Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.11.2016

Byudjetni qanday yuritish kerak?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 58
Byudjetni qanday yuritish kerak?

Agar moddiy vositalar to‘g‘ri boshqarilsa, ularni sizga qarshi emas, aksincha foydangizga ishlaydigan vositaga aylantirish mumkin. Mana sizga har qanday yoshda mablag‘ni qanday boshqarish bo‘yicha bir qancha maslahatlar.

1.20 yoshdan 30 yoshgacha
O‘z moliyaviy holatingizni tahlildan o‘tkazing. O‘zingizdagi borini (bankdagi hisobdan boshlab avtomobil va boshqalarni) va boshqa qarzlarni kiriting. O‘z kredit reytingizni bilishingizga ishonch hosil qiling, garchi kredit holatingiz u qadar katta bo‘lmasa ham uni nazorat qilib turish kerak.
Maosh asosidagi byudjetni tashkil eting. Buning uchun uni uchta darajaga bo‘ling: zaruriy xarajatlar, jamg‘arma va o‘yin-kulgi. Bundan avval mablag‘ni eng zarurlariga yo‘naltiring: ijara to‘lovi, kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, transport va qarzlar to‘lovi.
So‘ngra bir qancha miqdordagi mablag‘ni muhim bo‘lmagan va jamg‘armaga ajrating. Zahiradagi jamg‘armani yaratish birinchi o‘rinda turish kerak. uning hajmi hayotiy vaziyat bahosidan kelib chiqib belgilanadi (qanchalik ishonchli va istiqbolli ish ekanligi, unga qo‘shimcha tibbiy sug‘urta takli qilinadimi, xodimlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi bormi).
Zaruriy xarajatlardan va pulni jamg‘arishdan qolganini o‘yin-kulgiga sarflash mumkin. O‘z byudjetingizni vaqti-vaqti bilan ko‘rib chiqing, sababi vaqt o‘tishi bilan moliyaviy holat albatta o‘zgaradi.
Nodavlat pensiya fondiga o‘ting. Davlat pensiya jamg‘armalaridan farqli o‘laroq pensiya fondi soliqlari sizning mablag‘ingizni samarali sarflaydi. Bu eng yaxshi investitsiya fondidir. Boshida sarmoya kiritish juda qiyi ko‘rinadi, shu sababli kam-kamdan boshlang.
2.30 yoshdan 40 yoshgacha
Karyera haqida o‘ylang. Endi qanchadir vaqt ishlab, biroz tin olib, o‘z hayotingizni yana bir marta baholash kerak. kasbingiz sizning intilishlaringizga javob beradimi? Oylikni oshirish yoki yangi lavozim haqida so‘rash vaqti kelmadimikan? Boshqa tomondan agar siz o‘z shaxsiy biznesingizni ochishni istasangiz, buning uchun nima kerakligini hal etishning ayni vaqti.
Uy-joy haqida. Qaysi biri foydali, ijaraga turishda davom etishmi yoki shaxsiy uyni xarid qilishni hisoblab chiqing. Bundan tashqari, shaxsiy uy-joyga egalik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha chiqimlar haqida ham o‘ylang. Har ehtimolga qarshi o‘z kredit reytingizni tekshiring va ipoteka kreditlari bozori bilan tanishing.

Shu bilan birga shaxsiy hayot haqida. Agar sizning sevgan insoningiz bo‘lsa, turmush qurish, farzandlar va moliyaviy ahvol kabi jiddiy savollarni muhokama qilish vaqti kelmadimikan? Pullarni qanday boshqarishni hal eting: alohida, hamkorlikda yoki yana boshqacha yo‘l bilan.

3.40 yoshdan 50 yoshgacha
O‘z jamg‘armangiz bilan jiddiy shug‘ullaning. Pensiyada qanday hayot darajasini o‘zingizga taqdim etishingizni tasavvur qiling, agar xuddi shu miqdordagi pulni ajratishda davom etsangiz, aktivlar va qarzlar ro‘yxatini doimiy yangilab turing. Harakatlarning qat’iy rejasi qarzlarni hal etishga, pensiya jamg‘armasini ko‘paytirishga va mablag‘larni boshqa maqsadlarga olib qo‘yishga, masalan yangi uy uchun birinchi to‘lovni to‘lashga, biznesni ochishga yoki anchadan beri orzu qilgan sayohatni amalga oshirishingizga yordam beradi.
Hayotni sug‘urtalash sizga kerak yoki yo‘qligini hal eting. Siz va sizning maoshingiz kimgadir bog‘liqligini o‘zingizdan so‘rang. O‘z yaqinlaringiz qancha “turishingizni” hisoblash yoqimsiz bo‘lishi mumkin, lekin bunday tarzda siz bilan sodir bo‘ladigan kutilmagan holatlarda ular haqida g‘amxo‘rlik qilishingizni kafolatlaysiz. Agar sizda boqimandalaringiz bo‘la, endi sug‘urtani sotib olish haqida o‘ylash kerak.
Vasiyatnoma yozing. Unga barcha narsani kiriting – tibbiy xulosadan boshlab, sizning mablag‘ va buyumlaringiz kimga o‘tishigacha yozing. Vasiyatnoma va ishonch qog‘oziga o‘xshash kerakli tayanch hujjatlarni tayyorlashsizga advokatning yordami zarur bo‘ladi. Sizning jamg‘argan mablag‘ingizga da’vogarlik qiladiganlarni qaytadan tekshirib chiqing.
4.50 yoshdan 60 yoshgacha
Farzandlarni “erkin suzib ketishi uchun qaror qabul qiling. Ertami yoki kechmi ular moliyaviy mustaqil bo‘lishlari kerak. Siz ularning ta’limiga pul to‘lashni maqsad qilgan bo‘lsangiz, o‘z imkoniyatlaringizni chamalab ko‘ring: bu mablag‘ jamg‘arma hisobidan yoki bank krediti hisobidan bo‘ladimi yoki uy-joyni sotib, arzonroq uy olishga to‘g‘ri keladimi?
Ta’limdan tashqari farzandlari bilan moliyaviy natija va mustaqillik haqida ochiq suhbatlashish kerak. Bir-biringizni tushunayotganingizga ishonch hosil qiling.
Qarilik haqida o‘ylang. Hozir ungacha uzoq bo‘lsa, sizga kim g‘amxo‘rlik qilishi, nafaqangiz va boshqa kapital mablag‘lar siz uchun qanday hayot darajasini ta’minlashi haqida o‘ylang. O‘zingizdan “Men o‘zimga nima ravo ko‘raman?” deb so‘rang. Yaqinlaringiz bilan munosabatlaringizni muhokama qiling, barchasini yozma ravishda tayyorlang.
5.60 yoshdan 70 yoshgacha
Xavf-xatarlarni chegaralang. Endi juda ham kam qoldi, mablag‘ni qayta taqsimlash haqida o‘ylash kerak. Bu sarmoya kiritish haqida unutishni bildirmaydi. Ko‘pchilik odamlar qarigan chog‘ida ham o‘z ishini davom ettirishaveradi.
Nafaqangiz qanday bo‘lishini hal eting. U qanchalik yaqin bo‘lsa, uni tasavvur qilish oson bo‘ladi. Nimaga qaror qabul qilishingizdan qat’iy nazar nafaqangiz sizning moliyaviy rejangizga mos kelishi tasdig‘ini topishi kerak.
Hisobdan pensiyaga qanday to‘lov to‘lashingizni batafsil aniqlab oling. Tez orada sizning izmingizda bir qancha daromad manbalari bo‘ladi: shaxsiy jamg‘arma, davlatdan pensiya yoki pensiya fondi soliqlari va qo‘shimcha daromad. Bundan tashqari, sizda ehtimol bir qancha turdagi jamg‘arma hisoblari bo‘ladi: ko‘paytirilgan, tezkor yoki valyuta. Pullarni samarali taqsimlash haqida mutaxassisdan so‘rang.
6.70 yosh va undan yuqorisi
Kelajak haqida o‘ylang. Vasiyat sizning hozirgi maqsadingizni aks ettirishiga ishonch hosil qilishi kerak. shuningdek, bugun va kelgusida sizning pullaringizni boshqaradigan insonning nomzodini aniqlashtirish kerak. bu vazifani kim o‘ziga olishini hal eting.
Karyerani tugatish haqida o‘ylang. Hatto eng eng yaxshi ishchilar ham kunlardan bir kuni karyerani tugatish haqida o‘ylashlari kerak.
Aktivlarni boshqaring. Boshqa paytlardan ko‘ra bu bosqichda e’tiborli bo‘lish va mablag‘ga yashash muhimdir. Yoshlikda olingan byudjetni boshqarish ko‘nikmalaridan foydalaning. O‘z aktivlaringiz imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanishga imkon beradigan byudjetni aniqlang.



Категория: Советы     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar