Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

07.01.2017

Yuqori martabaga erishishning 18 usuli

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 75
Yuqori martabaga erishishning 18 usuli

Muvaffaqiyat va e`tirofga erishish uchun mehnatsevarlikning o`zi kamlik qiladi. Ba`zan aqldan ko`ra ko`proq farosatga ehtiyoj seziladi.

1. O`zligingizni saqlab qoling. Hayot oqimi qaysi bir jamoa bilan to`qnash keltirmasin, darhol “o`ziga xos” bo`lishga urinmang. Dastlabki paytlarda siz fe`lingizni emas, puxta mutaxassis ekaningizni ko`rsatishingiz muhim. Biroq o`zligingizni yo`qotib, oqim ichida ko`rinmay ham ketmang. Agar zarurat paydo bo`lsa, keyinroq, xulq, fe`l-atvoringizni to`g`rilab olasiz.

2. Yo`lboshchi (peshqadam) nuqtai-nazari. Aniq natijalarga erishish uchun astoydil harakat qiling. Sportdagi kabi ishda ham urinish, harakatlar emas, natijalar qadrlanadi.

3. Guruh odami. Ishxona (kompaniya) qiziqishlarini birinchi o`ringa qo`ying. Sizni foyda keltirishingiz uchun ishga qabul qilishgan. Har holda shaxsiy xoxish-istaklaringiz rahbariyatni kamdan-kam hollarda qiziqtirishi aniq. Mehnat shartnomasida keltirilgan shartlar, qonun-qoidalar amalda bajarilar ekan, bu me`yoriy holat hisoblanadi.

4. Jamoa qalbi. Yaxshi kayfiyatingizni jamoadoshlar bilan ham baham ko`ring. Bu ishdagi ko`pgina muammolarni hal qilishda qo`l keladi. Nima deyishlaridan qat`iy nazar, atrofdagilar birinchi navbatda sizning insoniy fazilatlaringizga e`tibor berishadi va faqat keyingina sizga mutaxassis sifatida, o`z ishining ustasi sifatida baho berishadi.

5. Stol ustidagi saranjomlik. Ish stoli ustida “ijodiy tartibsizlik” va qog`ozlar uyumi bo`lmagani yaxshi. Qo`l ostida faqat eng kerakli anjomlar bo`lsin. Shaxsiy rasmlar, esdalik sovg`alarini stol ichiga yashirgan ma`qul. Eshikdan kirgan kishining nazari tushishi bilan ko`z quvonishi uchun esa stol ustiga gultuvakli gullardan keltirib qo`ying.

6. O`zini ko`z-ko`z qilish. O`zingizni omadi chopgan, o`ziga ishongan inson sifatida tuting va vaqt o`tishi bilan albatta aynan shunday insonga aylanasiz. Qomatni tik tutish, xulq-atvor, muomala va boshqa tashqi omillar faqat atrofdagilar uchungina ahamiyatli emas. Bu o`zingizga xolis baho berishga (qadringizni bilishga) o`rgatadi.

7. Maslahatsiz osh pishmaydi. Mutaxassislardan maslahatlar olib turing. O`zingizning rasmiy qonun-qoidalarga asoslanmagan “ekspertlar guruhi”ngizni tuzing va zarurat bo`lib qolganda ularning fikriga quloq tuting. Kerakli tajriba va malakaga ega bo`lganingizda, murojaat qilib yordam so`raganlarning iltimosini rad etmang. Hech bo`lmaganda ruhan qo`llab turishga tayyor bo`ling.

8. Murosa qiling. Imkon boricha o`zgalar yon berishini kutmay, o`zaro kelishuvga rozi bo`ling. Agar siz bilan jamoadoshingiz o`rtasida jiddiy ziddiyat bo`lsa, u holda munozarada vaqt va obro`-e`tiborni yo`qotgandan ko`ra ikki tomonlama murosaga asoslangan o`zaro kelishuv manfaatliroqdir.

9. Yaxshilash va yaxshilanishga intiling. Ishning samaraliroq bo`lishi bo`yicha fikrlar, g`oyalar aytib turing. Bu haqda sizdan iltimos qilishlarini kutib o`tirmang. Lekin chegaradan ham chiqmang. Ish faoliyatingiz sohasidan tashqari nimanidir o`zgartirishga intilib, vaqtni bekorga o`tkazasiz va «aqllilik qilib» o`zingizga dushman orttirasiz.

10. Hammasi o`z vaqtida. Muhim loyihalar natijalari bo`yicha sizga baho beriladigan bir paytda  vazifani bekamu ko`st bajarish sharti blan ozgina kechikish mumkin. Kechiktirilgan muddat bir necha kundan so`ng hammaning esidan chiqib ketadi. Ammo hamma ishni o`z vaqtida bajarsangiz, sizni mas`ul xodim sifatida qabul qiladigan bo`lishadi.

11. Shaxsiyatdan yiroqda. Anchagina yuqori martabadagi rahbarlar bilan o`zingizning bevosita boshlig`ingiz to`g`risidagi “ochiq-oydin” muloqotlardan qochishga harakat qiling. Agar sizdan ish haqidagi fikr-mulohazalar so`ralsa – bu boshqa gap, xushmuomalalik, xayrixohlik bilan gapiring.

12. Ishdagi tanaffus. Ish vaqtingizning 20 foizini kundalik ikir-chikirlardan ozod eting. Ushbu vaqtda ma`lumotni o`rganish va rejalashtirish bilan, nimani yaxshilash mumkinligini mulohaza va muhokama qilish bilan shug`ullaning. Dam olishsiz ishlagandan ko`ra vaqtning qolgan 80 foizida ko`proq samarli natijaga olib boradi.

13. Aniq bo`ling. Og`zaki muloqotlar va hujjatlarni tuzish paytida imkon doirasida aniq va lo`nda bo`lishga harakat qiling. Hamkasblar va rahbariyat buni albatta hisobga olishadi.

14. Asoslilik. Haqiqatdan ham yaxshi tushuniladigan narsalar haqida gapiring va qaror chiqaring (qaroringiz asosli bo`lsin). Istalgan mavzu borasida o`z fikrini bildirmoqchi bo`lgan odam ko`pincha noqulay ahvolga tushadi. U betgachopar hamda mahmadona sifatida esda qolishi mumkin. Bu kabi “bilimdon”larga hamma ishonchsizlik bilan qaraydi.

15. “Fanatizm”siz. Ish – hayotimizning muhim qismi, lekin undagi yagona mavjud bo`lgan narsa emas. Havas qilarli martabaga erishgan insonlarga qarang: ularning oilasi, do`stlari, qiziqishlari bor. Hech bir taklifga rad javobini berolmaydigan “ishchan otchalar” esa ko`p hollarda shaxsiy hayotga ega emaslar. Bundan tashqari ular martaba pillapoyalarinig eng pastki zinalarida qolib ketadilar.

16. Hasad qilmang. Ishingizni to`g`ri baholamasdan o`rningizga sizdan ko`ra ancha iste`dodsiz va tirishqoq bo`lmaganlarni o`tkazishdi deb o`ylayapsizmi? Haqiqatdan shunday bo`lishi ham mumkin. Ammo yaxshisi, omadlilarga hasad qilish emas, balki ulardan ham nimanidir o`rganib olish mumkinligi haqida o`ylab ko`rish kerak. Vaziyatga shu kabi nuqtai nazar bilan qarash o`zingiz uchun ko`proq foyda keltirishi shubhasiz.

17. Oqilona yondashish. Mansab pillapoyalaridan ko`tarilish mavzusi yoritilgan maqola va kitoblarni qat`iy amal qiladigan va yod olish zarur bo`lgan qo`llanma (yo`l-yo`riq) sifatida emas, balki xususiy xulosalar chiqarish uchun kerak bo`ladigan ma`naviy ozuqa sifatida qabul qiling.

18. Do`stona, samimiy bo`lib, atrofingizda o`zingizga dushman orttirmay, sizga xayrixohlar insonlarni yig`ing. Shunga loyiq bo`lsalar ham hamkasblarni tanqid qilishga qiziqib, berilib ketmang. Yaxshisi, diqqatingizni siz bilan yonma-yon ishlovchilarning ijobiy fazilatlariga jamlanganingiz ma`qul.

 

Nima uchun sizni mansab pillapoyalaridan yuqoriga ko`tarishmayapti?

Javobgarlikdan qo`rqasiz

Siz doimo lavozimingizga oid majburiyatlarni yaxshi bajarasiz, ammo eng muhim vaqtda ham mustaqil qarorlar qabul qilishga qo`rqasiz.

Teng yo`q xodimsiz!

O`z ishingizni shu darajada qoyilmaqom qilib bajarasizki, rahbariyat o`rningizda boshqa biror-bir kimsani tasavvur etolmaydi. Vaziyat shunday ekan, idoradagi ko`tarilish imkoniyatingiz bor-yo`qligi haqida ochiq-oydin so`rab olishning ayni vaqti. Agar siz qimmatli, qadrli xodim bo`lsangiz, xizmat pillapoyalaridan ko`tarilishingiz tabiiy.

Haddan tashqari tortinchoq

Lavozimingiz ko`tarilishini istaysizmi? Yo`lboshchilik fazilatlariga ega ekanligingizni namoyish eting. Sizni payqab qolishlari va yetarlicha baho berishlari uchun tashabbus ko`rsatib, biror-bir loyihaga boshchilik qiling.

manba: Darakchi.uz



Категория: Советы     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий