Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.09.2016

Bedana tuxumidan yuz uchun 10 niqob

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 137
Bedana tuxumidan yuz uchun 10 niqob

•  Sarig`i juda foydali bo`lib, melatonin moddasi teri hujayralarini yoshartiradi, lisitin esa parvarishlaydi, yumshatadi, himoyalovchi funksiyasini tiklaydi, namlantiradi. Va barcha turdagi yuz terilariga mos.

•  Oqi yuz terisi rangini yaxshilab, taranglashtiradi, quritadi. Yog`li yaltirash va mayda ajinlarni ketkazadi. Mayda teshikchalarni tozalaydi. Yuz terisi yog`li bo`lganlar uchun munosib tanlov.

•  3 dona  bedana tuxumining oqini 2 osh qoshiq qirg`ichdan o`tkazilgan bodring bilan aralashtiring. Dokannig ustiga tekis qilib surtib, keyin yuzingizga aralashmali tomoni bilan qo`ying. Ko`z va uning atrofi ochiq qolsin. 20 daqiqadan so`ng iliq suv bilan yuving. Bu niqob yuz terisini tozalaydi.

•  Agar yuz teringiz quruq yoki normal bo`lsa, 3 ta bedana tuxumiga 1 choy qoshiq asal va yarim choy qoshiq suli yormasini solib, yaxshilab aralashtiring. So`ngra niqobdan yuzingizga surting. 15-20 daqiqa o`tgach, issiqroq suv bilan yuving.

•  1 dona bedana tuxumi oqini ko`pirtirib, yuzingizga surting. Niqob qotgach, yana bir bor takrorlang. 15-20 daqiqadan so`ng iliq suv bilan yuving. Bu vosita yog`li yuz terisi uchun ayni muddao.

•  Sovuq kunlarda yuzingiz terisi quruqlashib ketsa, 1 dona bedana tuxumi sarig`iga 2 choy qoshiq zaytun yog`i qo`shing. Niqobni yuzingizga tekis qilib surtib, 15 daqiqadan so`ng issiqroq suv bilan yuving.

•  1 ta bedana tuxumi sarig`iga 1 choy qoshiq asal qo`shib, yuzingizga surting. 10-15 daqiqadan so`ng iliq suv bilan yuving. Ushbu aralashma yuz terisini parvarishlaydi.

•  Quruq va normal yuz terisi uchun 1 dona bedana tuxumini 1 osh qoshiq yog`li tvorog bilan aralashtirib, surting. 15 daqiqa o`tgach, issiqroq suvda chaying.

•  Quruq yuz terisini namlantirish uchun 1 ta bedana tuxumi sarig`iga 2-3 osh qoshiq issiq sut qo`shib, aralashtiring. Biroz sovutib, yuzingizga surting. 15-20 daqiqa o`tgach, xona haroratidagi suv bilan yuving.

•  Qora nuqtalarni yo`qotish uchun 1 ta bedana tuxumi oqiga 1 choy qoshiq limon sharbati soling. Teriga 3 qavat qilib surtib, 10 daqiqadan so`ng sovuqroq suv bilan yuving.

manba: Darakchi.uz

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Советы     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar