Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.02.2016

Chol bilan kampir

Автор: Ertak Комментариев: 0            Просмотров: 335

O‘tgan zamonda bir chol bilan kampir bor ekan. Bularning tirikchiligi o‘tin sotib kun kechirish ekan. Kampir har kuni ko‘moch qilib berar ekan. Chol har kun o‘tin terib kelar ekan.
Bir kuni chol o‘tin tergani borib, buloqning bo‘yida uxlab qolibdi. Tushida birov “Tur, ana uni ol!” debdi. Qarasa, buloqning ichida bir supra aylanib turibdi.
— Uni nima qilaman? — debdi chol.
—”Ochil, supram!” deb aytgin, — debdi haligi odam.
Chol “Ochil, supram” desa, noz-u ne’matlar paydo bo‘libdi. Chol “Ochil, supram”ni bir o‘rtog‘inikiga olib borib:
— “Ochil, supram!” deb aytmagin. Uyingga kiritib qo‘y, hali olib ketaman, — debdi. Haligi o‘rtog‘i tagiga, o‘tirishga hyech narsa olib chiqib bermabdi. Uyga kirib suprani ochiltirib olibdi. Chol:
— “Ochil, supram”ni olib chiqib ber!— debdi. O‘rtog‘i almashtirib boshqa supra beribdi. Chol uyiga borib, kampirga maqtanibdi. “Ochil, supram!” desa hyech balo chiqmabdi. Cholning jahli chiqib:
— E, kampir, tag‘in ko‘moch qilib ber! — debdi.
Ko‘mochni beliga solib ketibdi. Chol yana buloq bo‘yida uxlab qolibdi. Tushida birov: “Tur, ana uni ol!” debdi. Qarasa, bir gaz aylanib turganmish.
— Nima qilaman? — debdi.
— Olib, “Gazla, gazim!” desang, shoyi, atlas gazlab tashlaydi.
Uni olib o‘rtog‘inikiga boribdi. O‘rtog‘i mehmon qilibdi. Chol gazni berib, “Gazla, gazim!” deb aytmagin, debdi. O‘rtog‘i uyida toza gazlatibdi va uyini mollarga to‘ldirib olibdi. Chol o‘rnidan turib, “Gazni ber!”— debdi. O‘rniga boshqa gaz beribdi. Kampirning oldiga kelib “Gazla, gazim!” desa, hyech narsa gazlamabdi. Chol g‘azablanib:
— Yana ko‘moch qilib ber! — debdi.
Ko‘mochni beliga solib, buloq bo‘yiga qarab jo‘nabdi. Buloq bo‘yida yana uxlab qolibdi. Tushida birov: “Tur, ana uni ol!” debdi. Qarasa, bir tovoq aylanib turganmish.
— Quruq tovoqni nima qilaman? — desa:
— “Pishdi palov”, deb aytgin, — deb o‘rgatibdi.
Olib chiqib “Pishdi palov” desa, ustida go‘shti bilan osh pishibdi. Chol palovni yeb, qornini to‘yg‘azib, o‘rtog‘inikiga jo‘nabdi. O‘rtog‘i suyunib, katta ziyofat qilibdi. Chol:
— “Pishdi palov” demagin, — debdi. O‘rtog‘i tovoqni uyga olib kirib ketibdi. Bola-chaqasini toza to‘yg‘azibdi. Erta bilan turib chol:
— Tovog‘imni olib chiqib ber! — desa boshqa tovoq olib chiqib beribdi. Chol kampirning oldiga boribdi. Tovoqqa “Pishdi palov” desa, hyech narsa chiqmabdi. Chol g‘azablanibdi. Kampir ikkisi urishibdi.
Kampir:
— Bir to‘p o‘tin keltirganingda, ovqatimiz pishardi. Har kuni quruq kelaverasanmi? —deb qarg‘abdi.
— E, kampir, bugun sirni bilaman, — debdi.
Kampir ko‘moch qilib beribdi. Chol buloq boshiga borib uxlab qolibdi. Tushida birov: “Tur, ana uni ol!” debdi. Qarasa, bir qovoq aylanib turibdi. “Quruq qovoqni nima qilaman?” desa, “Chiq qovoqdan!” deb aytgin, debdi. Chol “Chiq qovoqdan!” desa, bir narsa chiqib haligi cholni urib, hamma yog‘ini yoribdi. “Kir qovoqqa!” degandan keyin qovoqqa kiribdi. Chol qovoqni qo‘ltiqlab o‘rtog‘inikiga boribdi. O‘rtog‘i juda quyuq ziyofat qilibdi. Mazasiga tushunib qolgan ekan.
Chol:
—”Chiq qovoqdan!” deb aytmagin,— debdi. Chol uxlab qolibdi. O‘rtog‘i uyiga olib kirib bolalari bilan o‘rtaga qo‘yib, “Chiq qovoqdan!” deb yuboribdi. Qovoqdan yalang boshli kuchli narsalar chiqib, ularning yelkasiga minib olib, uraveribdi. O‘rtog‘ining boshi yorilib, ko‘zi chiqibdi.
— Chol, ajratib olgin! Hamma narsangni topib beraman, — debdi.
Chol ”Kir qovoqqa!” debdi. Kiribdi. Cholga o‘rtog‘i supra, tovoq, qovoq, gazlarini topshiribdi.
Chol kampirning oldiga og‘zi qulog‘ida qaytib kelibdi. Kampirning oyog‘i oltita, qo‘li yetita bo‘lib, suyunib ketibdi.
Chol podshoni ziyofatga chaqiribdi. Podsho:
— O‘zini eplayolmagan chol qanday qilib bizni mehmon qilsin, — debdi. Vazir:
— Ey, dono podsho, sizni mehmon qilishga chaqirgan kishi qo‘lidan kelgancha ziyofat qiladi-da, — debdi.
Podsho vazir, yigitlari bilan ziyofatga boribdi. Chol har ot boshiga shoyilardan to‘rva qilibdi. Ularning ichiga yem solibdi.
Shoyilardan ko‘rpachalar solib podshoni o‘tqazibdi. Podshoning oldiga mevalarni to‘kib tashlabdi. Podsho:
— Bu taomlar qaydan chiqadi, shuni borib bilib kelgin! — deb vaziriga buyuribdi.
Vazir borib quloq solib tursa. “Pishdi palov”, “Ochil, supra”, “Gazla, gazim!” deb aytib turganmish. Vazir podshoga kelib buni aytibdi. Podsho ichida tuginib qo‘yibdi. Ziyofatdan so‘ng:
— Ertaga biznikiga ziyofatga, — debdi.
— Ha, xo‘p, — deb chol javob beribdi.
Ertasiga podshodan xabar kelibdi. Cholga o‘nta askarni yuboribdi. Chol “Bormayman”, deb javob qaytaribdi.
Podsho odam yuborib, yana chaqiribdi, chol rad etibdi. Podsho yana lashkar yuborib, po‘pisa qilibdi. Shunda cholning jahli chiqib, qovoqqa qarab:
— “Chiq qovoqdan!” — debdi. Qovoqdagilar chiqib askarlarning boshini yorib, ko‘zini chiqaribdi. Ikkitasi zo‘rg‘a tirik qolib podshoga boribdi. Podsho g‘azablanib, lashkaridan elliktasini yuboribdi.
Bularni ham urib jo‘natibdi. So‘ngra butun askari bilan o‘zi chiqibdi. Bularni ham yengibdi. Podshoning o‘rniga cholning o‘zi podsho bo‘lib qolibdi.



Teglar: Ertaklar

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar