Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.09.2016

Mazali desertlar bilan ham ozish mumkin!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 154
Mazali desertlar bilan ham ozish mumkin!

Qomatidan doim tashvishlanadigan xonimlar har bir luqmani o`lchab, chamalab, hisob-kitob qilib keyin yeydilar. Ammo ishtaha deganlari ham juda o`jar narsa ekan. Shirinlik yoki tortga nigohlar tushganida «hoy, to`xta» deydigan mard topilmay qoladi. Shunday paytlarda shirinliklar orasidan kaloriyasi kamrog`ini tanlashni o`rganamiz.

Mevali kabobga tobingiz qaylay?

Oshxonaga borasiz, muzlatkichni ochasiz va ko`nglingizga yoqqan mevalarni olib, yeyishga qulay bo`laklarga bo`lasiz. Ularni taxtali sixlarga terib paqqos tushuravering. Axir bunday desertning 100 grammida atigi 32 kkal. mavjud. Qarang, qomatga ziyon yetkazmay, shirinlikxo`rlik qilsa ham bo`larkan.

Jeleli fantaziya

Bunday ishtahani qitiqlovchi shirinliklar atigi 100 kilokaloriyaga ega ekanligi uchun ortiqcha santimetrlardan xalos bo`lish istagida yurgan  xonimlar o`rtasida «bozori chaqqon» sanaladi. Uni tayyorlash uchun 4 osh qoshiq jelatinni 0,5 piyola suvda tindirib qo`ying, bu orada 500 ml. yog`siz smetanaga 3 osh qoshiq shakar qo`shing. Jelatin erigach, smetanali massa bilan aralashtirib, to`rtga bo`lasiz va har biriga rang beruvchi qo`shimcha qo`shasiz. Endi chiroyli qolip topib, turli ranglarni ketma-ket solingda, 2 soatga sovutgichga qo`ying. Mana kamalakrang jelatinli shirinlik tayyor bo`ldi. Qolipga yopishib qolmasligi uchun, tayyor shirinlikni 1 daqiqa qaynoq suvga solib olsangiz ham bo`ladi.

Hatto kremdan ham voz kechmaymiz!

Bilasizmi, bunday foydali kremning 100 grammida 70 kkal, mavjud, ustiga-ustak uni tayyorlash ham juda oson. Demak, 4 osh qoshiq yog`siz tvorogga 2 osh qoshiq asalni aralashtiring. Alohida idishda yarimta bananni ezib, asosiy masalliqqa qo`shing. Xohishga ko`ra boshqa mevalardan ham foydalansa bo`ladi.

O`z qo`limiz bilan konfet tayyorlaymiz

Bunday konfetlarning 100 grammida atigi 150 kkal. quvvat bo`lsa-da, mazasi haqiqiysidan a`loroq. Demak, ishni 150 gramm maydalangan turshak, yarim piyola suv, yarim choy qoshiq dolchin, 1/4 choy qoshiq muskat yong`og`i va shuncha miqdorda kardamonni past olovda qaynatishdan boshlaysiz. Qaynab chiqqach, turshak yumshab ketgunicha past olovda miltillatib qo`yasiz. So`ng sovutasiz. 30 gramm qovurilgan sedana, 2 piyola myusli (turli donlar va mevalar aralashmasi)ni maydalab, birinchi masalliqqa qo`shasiz. So`ng dumaloq shaklga keltirib, kunjut bilan qoplaysiz va 30 daqiqaga sovutgichga qo`yasiz.

Olmali chipslar

Televizor yoki kompyuter qarshisida og`zini bo`sh qoldirmaydiganlar uchun chinakam topilma. Olmani ingichka qilib kesib olasiz. Gaz patnisiga  pergament qog`oz to`shab, ustiga parrak qilib kesilgan olmalarni terib chiqasiz. So`ng, limon sharbatini purkab, ozgina dolchin sepsangiz kifoya. Chipslarni 80 daraja haroratdagi gaz pechida 2 soat mobaynida quritasiz. Bunday tamaddi sizga 50 kkal.ga tushadi. ham oson, ham shirin. Osh bo`lsin!

manba: Darakchi.uz



Категория: Советы     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar