Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.10.2016

Kuzgi 5 kasallikdan saqlanamiz!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 88
Kuzgi 5 kasallikdan saqlanamiz!

Quyoshli kunlar kamayib, sovuq yomg`irlarga almashishi, namgarchilik… kimnidir romantik mulohazaga  chorlaydi, kimningdir esa bu davrda sog`lig`i bilan muammolar paydo bo`la boshlaydi. Nega shunday? Kuzgi kasalliklar “qo`zg`oloni”dan o`zimizni qay tarzda himoya qilolamiz? Bu haqda shifokor-terapevt Nigora AHMEDOVA ma`lumot beradi.

 

 

SISTIT BOShLANSA…

Immunitet tushib ketishi hisobiga, sovqotish tufayli  organizmda yallig`lanish paydo bo`ladi. Kun davomida bir joyda o`tirish tosda qon aylanishni sekinlashtiradi, achchiq, sho`r, qovurma taomlar kasallikning boshlanishiga turtki bo`ladi.

Birinchi yordam: Qorin sohasining paski qismiga isitgich (grelka) qo`yib huruj o`tib ketgunicha bir soat belni o`rab yoting. Yotgan joyingizda moychechak yoki pol-pola o`simligidan tayyorlangan choyni qultumlab iching. Qancha ko`p suyuqlik ichsangiz, shuncha ko`p infeksiyani siydik yo`llaridan yuvib chiqargan bo`lasiz.

Tavsiya: Immunitetni ko`tarish uchun kuzda to`yib uxlash, vaqtida yotish kerak.  Kuz boshlanishi bilan shifokor bilan maslahalatlashib, darmondorilar ichishni boshlang. Nahorga sabzi yoki lavlagi sharbatini ichishga odatlaning. U organizmga quvvat berib, yallig`lanishni haydaydi. O`stirilgan bug`doyni 2 osh qoshiq miqdorida ovqatlar orasida tanovul qiling, kuzgi zo`rayishlarda bu eng ma`qul davo.

 

BUYRAK HURUJ QILGANIDA…

Agar sistitni vaqtida davolamasangiz, yallig`lanish darrov buyraklarga o`tib ketadi. So`ng kasallikni «og`ir artilleriya» – antibiotik bilan davolashga to`g`ri keladi. Buyrak og`rishi jiddiy holat. Bunday paytda «tez yordam» chaqirish lozim. Shifokor kelguniga qadar, bemorni chalqancha yotqizib, boshini biroz ko`tarib, oyoqlarini tizzalarda bukib yotqizish kerak, bu bemorning ahvolini ancha engillashtiradi, makkajo`hori popugidan damlama tayyorlab ichirish ham foyda beradi.

 

GASTRITDAN ChORA – MULOYIM MUOMALA

Kuzda ta`m bilish qobiliyati o`zgarib, sho`r, achchiq narsalar egimiz keladi. Gastrit bilan og`rigan bemorlar uchun bu xavfli. Yorug`likning kamligi odamda tushkun holatni paydo qiladi. Bu ham kasallikning qo`zg`ashi uchun qulay zamin. Ovqatdan keyin og`izda achchiqlik, behuzurlik, qorin sohasida og`riq sezmaslik uchun oshqozonga muloyim singuvchi engil taomlar sarxil meva, salatlar eyish, ovqatni hazmini tezlashtiradigan ferment dorilar qabul qilish, har xil damlamalar ichish orqali kasallikni quvishga harakat qiling. Nahorga gazsiz mineral suvni isitib iste`mol qilish foydali. Quritilgan anjir, olma yoki o`rik qoqisidan tayyorlangan damlama oshqozon shilliq qavatidagi yallig`lanishning yo`qolishiga yordam beradi.

Gastritda birinchi yordam: oshqozonni yuvish kerak. Buning uchun  bir yarim litr qaynatilgan iliq suvni 6 dona faollashtirilgan ko`mir tabletkasi bilan birga qultumlab ichiladi.

 

OShQOZON YaRASI BILAN HAZILLAShMANG!

Bu kasallik bilan hazillashib bo`lmaydi, yara istalgan paytda ochilib ketishi va og`ir holatlarga olib kelishi hech gapmas. Bunday paytda bemorni darhol yotqizib, qorin sohasiga muzli xaltacha qo`yiladi va «tez yordam» kelishini kutiladi. Oshqozon yarasi huruj qilganida yangi siqilgan kartoshka sharbatini yarim piyola miqdorida ichiladi, zig`ir yoki suli urug`idan tayyorlangan elimshak (kisel) ichish ham oshqozon shilliq qavatini o`rovchi, og`riqni to`xtatuvchi ta`sir ko`rsatadi.

 

GAYMORIT BALOSI

Ushbu kasallik bilan bir bor og`rigan bemor uning zo`rayishlari va kuchli hurujlari haqida yaxshi biladi. Tana harorati ko`tarilib, burun, bosh sohasida kuchli og`riq qiynaydi. Bunday paytda qaynab turgan suvga bir hovuch tuz solib, ustida 3 daqiqa nafas olish kerak, huruj darrov o`tib ketadi. Keyin gulhayri yoki shirinmiya o`tidan bir chimdimini choy kabi damlab, kun davomida yarim piyoladan qaynoq holda ichiladi.

manba: Darakchi.uz



Категория: Советы     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar