Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.06.2016

Och bo‘ri

Автор: Ertak Комментариев: 0            Просмотров: 158

Bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan, bir och bo‘ri bo‘lgan ekan. Kunlardan bir kuni u don yeb yurgan bir xo‘rozni ko‘rib qolibdi. Bo‘ri xo‘rozni ushlash payiga tushibdi. Xo‘roz qanotini yozib qaq-qaq, deyman deb turgan ekan, bo‘ri lip etib kelib xo‘rozning qanotidan tishlab olibdi. Xo‘roz ko‘rsa, bo‘ri uni mahkam ushlab turgan emish. Shunda xo‘roz so‘rabdi:
— E bo‘ri, meni nima qilmoqchisan?
— Men seni yeyman, — debdi bo‘ri.
— Meni shundayligimcha yesang hech maza qilmaysan, yeydigan bo‘lsang kashnich, piyoz bilan yeginki, dunyoda bir maza qilgin, — debdi xo‘roz.
Bo‘ri:
— Kashnich, piyozni qaerdan topaman? — debdi.
Xo‘roz:
— Kashnich, piyozni shu yaqin oradagi qishloqdan topasan, sen borib kelaver, men seni shu yerda poylab turaman, — debdi. Bo‘ri kashnich, piyoz izlab qetishi bilanoq xo‘roz parillab uchib ketibdi.
Bo‘ri kashnich piyozni qiynalib-qiynalib, zo‘rg‘a topib kelibdi. Qarasa, xo‘roz yo‘q emish. U yoqqa yuguribdi, bu yoqqa yuguribdi, nihoyat xo‘rozni topolmay, nochor yo‘lga tushibdi.
Bo‘ri bir yerdan o‘tib ketayotgan ekan, bir qo‘zi o‘tlab turganini ko‘ribdi, sekin kelib qo‘zini ushlab olibdi.
Qo‘zi:
— E bo‘ri, meni nima qilmoqchisan? — debdi.
Bo‘ri:
— Men seni yemoqchiman, — deb javob beribdi.
— Mening quruq go‘shtimni yeganing bilan hech maza qilmaysan, yaxshisi borib konning tuzidan olib kel, shundan keyin go‘shtimni maza qilib yeb, armondan chiqasan, — debdi qo‘zi.
Bo‘ri qo‘zini shu yerda qoldirib, kondan tuz olib kelgani jo‘nab ketibdi. Shu paytdan foydalanib qo‘zi qochib qolibdi. Bo‘ri sarson-sargardon bo‘lib kondan tuz olib kelsa, qo‘zi qochib ketgan emish. Qo‘zini toza izlabdi, axiri topolmay yana yo‘lga tushibdi. Bo‘ri keng cho‘lda yugurib ketayotgan ekan, unga bir ot ro‘para kelib qolibdi. Bo‘ri tez-tez yurib, otning oldiga o‘tib olibdi. Ot bo‘riga yaqin borib, uni iskagan ekan, bo‘ri chaqqonlik bilan otning tumshug‘iga yopishib olibdi. Ot xo‘p unnab ko‘ribdi, lekin u o‘z tumshug‘ini och bo‘ridan ajratib ololmabdi. Keyin ot bir hiyla qilmoqchi bo‘libdi.
— Ey bo‘ri, nima qilmoqchisan? — debdi.
— Men seni yemoqchiman, — debdi bo‘ri.
— Unday bo‘lsa, — debdi ot, — avval mening orqamga o‘t, otam o‘lmasdan avval tuyog‘imga bir nasihatnoma yozib qoldirgan edi. shu nasihatnoma senga tegishli, sen shuni o‘qib olib, so‘ngra meni yeya ber, — debdi. Bo‘ri otning tumshug‘ini bo‘shatib, uning orqasiga o‘tibdi, otning tuyog‘idagi xatni o‘qiyman deb termilib, mahliyo bo‘lib turgan vaqtida ot oyog‘ini ko‘tarib, bo‘rining og‘ziga bir tepibdi.
— Ey savodsiz, xatni o‘qiyolmasang nimaga orqamga o‘tding? — debdi ot.
Haqiqatan ham bo‘ri savodsiz ekan. Otning qattiq tepkisidan bo‘rining og‘zida bitta ham tishi qolmay sinib ichiga ketib qolibdi. Bo‘rining tumshuqlari majaqlanib esini yo‘qotib gangib qolibdi, bir vaqt hushiga kelibdi. Bo‘ri aqlini rostlab o‘ziga-o‘zi ta’zir berib debdi:
— Ko‘rdingki xo‘roz, senga kim qo‘yibdi kashnichu piyoz, ko‘rdingki qo‘zini, senga kim qo‘yibdi konning tuzini, ko‘rdingki ot, yeb yonida yot, xat bilmasang ketiga o‘tib mirza bo‘lishing uyat, — deb aljirab-aljirab o‘lib qolibdi. Xo‘roz, qo‘zi va ot dushmandan qutulib qolishibdi.



Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar