Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.09.2016

Hamohanglikni topish uchun 7 ta ichki qonun

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 83
Hamohanglikni topish uchun 7 ta ichki qonun

1. «Fikrlar moddiylashadi»

O‘zimizda namoyish etadigan barcha narsalar o‘y-xayollarimizning natijasidir. Agar bir kishi ahmoqona fikrlarni aytib, bajarsa, uni dard va alam ta’qib etmoqda. Agar inson sof maqsadda gapirib, harakat qilsa, unga baxt soya kabi ergashadi, uni hech qachon qo‘yib yubormaydi.

Budda shunday degan: “Bizning ongimiz — bu barcha narsadir. O‘ylaganingiz kabi shakllanib borasiz”. Jeyms Allen esa «Inson — aql» deb aytgan. To‘g‘ri yashash uchun aqlingizga to‘g‘ri fikrlar bilan to‘ldirishingiz kerak. Sizning fikr yuritishingiz harakatlaringizni belgilaydi; harakatlaringiz natijani belgilaydi. To‘g‘ri fikrlash istagan narsangizni beradi; noto‘g‘ri fikrlash – oxir-oqibatda sizni halok qiladigan yovuzlikdir.

2. «Kichik narsadan boshlash – bu meyoriy holat»

«Ko‘za tomchilar tomishi bilan asta-sekin to‘lib boradi».

Ralf Uoldo Emerson shunday degan edi: «Har bir o‘z ishining ustasi qachonlardir havaskor bo‘lgan». Biz hammamiz kichik narsadan boshlaymiz, ularga beparvolik qilmang. Agar siz chekinmaydigan va sabrli bo‘lsangiz, siz muvaffaqiyatga erishasiz! Hech kim bir kechada muvaffaqiyatga erishmaydi: muvaffaqiyat kichik narsadan boshlab, ko‘za to‘lmaguncha tirishqoqlik bilan mehnat qilishga tayyor bo‘lgan insonlarga keladi.

3. «Kechirish»

O‘zida nafratni saqlab, uni kimgadir sochish oqibatida aynan o‘zingiz yonib, kul bo‘lasiz. G‘ayriixtiyoriy ravishda qamoqqa tushganni ozod qilsangiz, bu zindondan o‘zingizni erkinlikka chiqarasiz. O‘zingiz bo‘ysunmaganingizdek hech kimni bo‘ysundira olmaysiz. Kechirishni o‘rganing. Tez kechirishni o‘rganing.

4. «Sizning harakatlaringiz ahamiyatga ega»

Qancha maslahatlarni o‘qigansiz, agar ularga amal qilmasangiz qanday ahamiyatga ega ekanligini necha marta aytgansiz?

Aytishadiki: “So‘z qiymatga ega emas”. Bu rostan ham shunday. O‘sishni istasangiz, harakat qilishingiz kerak; tezroq rivojlanishingiz uchun har kuni harakat qilishingiz zarur. Shon-shuhrat sizga osmondan tushmaydi! Shon-shuhrat barcha uchun, lekin doim harakat qiladiganlargina uni anglab yetadi.

5. «Tushunishga harakat qiling»

Chinakamiga bahslashib, biz nafratni his etamiz, biz haqiqat uchun kurashishni bas qildik, biz o‘zimiz uchun kurashishni boshladik. Stefan Kovi aytgan edi: «Birinchidan tushunishga urinib ko‘ring, so‘ngra sizni tushunishlariga harakat qiling”. Aytish oson, lekin bajarish qiyin; boshqa insonning nuqtai nazarini tushunish uchun siz bor kuchingizni ishga solishingiz kerak. Nafrat sizni qamrab olayotganini sezishingiz bian uni yo‘q qiling.

6. «O‘zingizni yengib chiqing»

Minglab jangda yutgandan ko‘ra o‘zingizni yengib chiqqaningiz yaxshi. Ana o‘shanda g‘alaba sizniki, uni farishtalaru shaytonlar, jannatu do‘zax ham tortib olomaydi. Kimni o‘zini mag‘lub etsa har qanday sulton va hoqondan kuchliroqdir. O‘zingizni yengish uchun aqlingizni yengishingiz kerak. O‘z fikrlaringizni nazorat qilishingiz zarur. Ular dengiz to‘lqinlari kabi shiddat bilan ko‘tarilmasin. Siz «Men o‘z fikrlarimni nazorat qila olmayman. Istak tug‘ilsa, fikrlar tug‘iladi” deb o‘ylashingiz mumkin. Qush sizning ustingizdan uchishini cheklay olmaysiz, lekin boshingizda in qurishiga halaqit berishingizga shubha yo‘q.Siz yashashni istamaydigan hayotiy tamoyillaringizga to‘g‘ri kelmaydigan fikrlarni quvib soling. Budda aytgan edi: “Dushman ham, yovuz odam ham emas, aynan insonning aqli uni qiyshiq yo‘lga tortadi”. Lekin azob bilan emas, mehr-muhabbat bilan o‘zingizni yengib chiqing.

7. «Hamohanglikda yashang»

Hamohanglik ichkaridan keladi. Uni tashqaridan izlamang. Faqat yuragingizda bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsani tashqaridan izlamang. Ko‘pincha biz faqat haqiqiy voqelikdan chalg‘ish uchun tashqaridan izlashga kirishamiz. Haqiqat shundaki, hamohanglikni ichingizdan topish mumkin. Hamohanglik — bu yangi ish, yangi avtomobil yoki yangi nikoh emas. Hamohanglik — yangi imkoniyatlardir va ular sizdan boshlanadi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Советы     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar