Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.11.2015

Gul o‘stirolmagan bola

Автор: Ertak Комментариев: 0            Просмотров: 522

Qadim zamonlarda bir mamlakatda donishmand bir qirol hukmronlik qilgan ekan. Uning farzandi yo‘q ekan. Kunlardan bir kuni qirol: “Mamlakatdagi eng vijdonli bolani topib, uni o‘zimga o‘g‘il qilib olsam”, deb o‘ylabdi va mamlakatdagi barcha bolalarga gul urug‘i ulashishni buyuribdi.
“Kimki shu urug‘dan eng chiroyli gul yetishtirsa shu mening o‘g‘lim yoki qizim bo‘ladi”,- deb e’lon qilibdi.
Hamma bolalar urug‘ni ekib, parvarish qila bosh-lashibdi.
Rustambek degan bola ham urug‘ni ekib, rosa parvarish qilibdi. Lekin bir oy o‘tsa hamki, gultuvakka ekilgan urug‘ qilt etmasmish.
“Bu qanaqasi bo‘ldi?” ̶ debdi hayron bo‘lib Rustambek, u axiri onasidan so‘rabdi.
— Nega men ekkan urug‘ unib chiqmayapti?
Onasi ham shundan tashvishlanib yurgan ekan:
— Tuprog‘ini yangilab ko‘r-chi, — debdi.
Rustambek gultuvakdagi tuproqni almashtiribdi. Bu safar ham urug‘ ko‘karmabdi.
Qirol gullarni ko‘radigan kun yetib kelibdi. Hamma bolalar yasanib-tusanib, tuvakda o‘zlari o‘stirgan gullarni ko‘tarib yo‘lga chiqishibdi. Ularning hammasi valiahd bo‘lish orzusida ekan. Negadir qirol gullarga qarab hamma bolalarning oldidan o‘tib ketaveribdi. Uning chehrasida shodlikning uchquni ham ko‘rinmabdi.
U bir uyning oldida bo‘sh tuvak ko‘tarib yig‘lab turgan Rustambekni ko‘rib qolibdi.
— Nima uchun sen bo‘sh tuvak ushlab turibsan? — deb so‘rabdi.
Rustambek piq-piq yig‘lab, kunlardan bir kuni birovning bog‘idan egasiga bildirmasdan olma uzganini, shuning uchun bo‘lsa kerak, qancha urinsa ham urug‘ni undira olmaganini gapirib beribdi.
Bu gapni eshitib qirol Rustambekni ko‘rsatib:
— Mana mening pok vijdonli o‘g‘lim,- debdi.
Odamlar orasida g‘avur-g‘uvur boshlanibdi:
— Qirol nima uchun gultuvagi bo‘sh bolani o‘g‘il qilib oldi?
Shunda qirol tushintirib beribdi:
— Ey xaloyiq, men bolalarga ulashgan gul urug‘i qaynatilgan edi.
Shundan keyingina odamlar qirolning fikrini maqullashibdi. Rang -barang gullar ko‘tarib turgan bolalarning yuzlari uyalganlaridan qip-qizarib ketibdi. Chunki ularning hammasi boshqa gul urug‘i topib ekkan ekanlar-da.

Manba: Gul o‘stirolmagan bola



Teglar: Ertaklar

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar