Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.10.2016

Qahva o‘rniga choy ichish uchun 5 ta sabab

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 95
Qahva o‘rniga choy ichish uchun 5 ta sabab

Qahva yoki choy ichishni har birimiz xush ko‘ramiz. Ulardan qay birini tanlashda ikkilansangiz, sevimli ichimligingizning qay biri afzalliklarga ega ekanliga haqida bilib oling.

Olimlar choyning foydali jihatlarini undagi polifenollar (o‘simlik barglaridagi antioksidantlarning bir turi) va fotokimyoviy xususiyatlar bilan bog‘laydi. O‘zining ommabopligi jihatidan u faqat ichimlik suvidan ortda qolishi mumkin.

Patentlangan dori vositalaridan farqli ravishda choy tarkibida toksinlar yo‘q. Quyida biz nega choy qahva yoki siz sevib iste’mol qiladigan boshqa ichimlikdan yaxshiroq ekanligini ko‘rsatuvchi beshta asosiy sababni e’tiboringizga havola etamiz.

Birinchi sabab

Choy chidamlilikni oshiradi. Yaponiyaning Kao Corporation laboratoriyasi olimlari ko‘k choy tarkibidagi katexinlar (antioksidantlar) organizmning yog‘larni eritish xususiyatini oshirishini aniqladi.

Ikkinchi sabab

Choy yurak xuruji xavfini kamaytiradi. U, shuningdek, organizmni yurak-qon tomir va naslni buzuvchi xastaliklardan himoyalanishiga yordam beradi.

Uchinchi sabab

Choy ko‘p a’zolarni saratondan himoya qiladi.

To‘rtinchi sabab

Choy organizmning suv yo‘qotishiga qarshi kurashadi. Britaniyalik dietolog Kler Uilyamsonning ta’kidlashicha, tarkibida kofein bo‘lgan ichimliklar organizmning ko‘p suv yo‘qotishiga sabab bo‘lishi haqidagi qarashlar uydirmadan boshqa narsa emas.

Muhimi, kuniga uch finjondan ortiq choy ichmang.

Beshinchi sabab

Choy ultrabinafsha nurlardan eng yaxshi himoyani ta’minlaydi. Yaxshi yangilik — ko‘k choy quyoshdan himoya qiluvchi kremning “zaxira nusxasi” rolini bajarishi mumkin (zinhor uning o‘rnini bosa olmaydi). O‘tkazilgan tajribalar choy hujayralarning quyoshdan kuyishi va ultrabinafsha nurlari tufayli DNKning zararlanishini qisqartirganligini ko‘rsatdi.

manba: Daryo.uz



Категория: Советы     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar