Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.10.2016

Kompyuter go`zallikka xavf soladimi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 71
Kompyuter go`zallikka xavf soladimi?

Agar siz kuni bilan ofisda, buning ustiga monitor qarshisida o`tirsangiz, sizning yuz teringiz boshqalarga nisbatan tez qariydi. Bu ilmiy isbotlangan dalil. Yoshlik va go`zallikni qanday saqlab qolish mumkin bo`ladi bu holatda?

Erta tushgan ajinlar, terining quruqlashishi va so`lqinligi, qovoqlar osti qorayishi — “kompyuter hujumi”ning aniq belgilari. Bunga asosiy sababchi  — ishlab turgan monitor atrofida yuzaga keluvchi elektrostatik maydon. U terining ishqor balansini o`zgartirib, quruqlashtiradi, sho`ralashni keltirib chiqaradi.

Bunda o`rtacha teri quruqqa aylanadi. Quruq teri so`nggi namlikni ham yo`qota boradi. Aralash turdagi teri qizarib, teri poralari kengayib, ifloslanadi. Yog`li teri yanada ko`proq yog` ajrata boshlaydi. Qovoq terisi kompyuter qarshisida o`tirganda mayinligini tez yo`qotib, quruqlasha boshlaydi.

Shu bois ham maxsus kosmetikadan foydalanmaslikning iloji yo`q. Hozirda kosmetika do`konlarida yuzni namlovchi maxsus spreylar mavjud. Shuningdek, namlovchi salfetkalardan foydalanish ham mumkin.

Kompyuterda ishlaganda har soatda besh daqiqalik tanaffus qilish lozim.

Choy haqida ham unutmang. Kuniga ikki-uch piyola yangi damlangan ko`k choy kompyuter ekranining zararli ta`sirini qirqadi.

 

KIChIK TAVSIYaLAR

  • Kechqurun ishdan qaytgach, terini kuni bilan yig`ilib qolgan zararli mikroqismlardan tozalab olish zarur. Iloji boricha vodoprovod suvida yuvinmaslikka harakat qiling. Qaynatilib, limon sharbati qo`shilgan suv, ma`danli yoki shifobaxsh giyohlar damlamasida (jo`ka gullari, moychechak, yalpiz, marvarak) yuvining. Quruq ta`sirchan yuzlar uchun xona haroratidagi suvga teng miqdorda sut qo`shib yuvinish foydali.
  • Qora non ivitilgan suvda yuvinish terining quruqlashgan holatida yordam beradi. Yog`li teri uchun namlovchi, quruq teriga oziqlantiruvchi niqoblar samara beradi.
  • Haftada ikki marta tuzli va ignabargli kompresslarni qo`llab turing. Iliq aralashmaga botirilgan yumshoq sochiqni 5 daqiqaga yuzga bosib kompress qilinadi.

Eslatma: Tungi kremdan tunda foydalanmang!

Tungi kremni tunda bevosita uyquga ketish oldidan emas, balki kechqurun, uxlashdan bir, yarim soat oldin surish kerak. Chunki tungi kremlar terining eng chuqur qatlamlariga kirib borishi bilan birga undagi namlikni ham saqlab turadi. Juda kech, yotishdan oldin krem sursangiz, ertalab yuzingiz salqib yo shishib qolishi mumkin.

manba: Darakchi.uz



Категория: Советы     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar