Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.10.2016

O`n yetti yillik kelin tajribasidan yangi kelinchaklarga tavsiyalar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 163
O`n yetti yillik kelin tajribasidan yangi kelinchaklarga tavsiyalar

Turmush qurganimga ancha yillar bo`ldi. Qaynona buvim aytganidek, qorlar ham yog`di, erib ham bitdi. Maqolani qog`ozga tushirish uchun yangi kelinlik yillarimni birma-bir esga oldim. Xotiralar xuddi kechagina ro`y bergandek ko`z oldimda. Ba`zan xatoga yo`l qo`ydim, ayrim hollarda o`zim uchun dars oldim. Xullas, aziz muxlislarimiz qatoridagi yangi kelinchaklar, turmush ostonasidagi qizlar tegishli xulosa chiqarar deya xotiramga muhrlanib qolgan vaziyatlaru gap-so`zlarni ochiq-oydin yozishga kirishdim.

Qaynona sabrini sinamang!

To`y, charlar o`tgan kunning ertasigayoq yaxshi kelin bo`lish niyatida oldimga qo`yilgan vazifani uddalay olmadim. Ertalab roppa-rosa soat yetti yarimda xonamizning eshigi taqilladi: «Uxlab qoldingizmi, Nigoraxon!» Eshik oldida qaynonam bir qo`lida chelak ushlab meni kutib turardi. Hayajon va uyatdan olmadek qizarib ketdim. Qo`rqib ketganim ham rost. «Mana bu chelakni oling-da, ko`chaga suv sepgandek bo`lib, qaynotangiz yonidan o`ting. Hozir ishxonadan sheriklari mashinani tashlagani kelishadi!» dedi qaynonam. Aytganidek qildim. Agar ustamon qaynonam o`rnida boshqa birov bo`lganidami, xatom menga ancha qimmat tushishi mumkin edi. Kelinlar, qaynonaning sabrini sinamang. Hozir shirin so`zlarini suiste`mol qilsangiz, ertaga naq o`qdek ko`nglingizni teshadigan kesatiqlar yomg`iri yog`ilmasligiga kim kafil?

Pazanda kelin – arzanda kelin

«Qaynonangga atab bir kun qatlama bilan holvaytar, boshqa kuni quymoq pishirib, nonushta tayyorlashing kerak», deb o`rgatgandi onam. «Mehmonga borsa, qo`lidagi tog`orasi kamxarj bo`lishi uchun pishiriq pishirishdan hech erinma». To`yimdan bir oy avval tort-pishiriqlar tayyorlashni o`rgatadigan kursga borganman. Yaxshi kelin bo`lishim kerak edi-da. Ota-onamning harakatlari zoye ketmadi. Tez orada qarindosh-urug`, qo`ni-qo`shni ichida pazanda kelin deb nom chiqardim. Qo`lingiz shirin bo`lsa, hurmatu izzatda bo`lasiz, unutmang.

«Ketaman» deb kuydirmang!

«Hayotda har xil vaziyatlar bo`ladi. Jahlingiz uchiga chiqqanda ham “ketaman” so`zini sira og`zingizga olmang. Odamning yelkasida ikki farishta o`tiradi. Siz ketaman deganingiz zamon, Yaratgan oldida tuzilgan shar`iy nikohingiz bekor bo`lar ekan. Bunga elkangizdagi farishtalar guvohlik qilisharkan. Bolam jahl ustida haydasa ham, «Hech qaerga ketmayman, nikoh kuni guvohlar oldida shu uy-joyni menga mahr qilib topshirgansiz», deb turavering», deya takror-takror uqtirgan qaynona-buvim. Aytganlariga kirib, kam bo`lmadim, ya`ni biror marta ota uyimga arazlab bormadim.

Boriga baraka!

«Ro`zg`orimda hech narsa yo`q, demang, kelinposhsha! Bir kosa un, bir piyola yog` bormi, marra sizniki. Undan mushtumdekkina xamir qoring. Ichiga yog` surtib, u yoq-bu yog`ini qovurdingizmi, qatlama bo`ladi. Xamirni yoyib, maydalab piyoz, kartoshka to`g`rab, soling. Xonim tayyor bo`ladi. Go`shti bo`lmasa, nima qilibdi? Goh undoq, goh bundoq. Oshxonada mana shunday tadbirli bo`lsangiz, o`g`limning birini ikki qilasiz». Bu qaynonaginamning qulog`imga quyganlari. Haqiqatda, bugun o`g`lining — erimning biri ikki. Oyijonim esa epli kelinidan xursand.

Tilingizga erk bermang!

Mehmon kutish uchun kun bo`yi harakatda edim. Eng aziz mehmonlarim — qaynona-qaynotam uyimizga kelishmoqchi edi. Kelishdi, shod-hurram kutib oldim. Dasturxon boshida bir voqeani eslab qaynonamga gapirib berdim. «Boyagina rahmatlik buvijonni eslab turgandim. Mehmon kutar kuni ish shunaqangi ko`p bo`lardiki, ovqat eb olishga ham vaqt topolmasdik. Shunaqa paytlar buvijon sizdan yashirincha uyiga bir yumush bilan meni chaqirib, u-bu egulik berib, qornimni to`yg`azib qo`yardi. «Qorni ochdan supurgi qo`rqar emish, bunchalar qaynonangiz zolim bo`lmasa! Mana bu ikki dona somsadan eb olingu keyin ishingizni qilavering!» derdi. Buni eshitgan qaynonam o`zini-o`zi urisha boshladi: «Rostanam, qattiqqo`l bo`lgan ekanman-a! Uyning narigi burchagida ham chang qolmasin, mehmon shuni ko`rsa, uyat qiladi, deb tinim bermasdim. Mehmon esa kelardiyam,  ketardiyam». Kulimsirab qo`ya qoldim.

Vaqt oqar soydek o`taveradi, kuni kecha baliqdek gung kelinlarning ichidagi alami tashiga asta chiqib boradi. Bir vaqtlar yurakdan o`tgan alam tilga ko`chishi rost, axir. Muhimi, o`z vaqtida tilni tishlash kerak. Qaynonalar baliqdek kelinlarini o`z vaqtida qadrlasa, ko`z o`ngida bunyod bo`lib o`zidan ko`paygan bir oilaning baxtiga soya tushmaydi.

Erkak kishining qorni ochganda…

Bu voqea yuz berganda hali to`yimizga ko`p bo`lmagandi. Ishdan kelsam, tushlikka mastava pishirilgan ekan. To uni turmush o`rtog`imga isitib bergunimcha taom ichidagi guruch bo`kib, atalaga aylanib qoldi. Tayyorlagan taomim kosasi bilan ikkinchi qavatning oynasidan uchdi. «Bunaqa ovqatni emayman! Menga darrov kartoshka bilan go`sht qovurib kel!» jahl qilib baqirdi kuyov bola.

Alam qildi. Yig`ladim. To aytgan ovqatini tayyorlagunimcha buvijonim arzanda nevarasini  yoniga o`tkazib, nasihat qildi. Vaqt o`tib sindirilmagan patir, isitilmagan yangi taom yeb, erkalikda o`sgan erim o`zi ro`zg`or qiladigan bo`ldi. Endi olib kelgan masallig`iga ko`ra pishgan obi-yovg`onni indamay xo`r-xo`r ichayapti. Bu vaqtgacha meni qancha sochimga oq oralaganini gapirmay qo`ya qolay. Ularni bo`yash uchun pulni qurtdek sanab olamanu o`sha paytlar qulog`imga qo`rg`oshindek quyilgan gaplarni esga olaman: jahli chiqqan erkakni vaqtida qornini to`ydir!

Orasta va lobar bo`ling!

Ayol kishi uy ishlarini ham qilishi kerak, ammo o`ziga qarashni ham unutmasin! Negaki erkak ko`zi bilan sevadi. U yonida doimo shirin iforlar taralib turadigan ozoda, chiroyli xotinni ko`rishni istaydi! Kelinlar, o`zingiz ham, xonadoningiz ham doim guldek yashnab tursin. Shunda yoringiz orasta va lobar ayoli o`rnida o`zgasini tasavvur qilolmaydi.

Xulosa o`rnida…

Azizlarim, uch qizni voyaga etkazayotgan onaman. Nimaiki bo`lgan taqdirda ham, men sizni tushunaman. Tosh kelsa, kemirib, suv kelsa, simiring demoqchi emasman. Hurmatingizni poymol qilib oyoq artsalar ham, baliq bo`lib indamang, deyish maqsadim ham yo`q! Ammo og`izdan chiqqanini yoqaga yopishtirish ham sizga yarashmaydi. «Kelin degan kishi, malaylarga teng kishi!» «Qiz tuqqan aybdor, o`g`il tuqqan gubernator!» kabi gaplarga chidaganlar kam bo`lmadi, ishonavering! Siz ham yutqazmaysiz. Yaxshisi, baxtingiz uchun to`g`ridan-to`g`ri emas, aylanma yo`l bilan kurashing. Ustaroq bo`ling, yaxshi gap bilan qayin-bo`yinni iydiring! Mehr, shirinso`z, makr bilan o`z uyingizning bekasiga aylaning!

manba: Darakchi.uz



Категория: Советы     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar