Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.09.2016

Erkaklarni o`ziga ohanrabodek tortuvchi ayollardagi 12 fazilat

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 339

Ayol kishining jozibadorligi nimada ekan? Hech e`tibor berganmisiz, odatda unchalik chiroyli bo`lmagan qizlar yigitlarning diqqat-markazida bo`lishadi. Biz sizlarga erkaklarni rom etuvchi hislatlarni sanab o`tamiz.

Erkaklarni o`ziga ohanrabodek tortuvchi ayollardagi 12 fazilat

 

O`ziga ishonish
O`ziga ishongan ayollar hech qachon ommani oldida o`zini tanqid qilmaydi, ayrim jozibador ayollar kabi oddiy muammodan fojia yasamaydi, balki har qanday vaziyatda o`zini qanday tutishni yaxshi bilishadi. Shuning uchun ham erkaklar o`ziga qattik ishongan ayollarni juda ham yoqtirishadi.

Erkaklarni o`ziga ohanrabodek tortuvchi ayollardagi 12 fazilat

 

Nazokat va noziklik
Erkaklar ko`proq ayollarning nazokatiga va yoqimli muomalasiga e`tibor berishadi. Ayol kishiga qo`rsatgan ehtiromlari orqali ular o`zlarini haqiqiy kuchli erkak sifatida his qilishar ekan.

Erkaklarni o`ziga ohanrabodek tortuvchi ayollardagi 12 fazilat

 

Ezgulik va yaxshi ishlar
Hamma narsada yaxshilikni ko`ra biladigan va hayotga yorug` ko`z bilan qaraydigan ayollar hamisha ko`pchilikning e`tiborini o`zlariga tortadilar. Uzoq munosabatlarni saqlab qolish uchun erkaklar ayollardagi aynan ana shunday iliq hislatlarga e`tibor berishadi.

Erkaklarni o`ziga ohanrabodek tortuvchi ayollardagi 12 fazilat

 

Intiluvchan va erkin 
Intiluvchan, sobitqadam ayollar vaqtdan unumli foydalanib, o`z taqdirlarining bekasi hisoblanadilar. Shuning uchun ular o`z haraqatlari bilan passiv ayollarga nisbatan erkaklarning nazariga ko`proq tushishadi.

Erkaklarni o`ziga ohanrabodek tortuvchi ayollardagi 12 fazilat

 

Hayotni sevish va quvnoqlik
Hayotni sevuvchi, ilg`or, birovni g`iybat qilmaydirgan, quvnoq ayollar erkaklarni o`zlariga ohanrabodek tortishadi. Bunday ayollar har bir kundan zavq olib yashashni bilishadi.

Erkaklarni o`ziga ohanrabodek tortuvchi ayollardagi 12 fazilat

 

Sarishta va didli bo`lish
Sarishta va did bilan kiyingan ayollar hamisha erkaklar nazaridan qolmagan. Erkak kishi modani bilmasligi mumkin, ammo ayollar yarashiqli kiyinganmi yo`qmi,  darhol sezishadi.

Erkaklarni o`ziga ohanrabodek tortuvchi ayollardagi 12 fazilat

 

Bekalik
Bekalik – ayollardagi eng oliy hislat. Erkaklar ayollardagi pazandalik va  saranjomlik hislatlarini qadrlashadi. Bunday ayollar baxt timsoli hisoblanadi.

Erkaklarni o`ziga ohanrabodek tortuvchi ayollardagi 12 fazilat

 

Baxtli bo`lish
Erkaklar injiq, o`z-o`zidan norozi bo`lib, hamma narsadan kamchilik izlagan ayollarni yoqtirishmaydi. Baxtli hayot kechiruvchi, hamma narsani qadrlovchi ayollar olami erkaklarni o`zlariga jalb qiladi.

Erkaklarni o`ziga ohanrabodek tortuvchi ayollardagi 12 fazilat

 

Ko`zlardagi yorqin qiziquvchanlik
Samimiy va tabiiy munosabatlar har kimning ham e`tiborini tortmay qolmaydi. E`tiborni o`ziga tortuvchi ayollar o`z his-to`yg`ularini yashirmaydilar. Ayol kishi o`zining bunday munosabatlari bilan erkak kishining aqlini va yuragini zabt etadi.

Erkaklarni o`ziga ohanrabodek tortuvchi ayollardagi 12 fazilat

 

Xushmuomalalik
Erkaklar o`zlarini juda ham bilimdon sanaydigan ayollardan ko`ra ochiqko`ngil va xushmuomala ayollarni yoqtirishadi. Jozibador ayol o`zini go`yo donishmanddek tutmaydi, balki ustamonlik bilan bilan suhbatdoshining ko`ngliga yo`l topadi.

Erkaklarni o`ziga ohanrabodek tortuvchi ayollardagi 12 fazilat

 

Latofatlik
Ayol kishi o`ziga xos harakatlari, latofatligi va chiroyli yurishlari bilan erkak kishini rom etadi. Erkaklar ayollarning ushbu harakatlari orqali o`ziga bo`lgan munosabatini bilib olishadi.

Erkaklarni o`ziga ohanrabodek tortuvchi ayollardagi 12 fazilat

 

Tabassum 
Erkaklar g`amgin, ma`yus qarashli ayollardan ko`ra ko`proq jilmayib turgan ayollarni yoqtirishadi. Tabassum — bu nafaqat quvnoqlikni, balki hayotni sevuvchanlikni anglatadi. Erkaklar ayollarning ko`zlaridagi quvnoqlikdan sarxush bo`lib, orom olishadi.

manba: Darakchi.uz

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Советы     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar