Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.09.2016

Yapon donishmandligi: 35 ta kalit iboralar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 310
Yapon donishmandligi: 35 ta kalit iboralar

O‘zingizga saqlab qo‘ying.

1.Telba va ahmoqlarga yo‘l bering.
2.Ayol kishi istasa – qoyaning o‘rtasidan o‘tadi.
3.Ketayotgan odamni to‘xtatma, kelayotgan insonni haydama.
4.Tez – bu sekinlik bilan, lekin tanaffussiz.
5.Yomon insonni do‘sti bo‘lgandan yaxshi insonning dushmani bo‘lgan yaxshi.
6.Oddiy insonlarsiz buyuklar bo‘lmaydi.
7.Kim juda ham yuqoriga chiqishni istasa, u zinani o‘ylab topadi.
8.Er va xotin qo‘l va ko‘z misoli bo‘lishi kerak: qachonki qo‘l orisa, ko‘z yig‘laydi, ko‘z yig‘laganda esa qo‘llar yoshlarni artadi.
9.Quyosh haq va nohaqlarni bilmaydi. Quyosh maqsadsiz barchani isitadi. O‘zini topgan inson quyoshga o‘xshaydi.
10.Dengizning buyukligi shundaki, u kichik daryochalardan hazar qilmaydi.
11.Uzoq yo‘l ham yaqindan boshlanadi.
12.Vino ichayotgan odam uning zarari haqida bilmaydi; kim ichmasa uning foydasi haqida bilmaydi.
13.Hatto agar qilich hayotda bir marta kerak bo‘lib qolsa ham uni doim olib yurish kerak.
14.Chiroyli gullar yaxshi meva bermaydi.
15.Qayg‘u yirtilgan ko‘ylakka o‘xshaydi, uni uyda qoldirish kerak.
16.Sevgi bo‘lsa, yuzdagi kulgich kabi chechak yarasi ham chiroylidir.
17.To‘shakda yotib hech kim yiqilib, xato qilmaydi.
18.Birgina yoqimli so‘z qishning uchta oyini isita oladi.
19.Agar muammoni hal qilish mumkin bo‘lsa, u haqda qayg‘urish kerak emas. Agar uni hal qilishning imkoni bo‘lmasa, u haqda qayg‘urish befoyda.
20.Novdaning suratini chizayotganingizda shamolning esishini tinglash kerak.
21.Biron inson haqida shubhalanishdan oldin yetti marta tekshir.
22.Qo‘lingdan kelganini amalga oshir, qolganini taqdirga qo‘yib ber.
23.Haddan tashqari to‘g‘rilik tentaklikka olib boradi.
24.Kulgu bor uyga baxt kirib boradi.
25.Dushmaniga nisbatan yarim soat ko‘proq bardosh bergan insonga g‘alaba nasib etadi.
26.Yaproq g‘arq bo‘lib, tosh suzib yurishi mumkin.
27.Tabassum qilib turgan yuzga o‘q otilmaydi
28.Sovuq choy va sovuq guruchga chidasa bo‘ladi, lekin sovuq nigoh va sovuq so‘zga chidab bo‘lmaydi.
29.10 yoshda – mo‘jiza, 20 yoshda – daho, 30 yoshdan keyin oddiy inson.
30.O‘ylab turib, bajar, bajardingmi o‘ylama.
31.So‘rashlik bir daqiqaga uyat bo‘ladi, bilmaslik esa bir umr uyatdir.
32.Bekam-ko‘st go‘zal guldon hech qachon yomon ustaning qo‘lidan chiqmagan.
33.Bir oz egilishdan qo‘rqmang, to‘g‘rilana olasiz.
34.Chuqur daryolar sokinlik bilan oqadi.
35.O‘z istagingiz bilan yo‘lga otlangan ekansiz, unda minglab yo‘llar bir bo‘lib qoladi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Советы     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar