Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

04.10.2016

Asabiylikni yengishning 19 usuli

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 103
Asabiylikni yengishning 19 usuli

Hisobotni tayyorlashga ulgurmayapsiz, yig`ilishda ma`ruza o`qishingiz kerak, to`ng`ich o`g`lingizning xulqi uchun maktabga chaqirishgan, kichigining tobi yo`q. Uy-ro`zg`or, pishir-kuydir… Eh-he, shuncha tashvish turganda asabiylashmay bo`ladimi, dersiz? Qalovini topsang, qor ham yog`adi, deganlariday, asabiylikni ham engish mumkin. Mana, buning sinalgan usullari…

Tinchlaning!

Asabiylashganda aql va hissiyot birgalikda junbushga kelib, qay birini ma`qullashni bilmay qolasiz. Shu bois ham dastlab tinchlanishni o`rganing. Uyga kelgach, qulayroq kursiga joylashing-da, qo`l va oyoqlaringizni erkin harakatga keltiring. Bu ko`rinishingiz chetdan qaraganda biroz g`alatiroq tuyulsa ham o`zingiz uchun qulay bo`lsin. Ko`zlaringizni yuming-da, tanangiz va ruhingizni bo`shashtiring. Bu mashqni har kuni yoki kun ora 15 daqiqadan bajarish mumkin.

Tanangizni chiniqtiring!

E`tibor bergan bo`lsangiz, asabiylashganda albatta biror joyingiz og`rib qoladi. Hech bo`lmaganda bosh og`rig`i yuzaga keladi. Ana shunday vaziyatlarda tananing jismoniy quvvati mustahkam bo`lsa, asab tolalari ham taranglashmaydi. Buning uchun esa bir kunda 3 martagacha 10 daqiqalik badantarbiya mashqlarini bajarishni, hech bo`lmaganda o`rningizdan turib, qo`l-oyoqlar chigilini yozib turishni kanda qilmang.

Ajinlarga yo`l bermang!

Stress holatiga tushganingizda ko`zgudagi aksingizga hech ahamiyat berganmisiz? Gap shundaki, asabiylashish qonda adrenalin miqdorini oshirib, yurak urishini tezlashtiradi. Natijada esa tana mushaklari zo`riqib ishlashga majbur bo`ladi. Asabiylashgan insonga bir qarang: peshanasida uzun-uzun ajinlar, ko`zlari qisilgan, tishlari bir-biriga qattiq tegib turgan… Yodingizda bo`lsin, qanday vaziyatda asabiylashmang, yuzni tirishtirmaslik kerak. Yaxshisi, asabingiz belgi berishni boshlasa, chuqur-chuqur nafas oling.

Pufak mashqi

Odatda asablanishni boshlasak, o`z-o`zidan nafas olishimiz tezlashib, ko`krak qafasi odatdagidan balandroq ko`tarilayotgandek tuyuladi. Aslida ham shunday. Biroq bu organizm uchun zararli holat. Nafas olishingiz tezlashayaptimi, sekinlatishga harakat qiling. Chuqur nafas oling-da, barcha tashvishlaringiz solingan pufakni shishirayotgandek tasavvur qilib, o`pkadagi havoni ko`kragingizdan itarib chiqaring. Puffakning rangi va o`lchamini xayolan tasavvur qiling. Yana bir marta chuqur nafas oling va qaytib chiqarishda shishirilgan pufakni osmonga uchirib yuborayotgandek puflang.

Tinglang!

Hissiyotlaringizni boshqarolmay qolayotganingizni sezsangiz, qaerda bo`lishingizdan qat`i nazar, joyingizda to`xtang. Ko`zlaringizni yuming-da, yuragingizning urishiga quloq tuting va asta xayollaringizni tartibga keltiring. Bu usul yordam bermasa, o`zingizga ma`qul kelgan kuy-qo`shiq yoki taronani balandlatib, tinchlanguningizcha tinglashda davom eting.

Yoqimli xotiralar

Xavotir va hadikdan qutula olmasangiz, oilaviy fotosuratlar jamlangan albomni varaqlang. Suratlar orasidan o`zingiz uchun eng qadrli va yorqin xotiralarga boyini tanlab, xayolan suratdagi manzarani jonlantiring va bevosita o`sha voqealarga qaytgandek tasavvur qiling. Yoki bolalikka qaytib, onangizning tizzasida bosh qo`yganingiz, buvingiz sochlaringizni ohista silaganini eslang. 5-10 daqiqalik bunday seanslar hayotingizda yaxshi va yorug` kunlar juda ko`pligini yodingizga soladi.

Suvli muolajalar

Vannaga suv to`ldirib, 2-3 tomchi efir moyidan qo`shing. Bunday suvli muolaja tana mushaklarini bo`shashtirib, tinchlanishingizga yordam beradi. Agar vanna qabul qilishni istamasangiz, quyidagi usulni sinab ko`ring. Iliq suvda sochlaringizni namlang. So`ng shampun surtib, soch ildizini engil uqalang. Chayish vaqtida esa «Barcha tashvishlarim suv bilan chiqib ketsin» deya 3-4 marotaba ovoz chiqarib takrorlang.

O`zingiz uchun mashg`ulot toping!

Bo`lar-bo`lmasga asabiylashavermay, o`zingiz uchun qiziqarliroq mashg`ulot toping. Tikish, to`qish yoki raqs tushish ham foydadan xoli bo`lmaydi. Muhimi, diqqatingizni muammolardan xoli bo`lgan narsaga qarating. Bunda javondagi kiyimlarni qaytadan taxlash yoki dazmol qilish ham foyda beradi.

Og`riqni mahv eting!

Qanshar (ikki qoshning o`rtasi) sohasini barmoq uchlari bilan bosing. Qaerda og`riq sezilsa, o`sha nuqtani 10 daqiqa engil uqalang. So`ng ikki chakkani barmoq uchlari bilan uqalab, peshana qismini engil shapatilang. Bu muolajalar uchun bor-yo`g`i 10-15 daqiqa vaqt sarflaysiz xolos. Natijada asabiylashishning oldini olishingiz mumkin.

Yig`lamoqchimisiz?

Hissiyotlaringiz boshqarolmaydigan darajaga etdimi? Hech kim bo`lmagan xonaga kiring-da, baland ovozda baqiring, to`yguningizcha yig`lang. Istasangiz, yostiqlarni oting, qog`ozni mayda-mayda bo`laklarga bo`lib tashlang. Muhimi, bu jarayonlarda ichingizdagi bor alamlaringiz tashqariga chiqib ketsin. Ana shundan so`ng asabiylashishingiz uchun sabab bo`lgan holatni eslasangiz, u sizga u qadar tashvishli bo`lib ko`rinmaydi.

Alamlaringizni «kuydiring!»

Sizni tashvishga solayotgan muammolarni istagan ko`rinishingizda qog`ozga tushiring. So`ng yoqilgan shamga tuting-da, sekin-asta yondiring. Yonib, kulga aylanayotgan har bir qismini xuddi tashvishlaringiz yo`q bo`layotgandek tasavvur qiling.

O`zingiz bilan suhbatlashing!

His-tuyg`ularingizni ovoz chiqarib talaffuz qiling. «Hammaning qarshisida yig`lashdan uyalaman» «Axir buning nimasi yomon, hamma ham mendek ahvolga tushishi mumkin-ku!» Ovoz chiqarib o`zingiz bilan suhbatlashganingizda ham muammongizni so`zlaysiz, ham o`zingiz sezmagan holda uning echimini topishingiz mumkin.

Harakatda bo`ling!

Yugurish, tez yurish yoki shunchaki sayr qilish diqqatingizni harakat holatiga yo`naltirib, biroz bo`lsa-da, tashvishlarni unutishga yordam beradi. Asabiylashganingizda ko`chaga chiqing-da, shunchaki yarim-bir soatlar davomida hech kim bilan suhbatlashmay sayr qiling. Toza havoda yolg`iz sayr qilish fikrlarni to`plashga yordam beradi.

Yangilik kiriting!

Uy jihozlarining o`rnini almashtiring. Javon va stol-stullarni chang-g`uboridan tozalang. Deraza oynalarini ochib, xonaga toza havo va yorug`lik kiriting. Javondagi yaroqsiz ko`rinishga kelgan kiyim-kechaklaringizni bo`shatib, o`rniga yangi yorqin ranglardan qo`shing. Mana ko`rasiz, bu ham kayfiyatni ko`taradi, ham asabni tinchlantiradi.

Tabassum qiling!

«Kulishga holim yo`q» deysizmi? Unda o`zingiz yoqtirgan komedik filmni tomosha qiling yoki hajviyalar yozilgan audiokasseta tinglang. Ko`z yosh bilan ham muammoning echimini topish mumkin. Biroq tabassum yordamida hal bo`lgani o`zingizga bo`lgan ishonchning qanchalik mustahkamligini bildiradi.

Pazandaligingizni ishga soling!

Muammolar bilan o`ralashib, anchadan beri biror mazali egulik tayyorlamadingizmi? Oshxonaga kiring-u, o`zingiz sevib iste`mol qiladigan biror taom yoki egulikni ixlos bilan tayyorlang. O`zingizni xuddi dunyodagi eng mohir oshpazdek his eting. Diqqatingiz faqat taom tayyorlash bilan band bo`lsin. Mana ko`rasiz, u shunaqangi mazali bo`ladiki, yaqinlaringizning maqtovlaridan asabiylashganlaringiz ham unutilib ketadi.

Imidjingizni o`zgartiring!

Ba`zan bir xil ko`rinishda yurish ham insonni bir xil qolipga solib qo`yadi. Shu sabab vaqti-vaqti bilan yangilanib turishdan cho`chimaslik kerak. Soch turmagi, pardoz uslubi, hatto labga bo`yoq surtishda ham yangilik qilish mumkin. Birgina o`zgarish ham kayfiyatingizga ijobiy ta`sir etib, muammolarga boshqacha nigoh bilan qarashga undaydi.

Qo`lingizga qog`oz-qalam olib…

Sizni tashvishga solayotgan va asabiylashishingiz uchun sabab bo`layotgan holatni bir so`z bilan ifodalab, qog`ozga tushiring. So`ng shu so`zga echim bo`lishi mumkin bo`lgan boshqa so`zlarni ketma-ket yozib chiqing. Qarabsizki, o`zingiz sezmagan holda muammoning ildizi qaerda ekanligini va qay yo`l bilan uni hal etish mumkinligini tushunasiz. To`g`ri, bir martada natijasi quvontirmasligi mumkin. Ammo asabiylashishni istamasangiz, bu mashqni bir necha bor takrorlashdan erinmang.

Yaqinlaringizdan ko`mak so`rang!

Og`ir vaziyatdamisiz? Yaqinlaringizga ahvolingizni tushuntirish va ulardan ruhan ko`mak olishdan tortinmang. Zero, odam taftini odam oladi, deya bejiz aytishmaydi. Onangizning elkasiga bosh qo`yib yig`lash, opangiz yoki singlingizning qarshisida o`zingizni tushkun, nochor ahvolda ko`rsatish sizning ojizligingiz emas. Aksincha, yaqinlaringiz, suyanganlaringiz borligi uchun ham hissiyotlaringizga erk berishingiz mumkin bo`lgan holatdir.

Hayot oqimida turli vaziyatlarga tushib qolib, ba`zida o`zimizni idora qilolmasligimiz rost. Ammo istasak, barcha muammolarning echimini topa olamiz. Muhimi, o`zimizga bo`lgan ishonch va qat`iyat so`nmasa bo`lgani. Asabimiz ham tinch, o`zimiz ham xotirjammiz.

manba: Darakchi.uz



Категория: Советы     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar