Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.09.2016

Soch bo`yashning 15 qoidasi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 190
Soch bo`yashning 15 qoidasi

Ruhshunoslar fikricha, ayol kishining soch rangini o`zgartirishi yangilikka intilish ifodasi ekan. Chindan ham, bo`yoq soch tolalarimizni zararlashiga qaramay, u tashqi ko`rinishimizga maftunkorlik baxsh etadi. Bilamizki, sochni uy sharoitida mustaqil bo`yash mumkin. Ammo sartarosh yordamisiz bu borada bir qancha kamchiliklarga yo`l qo`yishimiz ham bor gap. Shu bois bugun sizga Stilist Sanobar QUDRATOVA tavsiyalari asosida sochni to`g`ri bo`yash qoidalarini o`rgatmoqchimiz.

1. Tayyorgarlikni bir oy avvaldan boshlash lozim. Sochni bo`yagunimizga qadar oziqlantiruvchi niqoblar bilan  vitaminlarga to`yintirsangiz u kamroq zarar ko`radi.

2. Bo`yoqni to`g`ri tanlash darkor. Ko`pchilik bo`yoq qadog`idagi suratga tayanadi. Shu rangga bo`yasam, mening ham sochim xuddi shunday bo`ladi, degan fikrga borish noto`g`ri. Yaxshisi, sochingizning asl rangini hisobga oling. Masalan, tim qora sochlar boshqa rangni o`zlashtira olmaydi. Ularni ochartirish uchun avval tabiiy rangni “yuvish” (“kuydirish”) kerak. Keyin esa bo`yoqda istalgan rangni berish mumkin.

3. Nam sochni bo`yash oson, ammo samarasiz. Rang yaxshi  chiqishi uchun bo`yashdan avval sochni obdon quriting.

4. Cochni qismlarga bo`lib bo`yasangiz, rang bir xil bo`ladi. Bo`yoqni ildizlardan boshlab surtish kerak.

5. Bo`yashda sochlar toza emas, kirlangan bo`lishi kerak, degan gapga tayanib, ba`zi go`zallik saloni mutaxassislari bo`yashdan bir necha kun avval sochni shampun bilan yuvmaslikni maslahat berishadi. Ammo bu noto`g`ri! Shunchaki bir-ikki kun avval yuvilgan sochga bo`yoq surtilsa, bosh terisini qoplab olgan yog`lar tufayli soch ildizi kamroq zarar ko`radi.

6. Sochni bo`yagach, oradan ikki-uch kun o`tmay turib, yuvmaslik kerakligi haqiqat. Nega deganda, rang soch tolalariga singib olishi uchun imkon berish kerak.

7. Bo`yoqni yuvib tashlashda suvning iliqligiga ahamiyat berish kerak. Issiq suv soch rangini xiralashtiradi, shuningdek, bosh terisini zararlaydi.

8. Sochni yuvgach, oynaga qaraganingizda rang istaganingizdan to`qroq ko`rinishi tabiiy. Bunga namlik sabab bo`lishi mumkin. Quritib ko`ring. Hamon ko`nglingiz to`lmayotgan bo`lsa, tezda shampun va kondisioner bilan sochni yuving.

9. Sochingizning yangi rangi yoqmayotgan bo`lsa, darhol boshqa bo`yoq bilan tajriba o`tkazishga tushmang. Aks holda bosh terisiga qattiq zarar etadi. Hech bo`lmasa, ikki hafta sabr qilib, bu vaqt ichida sochingizni oziqlantirish bilan shug`ullaning.

10. Istalgan rang uzoq saqlanishi uchun doimiy ravishda bo`yalgan sochlarga mo`ljallangan maxsus shampun, balzam va kondisionerlardan foydalangan ma`qul.

11. Bo`yoqdan yuvilgan sochlarni fen bilan emas, tabiiy quritishga harakat qiling. Fen bo`yoq bergan elastiklik va yaltiroq jiloga putur etkazadi. Shuningdek, bo`yalgan sochlarni doimo fenda quritib yurish ham rangning tez o`zgarishiga olib keladi.

12. Yangi nomdagi bo`yoqni ishlatishdan avval uni bosh terisining kichik bir qismida qo`llab ko`rib, allergik reaksiyalarga ta`sirchanlikni tekshirish kerak.

13. Soch rangi to`q bo`lishi uchun bo`yoqni instruksiyada ko`rsatilgan muddatdan uzoq vaqt ushlab turish foydasiz bo`libgina qolmay, bosh terisi uchun koni zarar hamdir.

14. Sochlaringiz uzun bo`lsa, hech ikkilanmay, bo`yoqdan 2 ta xarid qiling. Uni ko`paytirish uchun shampun yoki boshqa suyuqlik qo`shish mumkin emas.

15. Bo`yalgan soch parvarishga muhtoj bo`lib qoladi. Sochingiz rangini o`zgartirish barobarida uning mustahkamligi va sog`lomligini saqlab qolish niyatida bo`lsangiz, endi tabiiy mahsulotlardan tez-tez niqob tayyorlab turing. Masalan, tuxum, asal, limon, qatiq, bodom yog`i qo`shib tayyorlangan niqob bo`yalgan soch uchun juda foydalidir.

manba: Darakchi.uz



Категория: Советы     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar