Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.05.2015

Soch tukilishi sabablari, davolash va oldini olish yullari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 4 234
Soch to‘kilishi ko’pchilik erkaklarning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 95 foizdan ko‘proq holatda sochlarning to‘kilib, tepakal bo’lishga androgenetik alopetsya (irsiy soch tushishi) sabab bo‘ladi.

Har bir kishida kunida 50-100 dona soch tolasining to‘kilishi oddiy hol hisoblanadi. Odatda soch tolalari 3-7 yil yashaydi. 90 foizi faol o‘sishni davom ettirsa, 10 foizi o‘smasdan “sukut” saqlab turadi. Bu “sukunat” soch tushganidan keyin 2-6 oygacha davom etishi mumkin. Yosh o’tishi bilan soch siyraklashib boradi. Ba’zi hollarda tushgan soch qaytadan o‘sib chiqmasligi ham mumkin.

Sochlarning me’yordan ortiq to‘kilishiga quyidagi omillar sabab bo‘lishi mumkin:

  • Keksayish;
  • Soch to’kilishining nasldan naslga meros bo‘lib o‘tish;
  • Boshdagi jarohatlar;
  • Bosh terisining shikastlanishi;
  • Noto‘g‘ri ovqatlanish;
  • Noto‘g‘ri soch turmagi( mahkam siqilgan kokil va soch o‘rami).

Shuningdek, quyidagi kasalliklar ham soch to‘kilishiga olib kelishi mumkin:
  • Qalqonsimon bez kasalliklari;
  • Infeksiyalar, jarrohlik operatsiyalari, kuchli issiqlik;
  • Dermatomikoz, temiratki, teri saratoni;
  • Gormonal me’yorning buzilishi;
  • Zamburug‘li va bakteriali infeksiyalar, autoimmun kasalliklar;
  • Ayrim dori vositalari (qon bosimi, antikoagulyantlar, antidepressantlar, artrit va podagraga qarshi preparatlar),
  • Radiatsiya va kimyoviy terapiya (saratonga qarshi kimyoviy davolanishda 90 foiz bemorlarda soch to‘kilishi kuzatiladi);
  • Stress: jismoniy, emotsional, ruhiy-asabiy.

Yuqoridagi muammolarning ba’zilari bartaraf etilishi mumkin, va muammo hal bo’lgandan keyin soch tolalari qayta o‘sib chiqaveradi.

Soch to‘kilishi biror jiddiy kasallik alomati degan havotir bo’lgan taqdirda, shifokor ko‘rigidan o‘tish, jumladan, shifokor-trixolog bilan maslahatlashish darkor.

Shifokorlar genetik tahlillar asosida soch to‘kilishining sabablari va sizning qaysi guruhga mansub ekaningizni aniqlab, zarur choralarni belgilaydi. Agarda soch to‘kilishi irsiyat yoki keksalik bilan bog‘liq bo‘lsa, unga barham berish mushkul.

Soch tolalarining me’yoridan ortiq to‘kilishiga barham berish uchun ularni kamroq bo‘yang, boshni yuvgandan so‘ng imkon qadar fen bilan quritmang.

Manba: Shifo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar