Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

18.11.2016

Bronxial astma bilan xastalanganlar uchun kichik «shpargalka»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 83
Bronxial astma bilan xastalanganlar uchun kichik «shpargalka»

1.     Mumkin bo`lgan mahsulotlar:

  • manniydan boshqa barcha turdagi yormalar;
  • sut va qatiq mahsulotlari: kefir, pishloqning o`tkir bo`lmagan turlari va meva konservantlari qo`shilmagan tabiiy yogurt;
  • mol, kurka va ot go`shti;
  • sabzavotlardan: karam, qovoqcha (kabachki), patisson, qovoq, ko`katlar, yashil no`xot, loviya;
  • meva: yashil va sariq olmalar, nok, olxo`ri;
  • yuqorida ko`rsatilgan meva sharbatlariga 13 nisbatda qaynagan suv qo`shib ichishingiz mumkin va xushbo`ylantiruvchilarsiz choy;
  • sariyog`, zaytun, kungaboqar va o`simlik yog`lari;
  • ikkinchi darajali undan tayyorlangan, shuningdek guruch va makkajo`xori unidan pishirilgan non.

2.     Quyidagi mahsulotlarni har bir bemor o`z ahvolidan kelib chiqqan holda, shifokor bilan maslahatlashib cheklaydi:

  • manniy yormasi, makaron mahsulotlari;
  • sut va smetana (faqat taom tarkibida), tvorog va meva konservantlari qo`shilgan yogurt;
  • tovuq go`shti;
  • sabzi, lavlagi, piyoz, sarimsoq piyoz, bodring, baqlajon;
  • olcha, banan, na`matak, qorag`at;
  • sariyog`;
  • oliy navli undan tayyorlangan nonlar.

3.     Butunlay TAQIQLANADI:

  • achchiq, sho`r va qovurilgan taomlar;
  • ziravorlar, dudlangan mahsulotlar;
  • kolbasa, sosiska;
  • jigar;
  • baliq, baliq ikrasi, dengiz taomlari;
  • tuxum;
  • yumshoq va o`tkir pishloq;
  • muzqaymoq, mayonez, ketchup;
  • rediska, ismaloq, pomidor, bulg`or qalampiri, tuzlangan bodring;
  • qovun, tarvuz, qo`ziqorin va yong`oqlar;
  • sitrus mevalari, qulupnay, maymunjon, uzum, o`rik, shaftoli, anor, kivi, ananas;
  • margarin va hayvon yog`lari;
  • gazli, mevali sharbatlar;
  • qahva, kakao, kisel, kvas;
  • asal, shokolad, zefir, saqich, tort, kekslar va yangi pishirilgan, suvi qochmagan pishiriqlar.

manba: Darakchi.uz



Категория: Советы     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar