Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12.10.2016

«Erimni qanday ozdiray?..»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 71
«Erimni qanday ozdiray?..»

Ortiqcha kilogramm faqat ayollarning bosh og`rig`i emas. Biz-ku ozishga ahd qilsak, qay yo`l bilan bo`lsa-da buning uddasidan chiqamiz. Lekin erkaklar uchun bu oson ish emas-da! Pahlavon juftingizning joniga ozgina oro kiraman desangiz, ushbu sahifa orqali erkaklarni ozdirishga oid barcha tavsiyalarni topasiz.

Uning semirganini qanday aniqlasa bo`ladi?

Buning uchun eringizning bel sohasini o`lchash kerak bo`ladi. Agar:

  • bo`yi 178-185 sm. atrofida bo`lib, beli aylanasi 102 sm.dan oshsa, bu semizlikning birinchi darajasi.
  • Shunday bo`yli erkaklarning bel aylanasi 94 sm.dan oshsa, bu yog` to`planishi xavfidan dalolat beradi.
  • Tana tuzilishi normal erkakning bo`yi va vaznidan qat`i nazar qorni oldinga turtib chiqib qolgan, bel aylanasi esa 94 sm.dan oshsa, ogoh bo`ling. Bu sog`likka eng yomon ta`sir qiluvchi yurak ishemik kasalligi, infarkt va insult xastaliklariga chalinish xavfini tug`diradi.

Erkaklar nimadan semirishadi?

  • Salomatlikdagi muammolar sabab;
  • yog`li go`sht, kolbasa, dudlama, non va shirinliklarga suyagi yo`qligi uchun;
  • spirtli ichimliklar iste`moli borasida o`zlarini xafa qilmaganlari vajidan;
  • kamharakatlilik, ko`p o`tirganliklaridan…
  • Dangasalikka qarshi kurashing!

    Ayollar ozish maqsadida parhezga amal qilib, ortiqcha vazndan xalos bo`ladilar. Erkaklar esa baqaloqlikni faqat jismoniy mashg`ulotlar orqali engishlari mumkin. Sababi ularning mushaklari to`xtovsiz harakatni talab qiladi. Shu bois sizning bosh vazifangiz eringizni qimirlashga o`rgatishdir.

    Nima qilsam, bu polvon ozarkan-a?

    Juftingizni hech qachon ozishga majburlamang. Semizlikning zararlari haqida o`qiganlaringizni yo`l-yo`lakay aytib o`ting. Lekin ta`siri shunaqa bo`lsinki, eringiz ma`lumotni qaerdan topganingiz bilan qiziqsin. Sport va bolalar tarbiyasi bilan shug`ullanishga jalb qiling.

    Yana bir yo`li bor: quyidagi ma`lumotlarni yaxshilab o`zlashtirib, eringizga vaqti-vaqti bilan bildirib turing:

    • ortiqcha vazn sohiblarida qandli diabet kasalligiga chalinish ehtimoli boshqalardan 6 marta ko`p;
    • 4 marta ko`proq insult va infarktga yo`liqishlari mumkin;
    • ozg`inlardan ko`ra 2 barobar ko`proq bepushtlikka olib kelishi mumkin;
    • 5 marta ko`proq o`pka-bronx kasalliklarini orttiradilar;
    • bo`g`im va suyak muammolariga 2 barobar tezroq duch kelishlari mumkin.

    Ozmoqchi bo`lgan erkakni nima bilan boqish kerak?

    • O`zingizcha eringizni parhez tuttirmang. Rasionning bunday o`zgarishi natijasida erkak badjahl, zaharxanda odamga aylanadi. Agar uning o`zi buni xohlasa, yaxshisi, proteinli, pastuglevodli parhez turlarini tanlang. Ularni maxsus kitoblardan yo internet orqali topish mumkin.
    • Juftingizga har kuni 3 mahal ovqat va ora-orada 2 marta choy berishni odat qiling. Oxirgisi uyquga ketishdan 2-3 soat oldin bo`lishi shart.
    • Tabiiy va yangi mahsulotlardan semirtirmaydigan egulik pishirishga o`ting.
    • Pastroq kaloriyali desertlar tayyorlang. Bunda eringiz bilib qolmasligi uchun hali hech foydalanib ko`rmagan reseptlardan foydalangan ma`qul.
    • Turmush o`rtog`ingiz ishdaligida och qolmasligini nazorat qiling. Ketishida biror egulik berib yuborasizmi yo peshin payti qo`ng`iroq qilib, ovqatlanganini so`rab turasizmi, bu yog`i o`zingizga havola. Shunda u ko`chadan bo`ridek och qolib kelmaydi va juda ko`p ovqat tanovvul qilmaydi. Natijada semirmaydi.
    • Yarimfabrikat va fastfudlarni ham cheklang.

    Sizbop maslahatlar

  • Umr yo`ldoshingizning qalbiga yo`l topishga harakat qiling. Arazchi bo`lmasa, katta qorinli erkak suratini shkafiga osib qo`ying; rashkchi bo`lsa, atayin ozg`in yigitlarga ko`z qiringizni tashlab qo`ying.
  • Imkoniyat bo`ldi deguncha mashinada emas, piyoda yurg`izishga harakat qiling.
  • Dam olish kunlarini faol mashg`ulotlarga, oilaviy sayrlarga ajrating.
  • manba: Darakchi.uz



    Категория: Советы     Нашли ошибку?

    Похожие музыки

    Похожие клипы

    Добавить комментарий

    avatar