Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.09.2016

Bolaning maktabdagi 6 muammosi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 71
Bolaning maktabdagi 6 muammosi

Biz kattalar uchun oddiygina ko`ringan kichik, masalalar bolalar nazdida juda ulkan muammodek ko`rinishi mumkin. Shu sababdan ularni hal etishda sizning yordamingiz va qo`llab-quvvatlashingiz g`oyat muhim. Xo`sh, bolalar ruhiyati bilan bog`liq vaziyatlarda qanday yo`l tutishimiz kerak? Bu haqida psixolog Shahnoza XALILOVA tavsiya beradi.

1.  Agar maktabga borishni istamasa…

Bolalar ertalab uyqudan uyg`onishga qiynalganliklari uchun maktabga borishni istashmaydi. Tadqiqotchilar 5-6 haftadan keyin bola yangi kun tartibiga o`rganishini ta`kidlashmoqda. Shu sababdan farzandingiz kun tartibiga qat`iy rioya qilishini nazoratga oling. Sport to`garaklari yoki qo`shimcha mashg`ulotlarga yaxshisi 3-4 oydan so`ng jalb qiling.

2.  Darsga qiziqmasa…

Boshlang`ich sinf o`quvchilari bu muammoga deyarli duch kelishmaydi. Esini tanigan bolalar esa tushunmaganida, darsga tayyor bo`lmaganida qiziqmasligi mumkin. Bola mavzuni bilmaganidan qo`rqib, 45 daqiqa tahlikada o`tiradi. Bunday vaziyatda o`zingiz mavzularni tushuntiring. Ammo qo`shimcha darslar bilan yuklamani oshirish tavsiya etilmaydi.

3.  Mustaqil dars tayyorlamasa…

Bola yoshligidan har narsani tayyoriga erishib o`rgangani uchun dastlab darslarni ham ota-onasi bilan birga tayyorlashni xohlaydi. Shuning uchun ota-onalar tayyor javobni emas, aynan nimani tushunmayotganligini aniqlashlari va o`sha mavzuni faqatgina tushuntirib berishlari lozim. Bundan tashqari, bola bilan haftada besh kun emas, aytaylik, faqat uch kungina birga dars tayyorlashga kelishib oling. Qolgan kunlari esa tayyorlagan darsini faqat tekshirib bering va albatta, maqtab qo`yish ham yodingizdan ko`tarilmasin.

4.  Masxara qilishsa…

Bunday vaziyatda o`qituvchi, direktor yoki dilozorlarning ota-onasi bilan gaplashishga shoshilmang. Shunday qilsangiz, bolangiz endi «chaqimchi» tamg`asini ham ko`tarib yurishga majbur bo`ladi. Yaxshisi, farzandingizning muammoga nisbatan qarashini to`g`ri shakllantirishga harakat qiling. Agar shunda ham vaziyat o`zgarmasa, uning do`stlari bilan ishlashga to`g`ri keladi.

5.  Doskaga chiqishdan qo`rqsa…

Bola o`qituvchisidan yoki jamoa oldida nutq so`zlashdan qo`rqqani uchun doskaga chiqishdan cho`chiydi. Avvaliga o`qituvchisidan yozma ravishda iltimos qilarsiz. Bu orada esa ko`pchilik oldida nutq so`zlash ko`nikmalarini shakllantirishga muvaffaq bo`lasiz.

6.  Maktab kiyimi yoqmasa…

O`smirlar maktabga e`tiborni tortadigan kiyimlarni kiyishni istashadi. Ularni majburlamasdan, xariddan avval farzandingizga har bir libosning o`z joyi va o`rni, shuningdek, mavsumi bo`lishini tushuntiring. Libos tanlashda bolangizning o`zi ham ishtirok etsin. Agar uning kiyim borasida sizga ma`qul bo`lmagan to`rtta istagi bo`lsa, ulardan ikkitasini qondirishingizga kelishib oling.

manba: Darakchi.uz

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Советы     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar