Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.10.2016

Ginekolog ogohlantiradi: har bir ayol bilishi kerak bo`lgan 5 qoida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 160
Ginekolog ogohlantiradi: har bir ayol bilishi kerak bo`lgan 5 qoida

Tashvishlar va yumushlarga o`ralashib qolgan holda ko`pincha salomatligimiz haqida unutib qo`yamiz. Biroq  kasallikni davolagandan ko`ra uni oldini olish osonroq! Bu qoida ayollar bilan bog`liq xastaliklarda juda muhim. Har bir ayol bilishi kerak bo`lgan holatlar to`g`risida oliy toifali shifokor, ginekolog Zumrad SOBIROVA tanishtiradi.

Ajralmalarga befarq bo`lmang!

Umuman olganda, ajralmalarning kuzatilishi tabiiy hol sanaladi. Rangsiz, oz miqdordagi va hidsiz ajralmalar ayol salomatligida muammo yo`qligini bildiradi. Biroq buning aksi bo`lsa, sergaklikni ko`zdan qochirmang. Hayz sikli davomida ajralmalarga e`tibor bering, miqdori, rangi hamda hidining o`zgarishi kasallikdan ogoh etishi mumkin. Aniq tashxis qo`yish uchun esa, albatta, shifokor ko`rigidan o`tib, tahlil topshirish talab etiladi. Biroq ayrim xastaliklarni o`zingiz ham bemalol aniqlay olasiz. Masalan, tvorogsimon oq ajralma va yoqimsiz qichishish zamburug`li infeksiya mavjudligidan darak beradi. Suyuq rangsiz, lekin hidli ajralma esa vaginozga chalingan ayollarda uchraydi. Har yarim yilda qindan tahlil topshirishni profilaktik chora sifatida qabul qilish tavsiya etiladi.

Kasallik qaytalanmasin!

75 % ayollar bir marta bo`lsa-da, kandidoz (molochnisa) bilan og`riydi. Agar xastalik belgilarini o`zingiz aniqlay olsangiz, maxsus vaginal krem va shamchalardan foydalanib, davolanishingiz mumkin. Lekin davo choralari to`g`ri olib borilishi va kasallikni butunlay bartaraf etish uchun ginekolog ko`rigidan o`tish zarur. Kandidoz hamda vaginal gerpes bilan qayta og`rishni istamasangiz, immunitetingizni mustahkamlang!

Infeksiyaga qarshi kurashing!

Avvalo gormonlar miqdori hamda qin mikroflorasiga ta`sir ko`rsatuvchi har qaysi omil tanosil xastaliklarining avj olishiga sabab bo`lishi mumkin. Ular qo`yidagilar: qandli diabet, homiladorlik davri, antibiotik dorilar va oral kontraseptivlardir. Shuningdek, qinni suv bilan yuvish bilan mikrofloradagi foydali bakteriyalarni nobud qilib, turli infeksiyalar rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Maslahatimiz, shifokor ko`rsatmasi bo`lmagan hollarda bu ishni amalga oshirmang. Dush uchun gel, dengiz tuzlari va sifatsiz intim gigiena vositalaridan ikkilanmay voz keching! Dori qutingizda mudom kandidozga qarshi vosita bo`lishini tavsiya etamiz.

Sog`lom turmush tarziga rioya qiling!

Umr yo`ldoshingiz sadoqatiga ishonsangizda, jinsiy yo`l bilan yuquvchi kasalliklarga nisbatan ehtiyot choralarini ko`ring! Aksariyat jinsiy yo`l bilan yuquvchi xastaliklarga qarshi dori vositalari ishlab chiqarilmaganini ham unutmang! Axir aytishadiku, «o`zingga ehtiyot bo`l, qo`shningni o`g`ri tutma!» deb. O`zingizda noxush belgilarni sezgan zahotingiz shifokor ko`rigidan o`ting!

Muntazam shifokor ko`rigidan o`ting!

Ayollarga har olti oyda ginekolog ko`rigiga borish tavsiya etiladi. Shu bilan birga qin, peshob va anal yo`lidan tahlil topshirishni shart, deb sanash kerak. Aks holda, kasallik o`z vaqtida aniqlanmay, bepushtlik, bachadondan tashqaridagi homiladorlik, homilaning nobud bo`lishi va erta tug`ruqqa sabab bo`lishi mumkin. Noxush holatlarni bartaraf etish asa o`z qo`lingizda!

manba: Darakchi.uz



Категория: Советы     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar