Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.10.2016

Bir shingil uzumdagi jozibadorlik siri

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 87
Bir shingil uzumdagi jozibadorlik siri
  • Uzum danagi moyi qo`shilgan balzam labning kundalik parvarishi uchun eng qulay vosita sanaladi. U labingizni yorilishdan asrab, namlantiradi va himoyalaydi.
  • Vaqti-vaqti bilan uzumli (ya`ni, uzum essensiyali gel solingan) vanna qabul qilish ham nihoyatda foydali. Bunday vannadan keyin teringiz nafaqat sog`lom ko`rinishga ega bo`ladi, balki o`zidan shirin ifor taratadi. Agar vanna qabul qilishni xushlamasangiz, cho`milayotganingizda yoki dush qabul qilayotganingizda uzumli geldan foydalanishingiz mumkin.
  • Qizil uzum sharbati — go`zallik eliksiri hisoblanadi. Meva sharbati tarkibidagi fermentlar ortiqcha kaloriyalarni yo`qotishga yordam beradi, moddalar almashinuvi jarayonini tezlashtiradi, organizmni toksinlardan tozalaydi. Bir kunda 1 stakan uzum sharbatini ichish yaxshi natija beradi.
  • Yuzingizdagi horg`inlik alomatlaridan xalos bo`lmoqchimisiz, qora nuqtachalar joningizga tegdimi, unda uzumli niqob sizga juda asqatadi: uzumni donaklari bilan yaxshilab ezib, ichiga 2 choy qoshiq kunduzgi krem va 1 choy qoshiq asal qo`shing. Uni haftasiga bir marotaba 20 daqiqaga surtib qo`yish tavsiya etiladi. Niqob avvaliga iliq, so`ngra sovuq suv yordamida yuviladi.
  • Sonlardagi yoqimsiz sellyulitdan xalos bo`lish uchun uzum danagidan tayyorlangan E vitaminiga boy moydan foydalaning. Teringiz silliq va  tarang bo`ladi. Har kuni uxlashdan oldin oyoqlaringizni tovondan sonlarga qaratib uzum moyi yordamida uqalang.
  • Agar qo`llaringiz terisi quruq va yoriluvchan bo`lsa, uzum ekstrakti qo`shilgan oziqlantiruvchi krem xarid qiling. Vosita tarkibiga kiruvchi achitqi hujayralar yangilanishini ta`minlaydi va terini davolaydi. Uzum moyi terini silliqlab, mayinlashtiradi.

manba: Darakchi.uz



Категория: Советы     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar