Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

11.10.2016

Boshingiz og`riyaptimi, taomnomangizga qarang!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 77
Boshingiz og`riyaptimi, taomnomangizga qarang!

Tez-tez bosh og`rig`i bezovta qilsa, taomnomangizni ko`zdan kechiring.

  • Shokolad – shirinlik tarkibidagi tanin, kofein va feniletilamin moddasi migren bilan og`riganlarda og`riq hurujlarini keltirib chiqarishi mumkin.
  • Achchiq qalampir – foydali xususiyati qanchalik e`tirof etilmasin, qon bosimi tufayli yuzaga keladigan bosh og`riqlariga sabab bo`ladi.
  • Dudlangan go`sht – bu turdagi mahsulotlarga sifati buzilmasligi uchun konservantlar qo`shiladi. Ta`sirchan kishilarda konservantlar bosh og`riqlarini keltirib chiqarishi ilmiy asoslangan.
  • Zaytun mevasi – me`yoridan oshmasa, zarari yo`q. Ammo muntazam iste`mol qilinganida zaytun tarkibidagi tiramin moddasi bosh miyadagi qon tomirlar faoliyatiga nojo`ya ta`sir ko`rsatishi mumkin.
  • Fruktoza – shirinlik miqdorini cheklash maqsadida fruktoza yoki saxarozadan tayyorlangan mahsulotlar bilan parhez qilish ko`pincha bosh og`riqlariga sabab bo`ladi. Chunki bunda aspartam, siklamit va saxarin moddalari bosh miya neyronlariga ta`sir ko`rsatadi.
  • Pishloq – g`oyat foydali bo`lsa-da, buni qarangki, ushbu mahsulotga ham qarshi ko`rsatmalar mavjud ekan. Pishloqni ertalab va kechki soat 18-00 gacha iste`mol qilsangiz organizmga jiddiy ta`siri bo`lmaydi. Ammo uyquga yotishdan avval yeyilgani bosh og`rig`ini yuzaga keltirishi mumkin.
  • Qahva, choy  va gazlangan ichimliklar  – ular tarkibida  kofein bor. Mazkur modda nerv tizimini qo`zg`atish ta`siriga ega. Qolaversa qon bosimi ko`tarilishiga ham sabab bo`ladi.
  • manba: Darakchi.uz



    Категория: Советы     Нашли ошибку?

    Похожие музыки

    Похожие клипы

    Добавить комментарий

    avatar