Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12.10.2016

Mayiz yeng, xastalanmaysiz!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 93
Mayiz yeng, xastalanmaysiz!
  • 100 gramm mayizda 860 mg kaliy bor. Shuningdek organizm uchun g`oyat foydali bo`lgan  fosfor, natriy, kalsiy, magniy hamda temir moddasi, V1, V2, V5 va RR vitaminlari ham mo`l-ko`l.
  • Immunitetingizga yordam kerak bo`lsa, mayizdan  yaxshisini topolmaysiz. Mayizdagi antioksidantlar yordamida organizmdagi hujayralar erkin radikallar ta`siridan himoyalanadi.
  • Jizzaki, asabiy va kayfiyatingiz o`zgaruvchanmi, bir siqim mayiz tanovul qiling. Vitamin  va mikroelementlar,  shuningdek magniy hisobiga asablaringiz joyiga kelib, tinchlanasiz. Qolaversa, yurakka ham quvvat bo`ladi.
  •  Osteoxondroz yoki osteoporoz bezor qildimi? Muolaja davomida taomnomangizga mayizni kiriting. har kuni bir siqim mayiz iste`mol qilsangiz, qabul qilayotgan preparatlaringizdagi kalsiy organizmga yaxshi singadi.
  • Kamqonlik aniqlangan bo`lsa, mayizni  yeyish bilan barobar uning suvini ichish ham tavsiya etiladi. Buning uchun 10 dona mayizni piyolaga solib, ustidan yarim stakan qaynatib ilitilgan suv quying. Piyola ustini yopib, ertalabgacha qoldiring. Och qoringa mayiz suvini ichib tursangiz gemoglobin miqdori normallashadi.
  • Xastalikdan keyin quvvatni tiklash uchun mayiz, yong`oq va asal aralashmasi tavsiya etiladi. Teng miqdorda yong`oq va asalni go`shtqiymalagichdan o`tkazib, ta`bga ko`ra asal bilan aralashtirib olasiz.  Nonushta vaqti 1-2 choy qoshiqdan iste`mol qilib tursangiz kifoya.
  • Buyrak kasalliklarida kunora mayiz iste`mol qilish maqsadga muvofiqdir. Mayiz tarkibidagi foydali elementlar peshob ajralashini faollashtiradi.
  • Muntazam mayiz iste`mol qilish og`iz bo`shlig`i kasalliklarida ham asqotishi mumkin. Mayiz suvi esa milk shamollashi, stomatit yaralari hamda yo`talga foydali.
  • Mayizli  muolaja semizlik, yurak etishmovchiligi, oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasi hamda qandli diabetda tavsiya etilmaydi.

manba: Darakchi.uz



Категория: Советы     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar