Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

21.09.2016

Makkajo`xorining 5 dorivor xususiyati

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 97
Makkajo`xorining 5 dorivor xususiyati

Hozirgi kunda makkajo`xorini deyarli barcha do`kon rastalarida uchratish mumkin. Uning tarkibida B, PP, C, fosfor, kaliy va yurak faoliyatini yaxshilovchi K vitaminlari mavjud. Yog`li taomlarni xush ko`ruvchilar bu sabzavotdan ko`proq tanovvul qilishlari lozim. Chunki u xolestrenni chiqarib yuborish xusussiyatiga ega. Biz o`ylab ham o`tirmay tashlab yuboradigan makkajo`xori popugidan esa dorishunoslar dori tayyorlaydilar. Quyida uy sharoitida makkajo`xori va uning popugidan tayyorlanadigan foydali reseptlar bilan o`rtoqlashamiz.
1.  Glaukomada
15 gramm maydalangan makkajo`xori popugiga 1 stakan qaynagan suv quyib, 40 daqiqaga damlab qo`ying. So`ng uni dokada suzib olib bir kunda uch marta 1 osh qoshiqdan qabul qiling. Orqasidan suv ichmang, yaxshisi, suvni bir oz vaqt o`tgandan keyin iching.

2.  Pankreatitda
2 dona makkajo`xorini yuvib, popuklaridan ajratmay, yumshaguncha qaynating. So`ng sabzavot qaynatilgan suvni, bir kunda uch marta bir stakandan ichib yuring, makkajo`xorini esa eng.

3.  Qandli diabetda
2 osh qoshiq makkajo`xori uni va 1 osh qoshiq maydalangan na`matakni aralashtiring. Ustiga 2 stakan qaynagan suv quyib, bir necha daqiqa olovga qo`ying. So`ng 1 soatga damlab qo`yib, kuniga uch marta, ovqatdan 15 daqiqa keyin yarim stakandan qabul qiling. 3 hafta muolajani qilib, 3 hafta dam olasiz.

4.  Ortiqcha vaznda
Makkajo`xori ishtahani pasaytiruvchi eng samarali sabzavotdir. Shu sababli u semizlikdan aziyat chekayotganlarga tavsiya etiladi. Buning uchun 20 gramm makkajo`xori popugiga 200 ml. qaynagan suv quyib, 1 soatga damlab qo`ying. Damlamani kuniga 1 osh qoshiqdan 5 mahal iching.

5.  Burun ustidagi qora nuqtalardan xalos bo`lishda
2 osh qoshiq makkajo`xori unini bir dona ko`pirtirilgan tuxum oqi bilan aralashtiring. Tayyor niqobni yuzdagi qora nuqtalar ustiga surting. Qurib qolganida oldin iliq, so`ng sovuq suv bilan yuving. Muammodan xalos bo`lish uchun muolajani ikki marta takrorlasangiz kifoya.

manba: Darakchi.uz



Категория: Советы     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar