi va triglitseridlar, hammaga xolesterin nomi ostida ma’lum bo‘lgan past zichlikdagi "yomon" lipoproteinlar miqdorini 50% ga kamaytiradi. Demak, uzumni yoqtiradigan kishilarda aterosklerozga chap berib, keksaygan paytida ham yaxshi xotirani saqlab qolish imkoni bor.

Bepushtlikda yordam beradi !!!

Hind olimlari uzum erkaklar bepushtligida yordam berishini ta’kidlashmoqda. Ular bu borada tajriba o‘tkazib, bir guruh erkaklarda tabiiy antioksidant hisoblangan likopenning shifobaxsh xususiyatini sinab ko‘rishadi. Olimlar ushbu antioksidantning himoya ta’siri reproduktiv tizim faoliyatidagi buzilishlarda ham o‘zini namoyon etadi, deb taxmin qilishadi. Tajriba davomida 30 nafar ko‘ngilli uch oy mobaynida kuniga ikki marta ikki milligrammdan likopen moddasini qabul qilishadi. Ma’lum bo‘lishicha, bir kurs eksperimental davolashdan keyin ularning 20 tasida spermatozoidlar soni oshgan, to‘rtta holatdan uchtasida ularning faolligi kuchaygan, 63% holatda esa, hujayralar shaklining ko‘rsatkichlari yaxshilangan. Bundan tashqari, oltita holatda oldin bepusht deb tan olingan erkak farzandli bo‘lgan.

Tadqiqotchilar, likopen haqiqatan ham kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan bepushtlikni davolay olishiga ishonchlari komil.


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar