Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.09.2016

Hayotingizni yaxshilashga yordam beradigan 7 ta noan’anaviy maslahat

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 88
Hayotingizni yaxshilashga yordam beradigan 7 ta noan’anaviy maslahat

Maqsadga yetishishning yarim yo‘lida to‘xtang.

Qachonki, inson o‘z maqsadi tomon borishda yo‘lda to‘xtar ekan, qoidaga ko‘ra bu yomon natijalar haqida, ya’ni “U bu maqsadga erisha olmaydi. U hech narsaga qodir emas. U juda ham ojiz” degan salbiy fikrlar haqida o‘ylayotgan bo‘ladi. Yo‘q, bu noto‘g‘ri. Mashhur tashkilotlari ba’zilari muvaffaqiyatga erishguncha ishga tushirilgan, keyin bir necha marta ketma-ket tashlab qo‘yilgan. Bu behuda kuch va vaqtni sarflashga yo‘l qo‘ymaslik uchun qilingan. Kelgusida muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun loyihani vaqtida rad etish uchun rostakamiga aqlli inson bo‘lish kerak. Chekishni tashlagan va vaqtincha chekishdan bosh tortgan insonni o‘rtasida katta farq bor. Maqsadingizga erishish yo‘lida necha marta to‘xtashingiz ahamiyatga ega emas. Muhimi keyin oldinga intilishingiz.

Dangasa bo‘ling.

Shunday lahzalar bo‘ladiki, siz sermahsul bo‘lishingiz kerak, shunday lahzalar bo‘ladiki, o‘zingizga dangasalik qilishingizga imkon berishingiz mumkin. Tinimsiz ishlaydigan minglab odamlar bor. Sutkasiga 24 soat dangasalik qiladigan odamlar ham uchraydi. Lekin faqat ba’zi odamlargina o‘zlariga foyda keltirishi uchun samaradorlik va dangasalikni muvaffaqiyatli tarzda meyorda ushlab turishadi. Mehnatsevar bo‘lish kerak, lekin lekin ba’zida to‘xtab, hordiq chiqarish ham kerak. Baxt va muvaffaqiyatning garovi ikkita ehtiyojning o‘rtasidadir.

Bahsga kirishing va yutqazing.

Bahs ikki xil nuqtai nazarga ega bo‘lgan insonlar o‘rtasida tug‘iladi. Bahsga kirishgan odamlar kamdan-kam holatda yutqazishni o‘ylashadi. Bahslashayotganda qarshimizdagi insonni eshitmaymiz. Agar siz rad qilishga harakat qilayotgan dalillar ishonchli bo‘lsachi? Suhbatdoshingizning so‘zlariga quloq solishga harakat qiling. Balki ularda qisman haqiqat bordir?! Har qanday holatda siz boshqa insonning nuqtai nazarini diqqat bilan tinglasangiz, unga e’tiro bildirishingiz oson bo‘ladi. Agar siz boshqa insonni tinglay olmasangi, unda insonlar bilan muloqot qilishni o‘rganishingiz kerak.

Bir soniyaga kelajak haqida unuting.

Albatta, kelajakni rejalashtirish katta ahamiyatga ega. Lekin siz hozir yashayapsiz! Kelajakni rejalashtirish – tabiiy holat, lekin bu hozirgi holatni e’tiborga olmaslik hisobiga bo‘lmasin. Bolalikda biz doim katta bo‘lganimizda nima bo‘lishini xayol qilgan bo‘lsak, katta bo‘lganimizda esa doim qariganimizda nima bo‘ladi deb o‘ylayveramiz. Shu yerda va hozir yashashga harakat qiling.

Oz-ozdan o‘rganing. Ta’lim olish – juda kerak. Bu vosita yordamida biz aqlimizni oshiramiz va atrofimidagi olamni o‘rganamiz. Biz doim yangi bilimlarni o‘rganishga tayyor bo‘lishimiz kerak, lekin shu bilan birga miyamizga yetib kelayotgan ma’lumotlar sonini chegaralashimiz kerak. Ma’lumot – aqlingi uchun taom. Uning juda ham ko‘p bo‘lagi miyamizga faqat zarar yetkazishi mumkin. Bugungi dunyoda ma’lumotlar manblari shunchalik ko‘pki, har kuni ko‘p narsa haqida kam biladigan odamlar paydo bo‘lmoqda. Barcha narsa haqida yuzaki bilgandan ko‘ra kamroq narsa haqida chuqurroq bilgan ma’qulmikan?

Qiziqishlaringiz yo‘lida boshqa odamlardan foydalaning.

Bu o‘zgalarning yordamidan foydalanish uchun ularni suiiste’mol qilish o‘rtasida katta farq qiladi. Boshqalarning yordamidan foydalana turib, siz boshqalarning ko‘magiga, g‘oyalariga va fikrlariga ega bo‘lasiz. Barcha ma’lumotlarni yig‘ib, tahlil qilib, katta bilim va ma’lumotlar manbaini qo‘lga kiritasiz. Bu bilan kelgusida qaror qabul qilishingiz oson bo‘ladi. Qolaversa, bu aqliy salohiyatingizga yaxshi qo‘shimcha bo‘ladi. “Bitta kalla –yaxshi, ikkita kalla – undan ham yaxshi”, deb bejizga aytishmagan. Siz yaxshi niyatda ekanligingizni boshqalar bilsa, kimningdir ko‘ngilchanligini suiiste’mol qilayotganingidan xavotirga tushmasangiz ham bo‘ladi. Ayrim odamlarning yordami haqiqatan ham bebahodir.

G‘ayrioddiy bo‘ling. Ko‘pincha iqtidorli odamlarning g‘alati qiliqlari bo‘ladi. Muvaffaqiyatga erishgan ko‘p mashhur ixtirochilar va tadbirkorlar aslida juda g‘alati insonlar bo‘lishgan. O‘zingizni chegaralab qo‘ymang. Kimdir yaratgan doirada o‘zingizni saqlab turmang.



Категория: Советы     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar