Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.11.2016

Mavsumiy kasalliklarga qarshi xalqona reseptlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 126
Mavsumiy kasalliklarga qarshi xalqona reseptlar

Ayni paytda boshi og`rig`an, tomog`i bo`g`ilgan, xullas, tumov va shamollash alomatlaridan bezovta bo`lgan kishi borki, buni mavsum injiqlariga yo`yadi. Har kim o`zicha dori sotib olgan, kimdir kimgadir “Falon dorini iching, darrov tuzalasiz” deya maslahat bergan… To`g`ri, hozir shamollashda qo`llanadigan preparatlar juda ham ko`p. Shunday bo`lsa-da, shifokor tavsiya etgan muolaja bilan birgalikda uy sharoitida ham ba`zi usullarni qo`llasangiz, davolanish jarayoni ancha ildamlaydi. Buning uchun  oson tayyorlanadigan xalqona reseptlarni e`tiboringizga havola etmoqchimiz.

Shamolladingizmi? Davolaymiz!

Shamollash va grippga chalinmaslik uchun og`iz va burunni 3-4 qavatli doka bilan o`rab yurish, ko`zi yoshlangan, tumov alomatlari kuzatilayotgan kishilar bilan muloqot qilishda ehtiyotkor bo`lish lozimligini yaxshi bilasiz. Ammo har qancha urinmang, agar immunitetingiz sustlashsa, oddiy sovuqqotish oqibatida ham shamollash hech gap emas. Shunday ekan, darhol, zarur choralarni qo`llash kerak.

“Isinish” uchun…

  • 1 osh qoshiq asalga 1  osh qoshiq na`matak damlamasi, 1 osh qoshiq qorag`at va malina sharbati (yoki murabbosi)ning suvini aralashtirib, 1 litr  qaynoq suvga damlanadi. Damlama 15 daqiqa usti yopiq idishda turgach, kun davomida yarim stakandan uch mahal ichiladi. Mazkur shifobaxsh ichimlik badanni qizitib, ter ajralishini ko`paytiradi. Bu esa organizmdagi shamollashni qo`zg`atuvchi infeksiyalar ter ajralmasi orqali tashqariga chiqishini ta`minlaydi.

Ilk alomatlar sezildimi?

  • Yarim stakan sabzi va shuncha miqdorda sholg`om sharbatiga 1 choy qoshiqdan suyuq asal va limon sharbatini aralashtirib, erta nahorda va kechqurun uyqudan avval ichiladi. Bu usul shamollashning ilk belgilarida qo`llansa, immunitetni mustahkamlashga yordam berishi aniq.

Bolajon shamollab qoldi,  deng?

  • Kichkintoyda shamollash belgilarini payqadingizmi, albatta, zarur choralarni qo`llashga kirishing. Misol uchun, mana bu usullarni: 1.5 osh qoshiq quritilgan na`matak mevasini 1 litr qaynoq suvga damlab, termoidishda 8-12 soat ushlang. Tayyor bo`lgach, ozroq asal bilan aralashtirib, har 2-3 soatda ilig`icha yarim stakandan bolaga ichiring.
  • 1 stakan quritilgan qorag`at mevasi bargi (dorixona yoki bozor rastalaridan topish mumkin)ni maydalab, 1 stakan qaynoq suvga damlang. Usti yopiq idishda 4 soat turgach,  kun davomida yarim stakandan 4-5 mahal ichiladi. Qorag`at tarkibidagi foydali moddalar zaiflashgan organizmga quvvat bo`lib, shamollashni yengishda asqotadi.

Sut va sarimsoq

  • 1 stakan sutni sirli idishga  solib, ustidan bitta sarimsoq piyoz bo`lagini maydalab qo`shing-da, olovga qo`ying. Qaynab chiqqach, stakanga olib, biroz sovuting. Aralashmani oz-ozdan ho`plab ichish kerak. Sarimsoq piyozli sutni bolalar yarim stakandan, kattalar esa bir stakandan, uyquga yotishdan yarim soat – qirq daqiqa avval ichishlari lozim.

Eslatma!

Oila a`zolaringizdan birida shamollash alomatlari kuzatilayotgan  bo`lsa, infeksiya boshqalarga ham tarqalmasligi uchun xona burchaklariga sarimsoq piyoz bo`lagini qo`yib chiqing. Ertalablari isiriq tutating va xonalarni tez-tez shamollating.

manba: Darakchi.uz



Категория: Советы     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar