Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.09.2016

Ishlatilgan iPhone’ni qanday farqlash mumkin?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 182
Ishlatilgan iPhone’ni qanday farqlash mumkin?

«Malika» savdo majmuasiga yoki arzon va brend telefon olish uchun «Yangiobod» bozoriga kirib borar ekansiz, u yerdagi xilma-xil telefonlar, mobil texnologiyalar olami va, albatta, o‘z ishining ustasi bo‘lgan ba’zi sotuvchilar bir zumda «boshingizni aylantirib», yangi qutida sizga allaqachon foydalanilgan mobil aloqa vositasini tutqazib qo‘yishganini sezmay qolasiz. Quyidagi yangi ayfon olish rejasi hamda tovlamachilardan ehtiyot bo‘lish istagidagi o‘quvchilarga ayfon qurilmalarining yangi va eskisini farqlashni o‘rgatamiz.

Birinchidan, hech qachon arzon narxli ayfon sizning diqqatingizni tortmasin. Arzon beillat bo‘lmas, deb to‘g‘ri aytishgan. Unutmang, hech bir sog‘lom fikrlaydigan kishi yaxshi ishlaydigan ayfonni yarim puliga sotishga harakat qilmaydi. To‘g‘ri, ba’zida shoshilinch pul kerak bo‘lgani uchun kimdir qurilmasini sotishga majbur bo‘lishi mumkin. Biroq, shunda ham, narx-navoning bu darajada arzon bo‘lishi shubhali.

Agar siz kimningdir 2 oy ishlatgan, kam-ko‘stsiz ishlaydigan ayfonini yarim bahosiga sotishi haqidagi e’lonni ko‘rib qolsangiz, yaxshisi unga bo‘lgan qiziqishingizni to‘xtating. Bunday qarorning oxiri pulni yo‘qotish, yig‘i va pushaymonlik bilan yakun topadi. Mobil qurilma ustalarining ma’lum qilishlaricha, bu yo‘l bilan xaridorlarni aldash holatlari tobora ko‘payib bormoqda.

Ishlatilgan bo‘lsa ham, ayfon sotib olish bo‘yicha tavsiyalarni esa materialning quyirog‘ida beramiz. Hozir esa telefon apparatining eski yoki yangiligini farqlash to‘g‘risidagi tavsiyalarni beramiz.

Ishlatilgan iPhone’ni qanday farqlash mumkin?

Aldanib qolmaslik uchun qurilmani oling va uning qutisidagi IMEI, ya’ni seriya raqamini qurilma (Sozlamalar -> Asosiy -> Qurilma to‘g‘risida)ga kirib, ikkala raqamni solishtirib ko‘ring. Ular bir xil bo‘lishi kerak.
Shuningdek, uning o‘g‘irlanganlik yoki «orqasi tozaligi»ga alohida e’tibor bering. iOS 7 operatsion tizimi aynan mana shu ajoyib jihati bilan taqdim etilgan edi. Xarid qilishdan avval Apple’ning Activation Lock status (qurilmani qulflab qo‘yish holati) xizmatiga kirib, u yerga qurilma seriya raqamini kiritib, tekshirib ko‘ring. Agar, sizni aldamoqchi odam qurilmaning o‘g‘irlanganidan boxabar bo‘lsa, tabiiyki sizni qaroringizdan tipirchilab qoladi.

Ishlatilgan iPhone’ni qanday farqlash mumkin?

Agar siz u yerda «Find my iPhone» (Mening ayfonimni top) degan holatni ko‘rsangiz, demak qurilma o‘g‘irlangan yoki egasiga qaytarilmagan.

Kafolat muddatini ko‘ring. Buning uchun ushbu veb-saytga kirib, ayfon qurilmasining seriya raqamini kiriting. Ushbu raqam sizga mobil aloqa vositasi qachongacha kafolatga ega ekanligini aytadi. Agar muddat o‘tib ketgan bo‘lsa, bilingki qo‘lingizda eski ayfon turibdi.
Shu bilan birga, siz qo‘lingizdagi ayfon apparatining seriya raqamini bilmasangiz, buning uchun www.iphoneox.info saytiga kirib, buni bepul xizmat yordamida aniqlang, Bu yerda kafolat muddatini, telefon apparati status holatini va ushbu qurilma haqidagi ma’lumotlarni ham bilib olishingiz mumkin.

Ishlatilgan iPhone’ni qanday farqlash mumkin?

Agar siz bilib-turib, biror tanishdan yoki ishonchli manbaadan ayfon sotib olayotgan bo‘lsangiz, unda telefon apparatini olishdan avval «Sozlamalar -> iCloud xizmati»ga kirib oldingi foydalanuvchining Apple ID’sini o‘chirib tashlang.

Qolaversa, iPhone’ning egasi tomonidan o‘rnatilgan oldingi ma’lumotlarni o‘chirib tashlash uchun quyidagi buyruqni bering: Umumiy -> Yangilash (Reset) -> Barcha kontent va sozlamalarni o‘chirish.

Yana bir muhim jihati bor: Apple nosozlik uchun qaytarilgan ayfonlarni olib, ulardagi kamchilikni bartaraf qilib, yana bozorga chiqaradi. Bunday holatda kompaniya ushbu qurilmani oq rangli qutida qayta bozorga chiqaradi. Shuningdek, qutining ustki tomonida «Apple Certified» maxsus tamg‘asi ham bo‘lishi kerak.

Apple’ning smartfon brendini tutishni orzu qilmaydiganlar kamdan-kam topiladi. Ba’zilar, iqtisodiy imkoniyati bois, boshqa foydalanuvchi tutgan ayfonni ham arzon narxda sotib olishga tayyor. Nima bo‘lganda ham, axir bu – ayfon! Siz yangi bo‘ladimi, foydalanilgan bo‘ladimi, telefon apparati xarid qilishdan avval quyidagi tavsiyalarga ham amal qiling.

Ishlatilgan iPhone’ni qanday farqlash mumkin?

Ayfonni sotib olishdan avval quyidagi amallarni bajarib ko‘ring:

— «O‘chirish/ Yoqish» tugmasini uzog‘roq bosib, qurilmani o‘chiring. Bunday buyruqdan so‘ng telefon apparati hech bir muammosiz o‘chishi kerak;

— Agar ekranga himoya plyonkasi tortilgan bo‘lsa, uni oling. Boisi, ekranda biror tirnalish, dog‘ bo‘lsa, bu plyonka uni bekitib turgan bo‘lishi mumkin;

— Korpus yonidagi ovozni boshqarish, tovushni past-baland qilish, blokirovka qilish tugmalarining ishlashini tekshirib ko‘ring. Ular oson bosilishi va buyruqni tezkor bajarishi lozim;

— «Home» tugmasi yumshoq va uncha kuchli bo‘lmagan zarb bilan ishlashi kerak;

— Agar imkon bo‘lsa, xarid oldidan o‘zingiz bilan noutbukingizni oling. Unda ITunes dasturi o‘rnatilgan bo‘lsa, uni sotib olmoqchi bo‘lgan iPhone telefonini o‘zaro ulang. Ulanish jarayoni oson va muammosiz amalga oshishi zarur;

— Qurilmaning ovoz uzatish tizimini tekshirib, ayfonning rington musiqalarini maksimal balandlikda eshitib ko‘ring. Tovush toza, baland va xirrilashlarsiz bo‘lishi kerak;

— Biror bir ayfon tutadigan tanishingizga xarid qilmoqchi bo‘lgan qurilmadan qo‘ng‘iroq qiling. Suhbat ovozi baland va shovqindan xoli bo‘lishi maqsadga muvofiq;

— Shu bilan birga, ma’lumotlarni saqlash va quvvatlash portlari yaxshi ishlashi, kabel ulanganda portda mustahkam o‘rnashishi kerak;

— Agar yoritish imkoni bo‘lsa, telefonning audio quloqchin o‘rnatiladigan portini yoritib, unga razm soling. Agar, qachondir qurilma suvga tushib ketgandan so‘ng quritilib, tuzatilgan bo‘lsa, bu yerdagi metall ocharib qolgan bo‘ladi;

— Ayfon qurilmasidagi kompas ilovasini ochib, uning to‘g‘ri ishlashini tekshirib ko‘ring;

— Akselerometr faoliyatini tekshirib ko‘ring. Buning uchun ekrandagi surat apparat holati o‘zgartirilishi bilan mos yo‘nalishga ag‘darilishi zarur;

— WiFi va Bluetooth modullari to‘g‘ri ishlashiga diqqat qiling. Ular boshqa tarmoq va qurilmani qiynalmasdan topishi kerak. Shuningdek, qurilma yoqilishi zahoti aloqa tarmog‘ini tezda topishi kerak. Wi-Fi’ni ham mazkur tarmoq mavjud joyda sinovdan o‘tkazishni maslahat beramiz.

— Ekran pikseli, tasvirning aniq-tiniqligiga diqqat qiling;

— Biror qayd yozib, ekrandagi knopka va klavishlarning ishlashini tekshiring. Ba’zida ma’lum tugmachalarning ishlamasligi kuzatiladi;

— Ekrandagi biror faylni barmog‘ingiz bilan bosib turib, uni ekran bo‘ylab harakatlantiring. Bu orqali ekran sensorining ta’sirchanlik sifatini aniqlash mumkin. Agar siz belgilab olgan fayl biror joyda tushib qolmasa, demak tach-skrin sifatli;

— Korpusga diqqat qilib, tirnalish, qirilish, rangi o‘chish, sinish, darz ketish belgilari yo‘qligiga amin bo‘ling.

— Shuningdek, ekranga diqqat qiling va atroflaridan klavishosti chiroqlarining taralmayotganiga e’tibor bering;

— Fotokamera va video tasvirga olish, kameraning fokuslash tizimini ko‘rikdan o‘tkazing;

— Batareyani tekshiruvdan o‘tkazish uchun aloqa ovozini dinamikdan chiqarib qo‘yib suhbat quring. Agar ayfon apparatidagi akkumulyator «o‘lgan» bo‘lsa, uning quvvati shu zahotiyoq kamayib boradi;

— Suhbat chog‘ida ekranni o‘chirish datchigini tekshirib ko‘ring. Buning uchun suhbat chog‘ida old kameraning chap tomonidagi datchikka barmog‘ingizni bosing. Ana shunda ekran chirog‘i o‘chishi kerak.

Shu bilan birga, unutmang – ijtimoiy tarmoqlar orqali ham sizga xorijliklar arzon ayfon taklif etayotgan bo‘lsa, ularni xarid qilishga shoshilmang. Ayni kunda xalqaro miqyosda bu turdagi tovlamachiliklar avj olgan.

Doimo bozoringizni bersin!

manba: Terabayt.uz

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Советы     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar